Seni sevmayman, meni öz holimga qöy, -dedi yigit yig'layotgan qizga. Qiz yigitni toshbag'irlikda aybladi, undan nafratlanishini aytdi. Qiz burilib tez-tez yurib ketarkan yigit uning ortidan mahzun termulib qoldi. Yigit u b-n boshqa körishmasligini bilardi. U og'ir xörsinib qöydida mashinasiga ötirib tög'ri onkologiya markaziga bordi. 2- qavatda joylashgan vrach xonasiga kirdida stolida öychan ötirgan doktorga qarab shunday dedi: "Men tayyorman". Doktor örnidan turib yigitning yoniga keldi. Qölini uning yelkasiga qöydi: "Bardam böl uka, hammasi yaxshi böladi, inshoolloh".. Yigitni jonidan ortiq sevadigan qiz yigitning sönggi vaqtda nega bunaqa bölib qolganligi sababini bilmasdi. Yigit kasalligini bilgach ancha vaqt operatsiyaga rozi bölmadi. Oz vaqt bölsada qiz bilan birga yashash yoki tavakkal qilish kerak edi. U 2-yölni tanladi. Biroq u qizning közlarida g'am va achinishni körishni istamasdi. Shu sabab qiz b-n munosabatlarni uzishga qaror qildi. Shunday böldi ham... Qizda hayotga qiziqish qolmagandi. Uning ota-onasi qizning ixtiyoriga köra bir doktor yigitdan kelgan sovchilarga rozilik berishdi. Yigit bölsa qizni uzoqlardan köp kuzatardi, qiz buni sezmasdi hatto. Yigit bir kun kelib ölishi mumkinligidan chöchimasdi, u faqat qizning gözal chehrasini boshqa körolmasligi mumkinligidan siqilardi. Kunlar tez ötaverdi. Qiz töy kuni yaqinlashgach, taklifnoma yozib yigitga yubordi. Öz xusnihati b-n yigitning ismini yozdi. "Mana, sizsiz yashayapman...baxtliman...". Shu ma'no mujassam edi bu harakatida. Yigit taklifnomani körib jilmaydi. "Ha, sen albatta baxtli bölishing kerak". Shu ma'no bor edi bu jilmayishda. Anchadan beri u bu qadar özini yengil his qilmagandi. Qiz özga yigit bilan chimildiqqa qadam qöyganida, yigit ertangi operatsiyadan tirik chiqmasligi mumkinligi haqida öylardi. U shu kuni qizga chin dildan baxt tiladi... Ertasiga yigit qölida ösha taklifnomani mahkam siqib operatsiya xonasiga kirib ketdi... Qiz kechqurun erini ishdan kutib olarkan, uning kayfiyati yöqligini sezdi. Eri unga bugun bir yosh yigit kasalxonada og'ir operatsiyaning sönggi daqiqalarida jon berganligini, uni saqlab qolisholmaganligini aytdi. -Uning qölida bizni töyimizga taklifnoma bor ekan,- dedi u. Qiz holsiz eridan taklifnomani oldiyu yig'lab yubordi. U özining xusnihatini tanigandi...
|