Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Fevral » 16 » Samuel Eto'o: «Men xavf ostidaman. Agar o'lsam - Yaratgan shuni xohlagan bo'ladi»
16:13 Samuel Eto'o: «Men xavf ostidaman. Agar o'lsam - Yaratgan shuni xohlagan bo'ladi» |
«Anji» hujumchisi Samuel Eto'o Kamerun futbol federatsiyasi bilan o'rtasida kelishmovchilik borligi sabab uning hayoti xavf ostida qolgani haqidagi xabarga izoh berdi. «Kamerun futbol federatsyasida uzoq vaqt davomida tartibsizlik bo'lib keldi. Kim nima qilayapti? Kim nima uchun javob berishi kerak? Hech kim bilmaydi. Men ular bilan aloqani uzdim va darrov meni kimningdir foydasiga ishlayotganimni gumon qila boshlashdi. Vaholangki mening maqsadim insonlar qilayotgan ishlari uchun javob berishlarini ta'minlash edi. Yurtimizda nimalar bo'layotganini yig'laguday holatda kuzataman. Men xavf ostidaman. Agar siz sistemaga qarshi borsangiz, qarshi tomondan yaxshilik kutib bo'lmaydi. Futbol - barchaniki. Qandaydir guruhlarning qiziqishlari butun millatni futbol quvonchidan mahrum qilmasligi kerak. Agar men o'lsam, demak Yaratgan shuni xohlagan ekan»,- deb futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi Camfoot. Eslatib o'tamiz futbolchi uyini erta-yu kech muhofaza qilish uchun qo'riqchilar yollagan.
|
Категория: Sport yangiliklari |
Просмотров: 786 |
| Рейтинг: 5.0/9 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|