Samsung yana Apple ga qitmirlik qilmoqda Samsung kompaniyasi Galaxy S III smartfoni reklamasida Apple yangiligi iPhone 5 smartfonidan foydalandi . Bu haqda Digital Trends nashri ma'lum qildi. “Daho bo'lish shart emas” shiori ostidagi reklamada ikki uskunaning sifatlari o'zaro solishtiriladi va bunda Samsung mahsuloti g'olib chiqadi. Shiorning o'zi ham Apple siyosati bilan so'z o'yini qilmoqda, sababi do'konlardagi konsul'tantlar va App Store dagi virtual yordamchilar “daho” deb ataladi. Digital Trends nashrining qayd etishicha, Galaxy S III va iPhone 5 ning o'zaro solishtirilishi barchaga ma'lum sabablarga ko'ra biryoqlama chiqqan. Xususan, reklama mualliflari Apple ning yangi uskunasi ega bo'lgan FaceTime, iCloud va iTunes bilan integratsiyalar kabi sifatlari haqida so'zlashni “unutishgan”. Bundan tashqari, Galaxy ishlaydigan Android 4.0 platformasi chiqqaniga bir yildan oshdi, iPhone dagi iOS 6.0 platformasi esa butkul yangidir. Samsung reklamasi 16 sentyabr ' kuni matbuotda e'lon qilinadi. Biroq aynan qaysi nashrlarda bo'lishi hali noma'lum, deya qayd etadi Apple insider. Internetda esa Apple muxlislari tomonidan Galaxy S III reklamasiga nisbatan ishlangan parodiyalar paydo bo'ldi. Ulardan birida shior “Arzon plastikka rozi bo'lmang” shioriga almashtirilgan hamda iPhone 5 ustunliklari Galaxy sifatlaridan ikki barobar ko'p sanab chiqilgan.