Главная » 2014»Fevral»28 » Samsung vitse-prezidenti Galaxy S5 haqidagi tanqidlarga javob berdi
21:11
Samsung vitse-prezidenti Galaxy S5 haqidagi tanqidlarga javob berdi
Joriy yilning 24-fevralida Samsung tomonidan taqdim etilgan yangi flagman smartfon – Galaxy S5 haqida jurnalistlar va foydalanuvchilar turli fikrlar bildirishmoqda. Ko‘pchiliklar bu modelda innovatsion yangiliklar yo‘qligi va avvalgi avlodidan farqi juda kamligini tanqid qilishmoqda, deya xabar beradi Mobinfo.uz. Samsung vitse-prezidenti Stiven Teylor shu kabi e’tirozlarga javob berdi, deb yozadi Onliner.by internet-nashri. Uning so‘zlariga ko‘ra, kishilar smartfonlar dizaynida har yili tub o‘zgarishlar bo‘lishiga muhtoj emas. Foydalanuvchilar uchun gadjet korpusi tayyorlanadigan materiallarning yaxshilanganligi, shuningdek, rang tanlashda keng imkoniyatlar mavjudligi muhimroqdir.
Stiven Teylorning ta’kidlashicha, Galaxy S5 modeli nam va changdan himoyalanganligi bois avvalgi avlod smartfonidan mustahkamroqdir. Shu bilan birga, yangi qurilma o‘z uslubiga xos dizaynini saqlab qoldi.
Koreya kompaniyasi top-menejerining so‘zlariga ko‘ra, Samsung hali yil davomida Galaxy S5 smartfonining bir nechta modifikatsiyalarini taqdim etadi.