Главная » 2014»Oktyabr»19 » Samsung kelajakda buklash, qayirish mumkin bo‘lgan batareyalarni ishlabchiqaradi
08:35
Samsung kelajakda buklash, qayirish mumkin bo‘lgan batareyalarni ishlabchiqaradi
Ushbu batareya xuddi oddiy rezinaga o‘xshaydi, uni istalgan yo‘nalishda burash, qayirish, buklash mumkin. Bunday turdagi batareyalar aynan nima uchun ishlab chiqarilishi haqida ma’lumot berilmagan. Balki, u taqib yuriladigan gadjetlar — masalan, aqlli soat bog‘ichida foydalanilishi mumkin. Buklanuvchan batareyalar hali to‘liq holatda emas. Buklayverish natijasida ularga zarar yetkazib qo‘yish mumkin. Hozirda ularni yaxshiroq holatda taqdim etish uchun ishlar olib borilmoqda. Samsung SDI — kompaniyaning energiya bilan bog‘liq muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limining ta’kidlashicha, bu kabi batareyalar uch yil ichida katta hajmda sotila boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, Samsung kompaniyasi yaqindagina so‘nggi versiyasidan 1,5 barobar yaxshiroq ishlaydigan sakkiz yadroli protsessorini hamda hozirgidan besh barobar tez bo‘lgan Wi-Fi texnologiyasini taqdim etgan edi. Shuningdek, kompaniya Facebook uchun virtual reallikni ko‘rsatuvchi ko‘zoynaklarni ham ishlab chiqarishi kutilmoqda.