Статистика |
Hozirda saytda: 32 Mexmonlar: 32 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Fevral » 7 » "Salom, tashqarida yomg'ir ekan, shunga..." (Alamli hikoya)
15:11 "Salom, tashqarida yomg'ir ekan, shunga..." (Alamli hikoya) |
Köchada kuchli yomg'ir yog'ardi. Yomg'irdan qochib vitrinali gul dökoniga kirgan qiz gullarning xush iforidan entikdi. Ichkaridagi yigit qiz tomonga bir qarab boshini burdi-yu zumda yana qaradi. Qizning yomg'irda shalabbo bölgan sochlari yuziga yopishib, uni shu qadar chiroyli körsatardiki, yigit undan közlarini uzolmay qoldi. "Salom, tashqarida yomg'ir ekan, shunga..." "Ha, ha, bemalol, marhamat.." Yigit qizni kursiga taklif qildi. Ayni damda u öta hayajonlanardi. Tezda qahva damlab qizga tutdi. "Gullariz juda chiroyli ekan" dedi qiz, qaynoq qahvani icharkan. Yigit har bir gulning nomini va ramzini unga tushuntirib berdi. Bir zumda ular orasidagi samimiyat yuraklarda qanaqadir iliqlik uyg'otdi. Yomg'ir tingach qiz ketar ekan, yigit unga kiyimi xölligini aytib pidjakini tutqazdi. "Yöliz tushsa, tashlab ötarsiz" dedi uning öylanib qolganidan. Qiz yoqtiraman degan liliyalardan berishni ham unutmadi. Yigit ham, qiz ham bu tasodifiy uchrashuv uchun taqdirdan minnatdor edilar. Keyin yana bir bora uchrashishdi. Undan söng yana... Shu tariqa bir-birlarini sevib qolishdi. Ösha yomg'ir tomchilari-yu liliyalar guvoh edi bu sevgilariga. Jonlaridan ziyod darajaga yetdi bu muhabbat. Ammo boshqa tomonda qizning taqdiri hal etib bölinmoqda edi. Otasi qizining kelajagi haqida qayg'urardi va bölajak kuyovni tanlab ham qöygandi. Ota yigit haqida bilmasdi. Bilganida esa... Yigitning sovchilari rad etildi. Yigit qizni juda-juda sevardi. Usiz hayotini tasavvur qila olmasdi. Shuning uchun qizga seni olib qochib ketaman dedi. Qiz esa yig'laganicha otamning sözi qonun dedi. Ularning holatlariga yolg'iz osmon yig'ladi yomg'ir bölib.. Qiz b-n yigit ayrilishdi. Qizning töy kuni ham keldi. Yigit alam bilan hamma liliyalarni dökonga sochib tashladi. Hamma yoq qip-qizil gulga burkandi. Keyin yigit qiz ilk bor kelganidagi ösha kursiga ötirdi. Qizni, ösha shalabbo sochlarini yodga oldi. Uning kulishi quloqlari orasida jarang sochgandek böldi. Chöntagidan nimadir olib unga umidsiz nigoh bilan boqardi. Keyin pichirladi: "Baxtli böl..." Qölidagi matoh lezviya edi. Közlarini yumdiyu tomirini kesdi... Köchada esa kuchli yomg'ir yog'ardi. Yomg'irdan qochib vitrinali gul dökoniga shodon holda yuzida tabassum bilan oppoq libosli qiz chopib kirdi. Kuyov qizning köz yoshlari sabablarini bilgach mardonavor holda töyni töxtatgan, qiz esa tezda bu yerga shoshib kelgandi. Qiz kelganini sezmay boshini eggan holda yerdagi liliyalarga qarab kursida ötirgan yigitga gapirdi: "Salom, tashqarida yomg'ir ekan, shunga..."
|
Просмотров: 516 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|