Rossiyada politsiya avtomobili yosh qizni uribketdi
Rossiyaning Kaluga viloyati Obninsk shahrida politsiya avtomobili svetoforsiz piyodalar o‘tish yo‘lagini kesib o‘tayotgan qizchani urib ketdi. Qiz voqea joyida o‘sha zahotiyoq vafot etdi. Bu haqda “TASS”ga tayanib Vesti.ru xabar bermoqda . Foto: Russian Look Qizning dugonasi esa rangli chiroqlari yonib- o‘chib signal berayotgan avtomobilni o‘tkazib yuborish uchun yo‘l chetida to‘xtab qoldi. Halokat ro‘y bergan joyda tergovchilar va tezkor- qidiruv xizmati xodimlari ish olib bormoqda. Yo‘l- transport hodisasi fakti bo‘yicha xizmat tekshiruvi boshlandi. Agar politsiya xodimining aybi tasdiqlansa, u ichki ishlar vazirligidan haydaladi va Rossiya qonunchiligiga binoan javobgar bo‘ladi.