Главная » 2013»Fevral»18 » Ronaldu: «Men Messi bilan hech qachon do'st bo'la olmasam kerak»
11:48
Ronaldu: «Men Messi bilan hech qachon do'st bo'la olmasam kerak»
Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu "bein sport" nashriga intervyu berib o'tdi. Jurnalistlar undan Messi bilan munosabati haqida so'rashganda quyidagicha javob berdi: «U ajoyib, buyuk futbolchi. U bilan mening hech qanday aloqam yo'q, u bilan futbolchi sifatida tanishmiz» «Messi bilan qanday do'st bo'lishim mumkin? Axir u bilan birga kiyinish xonasida bo'lmaymiz, birga tushlik qilmaymiz. Ammo, uni hurmat qilaman. Agar Messi bizning klubga o'tsa,(kuladi) birga to'p suramiz. To'g'ri, bunaqa bo'lishi ancha qiyin masala, lekin men Messi bilan hech qachon do'st bo'la olmasam kerak» - deydi CR7