Главная » 2013»Fevral»13 » - «Real» Ronaldu uchun yangi shartnoma taklifini mayga qadar ochiq qoldiradi
12:07
- «Real» Ronaldu uchun yangi shartnoma taklifini mayga qadar ochiq qoldiradi
Madridning «Real» klubi mayga qadar jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning yangi shartnomasi borasida muzokara olib bormaydi. Bu haqda «TribalFootball» nashri xabar tarqatdi. Manbaning ma'lum qilishicha, klub Gonsalo Iguain bo'yicha bo'ladigan takliflarni o'rganib chiqishga tayyor. Uning o'rniga esa «Atletiko» hujumchisi Radamel Falkao, «Siti» vakili Serxio Aguero yoki «Napoli» hujumchisi Edinson Kavanilardan birini sotib olish harakatida. Shuningdek madridliklar «Bayer» himoyachisi Dani Karvaxalni ortga qaytarmoqchi. Garet Beyl ham madridliklar nishonida bo'lib turibdi. Qayd etib o'tish joiz, Garet Beyl faqatgina Krishtianu Ronaldu klubdan ketsagina «Real»ga o'tishi mumkin.