SHERLAR.BIZ Dushanba, 23.12.2024, 00:19
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 36
Mexmonlar: 36
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Fevral » 2 » ''Rayhon va Yigitalidan baxtli oilaformulasi''
20:57
''Rayhon va Yigitalidan baxtli oilaformulasi''
''YigitAli va Rayhon... 2012 yilda oila deb
atalmish muqaddas qo'rg'onga qadam
qo'ygan bu ikki ijodkor bugun baxtli
hayot kechirishmoqda. Qolaversa,
xonanda Rayhon 2012 yilgi ''M&TVA"
taqdirlash marosimida g'oliblikni qolga
kiritdi. Xullas, juftlik bn bog'lanib,
suhbat qurishga sabablar kop edi.
Nihoyat bunga imkoniyat topilib, ikki
san'atkordan qiziqtirgan sovollarimizga
javob oldik"
"Bu mukofotga loyiq emasman", deb
ishontirmoqchi boldi.
-Suhbatimizni 2012y "M&TVA" taqdirlash
marosimidagi hissiyotlarni yodga olish bn
boshlasak. Rayhon, siz marosimda
"Yilning eng yaxshi ayol xonandasi" nom-
yasini qolga kiritdingiz. Buni
kutganmidingiz?
Rayhon: Tog'risini aytsam, bunday
mukofotni qolga kiritaman, deb
o'ylamagandim. Barchasi juda tez
fursatlar ichida roy berdi. Ushbu
yonalishda g'olib nomi e'lon qilinganida
quloqlarimga ishonmadim.
-Yigitali, siz rafiqangizning mukofotni
qolga kiritishiga ishonganmidingiz?
Yigitali:Ha, chin dildan ishongandim.
Xudodan ham shuni soradim. Menimcha,
barchasi ishonch orqali amalga oshadi.
-Osha damlarda siz Rayhonning yonida
edingiz. Qanday tuyg'ularni boshidan
o'tkazganligini aytib bersangiz...
Yigitali:Albatta, hayotingizda qandaydir
yutuqqa erishsangiz, qilgan
mehnatingizni rag'batlantirishsa, sizda
xursandchilik tuyg'usi uyg'onadi. Osha
damda juda xursand edi.
Rayhon:Ha, kutilgan damlarning
kutilmagan mukofoti boldi, deb ayta
olaman.
Yigitali: (Rayhonga qarab) Lekin
mukofotni olgach, "Bu narsaga loyiq
emasman", deb meni ishontirishga
urindi. Men esa aksincha, uning fikri
notog'ri ekanligiga ishontira oldim.
Sababi Rayhonning qilgan mehnatlari bu
mukofotni olishga loyiq edi. Bu mening
nuqtai nazarim.
"QANI?" qoshig'ini yaratish ancha
mashaqqat talab qildi"
-Rayhon, yangi musiqangiz "Qani?"ni
eshitib kayfiyatim kotarildi, diqqatimni
tortdi. Milliy ohangdagi taronani
zamonaviy uslubda kuylabsiz. Qoshiq
haqida ham muhlislarga ma'lumot
bersangiz...
Rayhon: Payqaganingizdek, milliy
ohanglarimizni zamonaviy kuylar bn
uyg'unlashtirganmiz. Buning asosiz
sababi millatimizning boy musiqiy
merosini unutmaslik hamda uni
yoshlarga yangicha yonalishda etkazib
berishdir.
Yigitali: Keling, bu haqda men gapirsam.
Rayhon musiqani yaratish davomida
qattiq ter tokdi. Hali tayyor bolmasa-da,
musiqani eshittirib, "Qanday chiqyapti"
deb sorardi. Qoshiqni juda qiyinchilik bn
yaratdi. Ijodkor asarni konglidan chiqarib
yaratmas ekan, uning muvaffaqiyat
qozonishi ham dargumon. Shungami,
qoshiqni maromiga yetkazmagunga qadar
mehnat qilaverdi.
Rayhon: Yigitali adolatli inson. Agar
qoshiq yomon chiqsa, "qayerigadir
ozgartirish kiritish k-k", deb maslaxat
beradi. Mabodo yoqtirib qolsa, maqtov
eshitaman.
Yigitali: Albatta, shunday. Songgi
taronaga qanday kuch sarflaganini korib
turdim. Shuning un qorqmasdan
"QANI"ni xitga aylanishini ayta olaman.
-Musiqaga ishlanayotgan klipni ham
antiqa deb eshitdim. Kopchilik san'at
vakillari bir klipda jamlanarkan. Buning
sababi nimada?
Rayhon: Klipda kopchilik aktyorlarning
birga suratga tushishi, bir-birini hurmat
qilishidan dalolatdir. Shu orinda "Qani?"
klipini suratga olishda yordam bergan
barcha ijodkorlarga minnatdorchilik
bildirib otmoqchiman.
Yigitali: Shu kungacha men aktyorlar
faqat aktyorlar bilan, xonandalar oz
hamkasblari bn dostlashadi, deb
hisoblardim. Yoq, aslida bunday
bolmasligi k-k. Xonandalar bizlarsiz,
bizlar esa ularsiz qandaydir natijaga
erisha olmaymiz.
-Yigitali klip suratga olish jarayonida faol
ishtirok etdimi?
Yigitali: Faqat kerakli sahnalarda suratga
tushdim.
Rayhon: Bir tomondan Yigitalining ozi
klipni boshidan oxirigacha rol' ijro
etishni istamadi. Biroq klipni suratga
olish davomida yonimda turib, yordam
berdi.
"Rayhonning yonida 24 soat birga
bolishni istardim..."
-Yigitali, baxt tushunchasi qanday talqin
etgan bolardingiz?
Yigitali: Baxt bu - oila. Buni yaqinda "ola
xurjun" boynimga tushgani un
gapirmayapman. Agar oilangiz bn tinch-
totuv hayot kechirsangiz, eng katta baxt
shu emasmi? Yana insonlarning
xursandchiligiga sabab bolishni ham baxt
deb bilaman.
-Sizningcha, baxtli turmush nima orqali
quriladi?
Yigitali: Birinchi navbatda, ikki yosh bir-
birini tushunishi k-k. Bir-birini ruhan
qollab-quvvatlab, dalda berishi zamirida,
menimcha. Baribir, asosiysi bir-birini
tog'ri tushunishda!
Rayhon: Oila, baxt un har qanday
qiyinchiliklarga tayyor bolgan insongina
baxtli turmush kechiradi. Bugun omad
sizga kulsa, ertaga boshqaning kochasida
bayram. Shunday damlarda faqat
oilangiz, yaqinlaringiz sizni qollashadi.
Shunday ekan, har qanday vaziyatda
baxtli turmush qurish uchun mana shu
narsaga intilish, chin dildan xohlash
zarur.
-Yigitali, rafiqangizning kliplarida
suratga tushyapsiz, ammo birga duet
kuylash niyati tug'ilmadimi? Menimcha,
ovozingiz yetsa kerak...
Yigitali: Hali bu borada oylab kormagan
ekanman. Barchasini vaqt korsatadi,
hozir aniq bir javob berolmayman.
Hozircha ozimning ishimni qilganim
yaxshi. Balki xonandalik orqali
yutuqlarga erishish mumkindir-ku, ammo
ayni damda aktyorlik sohasida ishlash
niyatidaman.
-Tadbirlarga doimo birga tashrif
buyurasizlar, 24 soat birgamisizlar yoki
ikkingizning ham ijodlaringiz boshqa-
boshqami?
Yigitali: 24 soat birga bolishning iloji yoq.
Ba'zida bir kunlab korisha olmay qolamiz.
Tijorat ishlari bn shug'ullanaman, kop
vaqtimni shunga sarflayman. Ammo 24
soat davomida yonida bolishni istardim...
"Bizni hazil qilganlardan xafa emasmiz"
-Maslaxat va tanqid. Bugun Rayhonga qay
birini koproq beryapsiz?
Rayhon: Koproq tanqid qiladi.
Yigitali: Lekin maromida. Tog'ri tanqid
qilsam, buni tushunib, shu zahoti
bartaraf qilish harakatini boshlaydi.
-San'atkor va uy bekasi. Har ikkisida
rafiqangizga qanday baho qoygan
bolardingiz?
YigitAli: Xonandalikka ''5'' baho!
Uy bekaligiga bo'lsa ''6''
qo'yardim.
Rayhon: Iloji boricha oilamga e'tibor
qaratishga harakat qilayapman. Bunday
baho olganimdan xursandman.(kuladi)))
- "QVZ" jamoalarining sizlarga nisbatan
aytgan hazillariga qanday munosabat
bildirasizlar?
Rayhon: Barchasi me'yorida bolsa,
bundan xafa emasmiz. Qilingan hazillarni
tog'ri qabul qildik, ularning hazilligi
korinib turibdi-ku!
Yigitali: Muhimi chegaradan chiqib
ketmasliklari kerak! Men ham dostlarim
bn hazillashib turaman, ammo
ranjitishga olib boradigan gap-sozlarni
aytishdan qochaman.
Категория: Shou biznes olami | Просмотров: 1140 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Fevral 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz