SHERLAR.BIZ Chorshanba, 24.04.2024, 14:27
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Fevral » 20 » RAYHON to’ydan oldingi "sms” YIGITALIGA atalgan qo’shiq va honanda dugonasinig zarbasi haqida
00:36
RAYHON to’ydan oldingi "sms” YIGITALIGA atalgan qo’shiq va honanda dugonasinig zarbasi haqida
RAYHON GANIYEVA to’ydan oldingi "sms”, YIGITALIGA atalgan qo’shiq va honanda dugonasinig zarbasi haqida!

Rayhon bilan 13 yil avval tanishgandik. Oddiy tanishuv ijodiy hamkorlikka, keyinchalik do’stlikka aylandi. Oilaviy bordi keldi qila boshladik. Onasi Tamara opa pishirgan taomlarning mazasini hanuz sog’inaman. Turmushga chiqganimda, farzandlarim tug’ilganda dugonam yonimda bo’ldi, yordamini ayamadi. Men ham o’z navbatida uning turmushga chiqib, baxtli oila bekasi bo’lishinga, Yaratgan unga farzandlar ato etishini juda hohlardim. Mana, u sevgan insoni bilan oila qurdi, nasib etsa onalikk baxtiga erishadi, xayotidan juda mamnun! U bilan intervyu qilish maqsadida uchrashdik. Turmush o’rtog’I Yigitali ham intervyu bo’ladigan joyga Rayhon bilan birga tashrif buyurdi.

- Rayhon, mana, ikkalamiz ancha ulg’aydik, oilalimiz. Oldingi quvnoq, betashvish, beg’ubor onlar ortda qoldi. Turmush qurganingdan keyin xayotingda, fe’l-atvoringda o’zgarish bo’ldimi?

- Fe’l atvorim o’sha-o’sha (kuldi), lekin albatta oilaning ma’suliyati bor. Oldinlari onam hayotligida meni juda avaylashardi, erkatoy qiz edim. Xoxlagan paytimda uyqudan turardim, xamma narsa tayyor bo’lardi. Xozir esa vaqtli uyg’onaman, turmush o’rtog’imga nonushta tayyorlab, ishga kuzatishim kerak. Bu mening ayollik vazifam. Erimga g’amxo’rlik qilish juda yoqimli. Ba’zida yo’yib uxlab olishim kerak bo’lsa, undan " maylima bugun vaqtli uyg’onmasam” deb iltimos qilaman. Chunki studiyaaaada qo’shiq yozadigan kunlarimda uyquga to’ymagan bo’lsam, ovozim chiqmaydi.

- Yigitali turmushga chiqish taklifini qanday bildirgandi?
- "SMS” jo’natgandi (kuldi) to’liq matnini aytolmayman, lekin o’qib, shokka tushganman. Chunki u bilan tanishganimizga atigi 10 kun bo’lgandi. Ko’zlarimga ishonmay, qayta-qayta o’qiganman. Shunchalar dadil qadam bilan mening va o’zining taqdirini hal qildi.

- Yigitalining birinchi sovg’asi yodingdami?
- Albatta! Tuvakda kichkina gul nixolini sovg’a qilgandi. Xozir ular ancha o’sib, katta gullarga aylanishgan. Ularni o’zim parvarishlayman.

- Sen-chi? Nima sovg’a qilgansan?
- Men to’yimiz oldidan unga atab qo’shiq yozganman, lekin bu qo’shiqni xali hech kim eshitmagan.

- Turmushga chiqishdan oldin oilaviy xayotga tayyorgarlik ko’rdingmi?
- Ovqat pishirishni bilaman. Xammasini emas albatta, lekin "qo’li shirin” deb tariflashadi. Faqat dazmolni yaxshi qila olmayman.
- Yaxshilab dazmol qila olmaslik mening ham kamchiligim. Turmush o’rtog’imning ancha kiyimini kuydirib qo’yganimdan keyin zo’rg’a o’rgandim. Shundayam baribir yaxshi qila olmayman. Senda bunday holatlar bo’lmadimi?
- Yo’q (Yigitaliga qarab kuldi)

- Turmush o’rtog’ing taom tanlash borasida injiqmasmi? Odatda erkaklar tezpishar taomlarni, mastava, moshxo’rda, makaron singarilarni xush ko’rishmaydi.
- Ali umuman ovqat tanlamaydi, injiq emas. Eng asosiysi va yoqimlisi, u ovqatni yeb bo’lganidan keyin albatta minnatdorchilik bildiradi, "juda mazzali chiqibdi” deb maqtaydi. Bu ayol kishini hursand qiladi! Turmush o’rtoq tanlash borasida omadim keldi deb o’ylayman. Chunki u bilan birga vaqt o’tkazish yoqimli, u yonimda bo’lsa, o’zimni xotirjam xis qilaman.

- Tanishish tarixingiz xaqida ko’p yozilda to’y kuni xaqida gaplashsak degandim. O’sha kuni o’zingni qanday his qilding?
- Judayam hayajonlandim! Axir to’y inson hayotida bir marta bo’ladi! Odatda to’ylarda biz honandalar qo’shiq kuylab xizmatda bo’lardik, bu gal xammasi boshqacha bo’ldi. Ayniqsa bir xolat yodimda: xonamda meni suratga olayotgan suratchilar chiqib ketgach " ana, kuyov kelyapti” deyishganida shunaqa kuchli hayajondan dag’-dag’ titray boshladim, o’zimni qo’lga ololmadim.

- Nikox uzugingiz juda chiroyli! Kim tanladi?
- Nikox uzugimiz maxsus buyurtma asosida chet eldan olib kelindi. "Shopar” markasi. Mening uzugim barmog’imga kattaroq, 15-o’lcham. Barmog’imdan tushib qoladi deb qo’rqaveraman, yo’qotib qo’ymay deb tekshiraveraman.

- Ba’zida uni taqish esizngizdan chiqib qolmaydimi?
- Taqish?! (Yigitaliga qaradi) Nikox uzugimizni barmog’imizdan umuman yechmaymiz.

- Nikox ko’ylagi-chi?
- Nikox ko’ylagim fatindan tikilgan bo’lishin juda xoxlagandim. Chunki fatin matosi g’oyat nafis ko’rinishga ega. Ko’ylakni tanlab bo’ldim, lekin menga yana bir ko’ylakni kiyib ko’rishni taklif qilishdi, xoxlamaygina aytganlariga ko’ndim. Yonimda bo’lgan honanda Sogdiana "oldingi kiygan ko’ylaklaring zo’r edi, bunisi esa vaaauuu dedi” (kuldi). Shu "vaaau”ga uchdim, adshmabman shekilli, xammaga nikox koylagim yoqdi.

- To’y oqshomi nega aynan "Yalla” guruxining "Kelibdi” qo’shig’I bilan boshlandi.
- Avvaliga to’yimiz tashkilotchilari "siz hamma kelin-kuyovlarga o’xshab "Kelibdi” qo’shig’I sadolari ostida kiramiz” dedik. Keyin shu qo’shiqning asl muallifi bo’lgan Farrux Karimovichning xuzuriga borib, zo’rg’a iltimosimizi aytdik. Farruxakadan juda minatdorman, bajonidil rozi bo’ldi! "Albatta qanday yordam kerak bo’lsa aytinglar, to’y bir marta bo’ladi axir!” dedi. Umuman, to’yimizga tashrif buyurgan xamma sanatkorlarga minnatdorchilik bildiraman! Men honandalar bilan munosabatlarimiz iliq bo’lishi tarafdoriman. Afsus, honanda qizlar bilan do’stlik borasida xech omadim chopmaydi. Vaqt o’tishi bilan mening qiyofamda raqobatni ko’ra boshlashadi va do’stlikka putur yetadi. Bu men uchun juda og’ir xolat. Xatto, to’yim kuni ham buning isboti bo’ldi. Bir honanda dugonam bor edi, unga juda ishonardim, bunaqa ochiqko’ngil, qiz bilan yaqinligimdan xursandman deb yurardim. Unga ishonsa bo’ladi deb xisoblardim, lekin to’yim kuni men va turmush o’rtog’im haqida har xil bo’lmag’ur gaplarni tarqatib yurganini bilib qoldim. Bu ortdan urilgan zarba kabi edi, kutmagandim. Dovdirab qoldim. Nega? Nima uchun?.. xullas u bilan munosabatlarimizga tinchgina nuqta qo’ydim. Ko’nglim yomon og’rigandi o’shanda. Xozir faqat turmush o’rtog’im va singlimga o’zimga ishongandek ishonaman.

- To’y kunining eng esda qoladiga laxzasi qaysi bo’ldi?

- Meni eng xayratga solgani va quvontirgani albatta Gulnora Karimovaning tashrifi bo’ldi. Bu ayolni juda xurmat qilaman, uning qilayotgan ishlari taqsinga loyiq! Ayniqsa, biz uchun qo’shiq kuylagani, birga qo’shiq kuylagani, raqsga tushgani bir umr yodimdan chiqmaydi. Bu men uchun eng katta sovg’asi bo’ldi! Chunki taklifnoma berganimizda kelishini juda hohlagandim, kutgandim, lekin vaqt topaolarmikan degan o’y bor edi.

- To’y tugadi, mehnonlar tarqadi. Sizlar esa tez orada xorijga uchib ketdingiz.
- Xa, uyga keldigu jomadonlarni olib, asal oyini o’tkazish uchun tongga yaqin Tailandga uchib ketdik.

- Nega aynan Tailand? Odatda ko’pchilik asal oyi uchun Parij yoki shunga o’xshash shaxarlardan birini tanlaydi.
- Biz xam avvaliga Yevropani tanlagandik. Lekin havo sovuq edi, biz esa issiq havoni, dengizni orzu qilgandik. To’y oldi yugur yugurlari shunchalar charchatgan ediki, ikkimiz ham mazza qilib hordiq chiqarishni mo’ljallagandik. Oxir-oqibat Tailandning Pxuket orolini tanladik. Biz yashaydigan mexmona derazasidan dengiz ko’rinib turishi kerak edi. Yarim kechasi yetib bordik, xammayoq qorong’I, xech narsa ko’rinmaydi. "dengiz qani, dengiz?” deb so’radim ular "tong otsin ko’rasiz” deb meni hotirjam qilishdi. Xonamizning shundoqqina etagida sengiz qirg’og’I edi. Suvi shunaqa tiniqki, aqlingiz lol qoladi. Darhol suratga olishni boshladim, judayam chiroyli manzara edi.

- Asal oyi qanday o’tdi?

- Birinchi marta fil ustida sayr qildik, qo’rqqanimdan, qichqirganimdan rosa kulishdi. Saryo bo’ylab qayiqda suzdik, ichiga olov yoqib, osmonga uchiriladigan qog’oz fonuslarni uchirdik. Keyin bu fonudlardan "Qani, qani” nomli qo’shig’imning klipida xam foydalandim. Kichkina toshbaqalarning tug’ilishiga guvox bo’ldik. Xullas, asal oyi maroqli va sedan chiqmaydiga tarzda o’tdi.

- Oilaviy xayotga o’rganish qiyin bo’lmadimi? Chunki ilgari xamma narsaga o’zing yugurarding, xal qilarding, endi esa oila boshlig’ini o’rnini erkak kishiga bo’shatish kerak.

- Xamma yangi oilalarda o’zaro moslashuv, bir-birini o’rganish jarayoni bo’ladi. Bizda xam shunday bo’ldi. Bu tabiiy holat. Bir-birimizni eshitishni, tushunishni, yon bosidhni o’rgandik. Dhuning uchun kichkina tushunmovchiliklar bizda katta janjalga aylanib ketmaydi. Turmush o’rtog’imning fe’li og’i-bosiq, xar bir gapini o’ylab gapiradi. Oldinlari xafa bo’sam, sababini aytmay, ichimda saqlab yurardim. Xozir esa ichimdegi xamma gapni aytishni o’rgandim. Muammolarni birgalikda xal qilamiz. Yaqinda qattiq shamollab, yotib qoldim. Yigitali yonimdan ketmadi, g’amxorlik qilib, sog’ayib ketishim uchun xarakat qildi. Uning mexribonligidan boshim osmonga yetdi!

- Kiyinish borasida tanbex bermaydimi?

- Ali zamonaviy inson, kiyinishimga taqiqlar qo’ymaydi, menga ishonadi. Singlim Nasiba kiyim borasida ” Juda kalta, sal ochiqroq, bo’lmaydi, almashtiring” deb, meni tanqid qilib turadi.

- Singling sizlar bilan birga yashaydi. Yigitali bilan ularning munosabat qanaqa?
- To’ydan avval juda qo’rqqandim. Singlim balog’at yoshida, fe’l-atvori shakllanayotgan payt. Agar ularning munosabati kutganimdek bo’lmaganda ikki o’t orasida qolgandek azoblanardim. Singlimni eng yaqin odami menman, onamning vafotidan keyin menga juda suyanib qolgan. Uning fikri, xotirjamligi men uchun juda muxim. Qo’rqandim, tan olaman, lekin Hudoga shukr, ular tez til topishib, do’stlashib olishdi.

- Turmush o’rtog’ing bolalarni yaxshi ko’rarkan. Qara, hozir ham qizimni o’ynatib o’tiribdi. Seningcha u yaxshi ota bo’la oladimi?
- Bunga ishonaman, u eng yaxshi ota bo’ladi. Juda bolajon. Men xam bolalarni yaxshi ko’raman. Ota-ona bo’lsak, men Aliga qaraganda qattiqolroq bo’lsam kerak. U esa aksi. Alining ko’ngli bo’sh, farzandlarimizga qattiq gapirolmasa kerak. Lekin aminmanki, chaqalog’imiz bo’lsa bir o’zimga qolib ketmaydi.

- Nechta farzanding bo’lishini hohlaysan?
- Birinchi qiz, keyin o’g’il, keyin qiz va yana o’g’il, jami to’rtta. Qizaloqqa ism ham tanlab qo’yganman, lekin xozircha sir. Allox nasib etsin bizga bu baxtni. Keyin beshinchisiga farzan asrab olish niyatimiz bor. Mexribonlik uylaridagi bolajonlarni ko’rsam, yurak-bag’rim eziladi. Qanday qilib o’z jigarporasidan voz kechish mumkin?! Axir bu vaxshiylik-ku?! Shunday bolalarni ko’rganimdan keyin anchagacha o’zimga kelolmay yuraman.

- Turmush o’rtog’ingni rashk qilasanmi?
- Albatta (turmush o’rtog’iga qarab kuldi)! Rashkim juda yomon. Yaxshiyamki, u bunga imkon yaratmaydi.

- U boshqa qizlar bilan suratda tudhgan kliplarni ko’rganingda-chi?
- Bunday vaziyatlarda yomon jaxlim chiqadi, garchi bu rolligini bilib tursam ham. Lekin endi menga va’da berdi, bunday rollarga barxam beradi.

- Qaynonang bilan munosabating qanaqa? U kishi deni juda yaxshi qabul qilganini bilaman.

- Xozir xam munosabatlarimiz judayam yaxshi, ko’z tegmasin! U kishi juda ochiq ko’ngil ayol, hurmatim baland! Munosabatlarimizni boshdanoq to’g’ri va samimay qabul qilgani uchun u kishidan mannatdorman. To’yim kuni o’zini menga yaqindek tutadigan honanda qizlardan biri qaynonamga "qanday rozi bo’ldingiz bu to’yga, nima uchun ruxsat berdingiz unga uylanishiga?” degandek gaplarni aytgan. Qaynonam esa "menga bu narsalarning farqi yo’q, ular baxtli bo’lishsa bo’ldi” degan. Bilasanmi o’sha honanda, yonimizga kelib, menga shunchaki "salom” dedi, xattoki to’y bilan tabriklamadi ham. G’alati xolat, to’yingga kelsayu xursandchiliginga sherik bo’lib, batingdan quvonish o’rniga har xil gaplarni gapirsa…

- Onang vafot etganiga deyarli bir yil bo’ldi. Vaqt o’tishi bilan yo’qotish og’rig’I bosildimi?
- O’shanda xamma "vaqt davo” deb aytgandi. Lekin… menga vaqt ham davo bo’lolgani yo’q, davo emas ekan”ko’zlaridan yosh oqa boshladi”… Mana, bir yil bo’ldi, hali bunga ishongim kelmaydi. Onamni sog’inaman, ko’rgim keladi, yeg’layman. Negadir mening tushlarimga kam kiradi, singlim esa onamni tushida ko’proq ko’radi. U tushida aniq tiniq ko’radi, gaplashadi. Keyin birga o’tirib eslaymiz. Moziriga boramiz, gaplarimni, dardlarimni aytaman, xaqqiga duo o’qiyman. Bu yilgi kansert dasturimni onamga bag’ishlab "OYIJON” deb nomladim. Ba’zilar "uff yana motammi?” degan gaplarni aytishibdi. Dilim og’ridi. Bilasizmi, 2011 yil kansert dasturini qilishimni onam hohlamagandi, axvoli og’ir edi, men esa muhlislarimning iltimoslariag yo’q deya olmadim. Onam o’sha kezlari "Qizim, bu yil konsert bermagin, keying yil kansertingni menga bag’ishlaysan”, degandi (yig’laydi). "ona nimalar deyapsiz, umuman bunaqa niyat qilmang” degandim. O’shanda o’lim yaqinligini ko’ngli sezgan shekilli (yig’laysi). Mana, bu yilgi kansert dasturimni onamga bag’ishlab "Oyijon” deb nomladim. M&TVA taqdimot marosimida "Yilning eng yaxshi ayol honandasi” bo’lganimda ham so’zga chiqib, onamni eslaganim, mukofotni u kishiga bag’ishlaganim ba’zilarga erish tuyulibdi. Ularning onasi hayotdir, onani yo’qotish azobini his qilmagandir, men kabi qiynalmagandir balki… onasini yo’qotganlar meni tushunadi. Haligacha onamning yo’qligiga ishonolmayaman. Yaqinda yashil rangli libos oldim. "onamga yoqadi shu libos, rasmga olib, ko’rsatishim kerak” degan hayol o’tdi, xuddi trikdek. Xammaning ota-onasi sog’ bo’lsin. Mayli, nima deyishsa, deyishaversin, gap so’zlar endi meni sindira olmaydi.

- Nima deb o’ylaysan Tamaraopa hayot bo’lganida Yigitali u kishiga ma’qul kelgan bo’larmidi?

- Onam xayotimda meni tushunadigan, ximoya qiladigan, xafa qilmaydigan odam bo’lishini xoxlardi. Turmush o’rtog’im huddi shunday sifatlarga ega. Onamning sevimli kuyovi bo’lardi turmush o’rtog’im. Menimcha, onamning ko’ngli endi hotirjam tortdi, yonimda suyang’ichim, tayanchim bor endi.

Yigitali Rayhon haqida…

- Rayhon qanday rafiqa? Besh so’z bilan ta’rif bering-chi?
- Aqilli, quvnoq, mexribon, tushunadigan, latofatli.

- Uning hech kim bilmaydigan odatlari…
- Uyda "Muzlik davri” multfilimidagi bir qahramonning ovozi bilan gapiradi. Judayam o’xshatadi, kulgidan o’zimni tiyolmay qolaman.
Bir-birimizga tinimsiz "SMS” yozamiz, ikkimiz uyda bo’lsak ham. Masalan, u ikkinchi, men birinchi qavatda bo’lsak, darrov bir birimizni qidirib qolamiz. Ikkalamiz ba’zida to’polon qilib, butun uyni boshimizga ko’taramiz, quvlashmachoq o’ynaymiz, bekinamiz. Nasiba o’sha paytlarda "Obbo, uyimizda kichkina bola bitta edi, endi ikta bo’ldi ”, deb kuladi.

- U pishiradigan eng mazali taom?..
- Qozonkabob! Juda mazali pishiradi! Taomlarni mexr bilan pishiradi.

- Rashk borasida…
- Juda-juda rashk qilaman. Yoniga begonalar yaqinlkashsa , shunday qaraymanki, qaxrli nigoximning o’zidan tushunib, nari ketishadi.

- To’ydan oldin siz haqingizda xar xil gap so’zlar tarqaldi: "Rayhonning mashxurligiga, puliga uchib uylanyapti”, degandek…

- Bundan juda jahlim chiqdi. Lekin bu gaplarni noto’g’riligini xar bir insonga borib, tushuntira olmayman-ku! Shu gaplarni tarqatayotganlarning xammasiga isbot qilaolmayman-ku, mayli, gapiraverishsin. Men erkakman, ayolimning boyligi, mashxurligi muxim emas, uning insoniy fazilatlarini ko’rib sevganman. Bir kun tushinishar, noto’g’ri ayblaganlarini tan olishar. Mening maqsadim Rayhonni baxtli qilish, u shunga loyiq ayol.
Onam zamonaviy ayol. Meni soim tushungan. Rayhonni sevib, unga uylanish fikriga qat’iy kelganimdan so’ng u kishiga qo’ng’iroq qildim (Moskvada edi). "Ona, Rayhonga uylanmoqchiman” deganimda jim bo’lib qoldi, shokka tushdi, uch kun o’tgach, qayta qo’ng’iroq qildi-da, "O’g’lim, fikring qat’iymi, rostan yaxshi ko’rasanmi uni?” dedi. "xa, yaxshi ko’raman, to’y qilib, uylanmoqchiman” dedim. "Afsuslanmaysanmi keyin?” deb so’radi. "Yo’q” deb javob qaytardim. Shu paytgacha qilgan tanlovimdan bir soniya bo’lsada afsuslanmadim. Rafiqamni juda yaxshi ko’raman, bir-birimiz uchunm yaratilganmiz deb hisoblayman. Nima dimoqchiligimizni ko’z qarashlarimizdan tusfunamiz. Baxtimizning umri 50-60 yil davom etishini, farzandlar, nevaralar qurshovida qo’sha qarishni orzu qilaman.

Rayhon va Yigitalining o’zlari kabi yosh oilalarga aytar gapi
- Bir aktyor turmush o’rtog’I bilan uzoq yillar umr kechiribdi. Qo’sha qarib yoshlari 90 ga yaqinlashganda ulardan "shuncha yil birgaaxil umr kechirishingizni siri nimada?” deb so’rashibdi. U javob beribdi: "Bizning davrimizda buzilgan narsalarni tashlab yuborishmasdi, tuzatishardi, munosabatlar ham xuddi shunday”. Oila muqaddas deb bejiz aytishmaysi, uni avaylab, bo’ron va to’fonlardan avaylab olib o’tish kerak. Bir biringizni tushunishga , yon bosishga harakat qiling. Munosabatlarni avaylang, yomon insonlardan,gap-so’zlardan himoyalang.

Intervyu tugadi. Suxbat davomida Yigitalining Rayhonga mexrli, muxabbatli nigoxlariga guvox bo’ldim. Ular bir-biriga juda mosjuftlik ekaniga, tangri bekorga ularniuchrashtirmagani, taqsirlari bejiz qo’shilmaganiga yana bir bor amin bo’ldim. Baxtli bo’lishsin, ota-ona degan omga sazovor bo’lishsin! Mexr-muxabbatlariga ko’z tegmasin!
Shirin G’ofurova suxbatlashdi
Категория: O'zbek yulduzlari | Просмотров: 942 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
SAYT_ADMINKASI20.02.2013 07:35
MuNchOqCHaMaN20.02.2013 08:58
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Fevral 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz