SHERLAR.BIZ Juma, 27.12.2024, 05:08
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2012 » Oktyabr » 30 » RAYHON BARCHA GAP-SO'ZLARGA CHEK QO'YDI
22:08
RAYHON BARCHA GAP-SO'ZLARGA CHEK QO'YDI

RAYHON BUGUN BARCHA MISH- MISHLARGA CHEK QO'YDI. BUGUNGI MATBUOT ANJUMANIDA "ANJONCHA KELINSALOM"GA HOZIRLIK,O'ZIDAN KICHIK YIGIT YIGITALINI MUHABBATINI QOZONGANLIGI HAQIDA,TO'YDAN
KEYIN FARZAND KO'RISH HAQIDA BATAFSIL GAPIRIB O'TDI. Hozir esa sizni qiziqtirgan savollarni javobi bilan tanishing. - Rayhon eng avvalo turmush qurayotganligingiz haqida rasmiy javobni olishni istar edik. Rayhon: Ha biz turmush qurayotganligimiz rost! Yigitali bilan to'yimiz 16 noyabr kuni "Versal" restoranida bo'lib o'tadi. - To'yingizda OAV hodimlarini ham bo'lishini istaysizmi? Ya'ni, jurnalistlar kelib fotosuratlarga tushirib, muxlislarga to'y haqida batafsilroq yoritishlarini? Rayhon: To'y bu oilaviy marosim. Buni biz oilaviy tarzda, yaqin do'stu-birodarlarimiz bilan birga nishonlamoqchimiz. Kimdir o'z fotosuratini OAVda ko'rishni istamasligi mumkin. Shu sababdan eng yaxshisi biz o'zimiz fotosuratlarni tanlab-tanlab sizlarga taqdim etganimiz ma'qul. Shunda hammasi joyida bo'ladi, deb o'ylayman. Qolaversa, to'yni u qadar katta qilish niyatimiz yo'q. - To'yga kirish qat'iy taklifnoma nazorati bilan bo'lsa kerak? Rayhon: Albatta. Bunday qilmasak ham bo'lmaydi. Bir san'atkorning nikoh oqshomiga biz ham taklif qilingan edik. Bordik. Odam juda ko'p. Hech kim, hech kim bilan ishi ham yo'q. San'atkorlar uchun ajratilgan joy qayerda ekanligini so'raganimizda bizga bir joyni ko'rsatib yuborishdi. Borib qarasak o'tirgani ham joy yo'q. Qaytib chiqib ketishga to'g'ri keldi. Shu kabi holat bizning ham to'yimizda kuzatilishini istamas edik. Kelgan mehmonlarni hafa qilib qo'yish niyatim yo'q. - Chiqarilgan taklifnomalar ham noodatiy ekan. Bunday taklifnomalar chiqarish g'oyasi kimdan chiqdi? Rayhon: Ha, taklifnomani o'zgacharoq qilishga harakat qildik. Taklifnoma ichida sovg'a tarzida ko'zmunchoqli tumor ham bor. Bizni to'yimizni eslab yurishsin kelgan mehmonlar, deb shunday sovg'a ham qo'shishga qaror qildik. Taklifnoma tuzilishini ham o'zimiz o'ylab chiqdik. - Ba'zi xonandalar o'z to'yida ham qo'shiq kuylashganligi guvohi bo'lgan edik. Siz ham to'yingizda qo'shiq kuylaysizmi? Rayhon: Men ko'rmagan ekanman. Nahotki, o'z to'ylarida ham qo'shiq kuylashayotgan bo'lsa? Yo'q! Men bu haqida o'ylab ham ko'rmagan edim. Qo'shiq kuylash niyatim ham yo'q. Biroq, boshqa bir qator qiziqarli g'oyalarni o'ylab qo'yganmiz. Nasib qilsa to'yga tashrif buyurgan mehmonlar buni ko'rishadi. - To'y uchun maxsus fotosuratlarga
ham tushishga ulguribsiz. Mana shu fotosuratlarni ham internet tarmog'ida joylashtirishga qanday qaraysiz? Rayhon: Nega endi yo'q. Albatta taqdim etishimiz mumkin. Ammo, bu fotosuratlar to'yda namoyish etish uchun tushirilgan. Keling yaxshisi, fotosuratlarni to'y o'tib bo'lgach sizlarga taqdim etamiz. - Kelishdik. Keling endi Yigitali bilan tanishishingiz tarixiga ham nazar tashlasak. Rayhon: "Samodan" qo'shig'imga klip suratga olish jarayonida biz Yigitali bilan tanishib qoldik. Va juda qisqa vaqt ichida bir-birimizga mos ekanligimizni anglab yetdik. Yigitali menga sevgi izhor qilib, qo'limni so'raganida to'g'risi avvaliga ishonmadim. Keyin uning niyati jiddiy ekanligini anglab yetib, o'z juftimni topganligimni tushundim. Bir ko'rishda sevgi, deganlaridek... Yigitali bilan bizni ko'p jihatlarimiz bir xilligi ham e'tiborli. Menga yoqadigan qo'shiqlar yo'nalishi unga ham yoqadi, unga yoqadigan filmlar menga ham yoqadi. Tug'ilgan kunlarimiz sanasi ham bir xil, oyi bir xil bo'lmasa ham. Men 16 sentyabrda tavallud topgan bo'lsam, Yigitali 16 iyunda tavallud topgan. To'yimiz ham shuning uchun 16 noyabrga belgilandi. - To'ydan so'ng ijodni davom ettirish ettirmasligingiz haqidagi savol ham muxlislaringizni qiziqtirmoqda? Rayhon: Albatta to'ydan so'ng ijodimni davom ettiraman. Ahir muxlislarim bilan do'st bo'lib qolganmanku. Ulardan yuz o'girib bo'lmaydi. Darvoqe, kelgusi yildagi konsert dasturim endi fevral oyida emas, bahor faslida, ya'ni aprel oyida bo'lib o'tadi. Mana shu konsert dasturi uchun tayyorgarliklarni to'ydan so'ng boshlaymiz. - Bo'lajak turmush o'rtag'ingiz bilan kelgusi ijodiy faoliyatingiz haqida ham kelishib ulgurgandirsizlar? Rayhon: Albatta. Men ham, u ham juda rashqchi. Endilikda mening kliplarimda undan boshqa yigit suratga tushmasa kerak. Xuddi shu kabi, u ham boshqa ayol xonandalarning kliplarida suratga tushmaydigan bo'ldi. Biroq, yaqin orada yana bir klip TVda paydo bo'ladi. Manzuraning klipida Yigitali oxirgi marta suratga tushishi bo'ladi. (Kuladi). - Yigitali bilan sizning o'rtangizda juda katta farq bor. 12 yosh. Bu hech qanday tushunmovchiliklarga sabab bo'lmaydimi? Rayhon: Yo'q. Bu borada o'ylab chiqdik. Biz bir-birimizga juda ham ko'p taraflama to'g'ri kelamiz. Nega endi yoshimizdagi farq bunga to'siqlik qilishi mumkin. Bu borada men ham Yigitaliga aytganimda u menga Payg'ambarimiz Muhammad (S.A.V)ning turmush o'rtoqlari bilan o'rtalaridagi yosh farqi ham katta bo'lganligi haqida aytib berdi.
Категория: Shou biznes olami | Просмотров: 2043 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 3
Shoxlani_shoxi31.10.2012 00:15
UzraP_MasteR31.10.2012 00:50
muslima31.10.2012 23:25
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Oktyabr 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz