Статистика |
Hozirda saytda: 4 Mexmonlar: 4 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Yanvar » 12 » Ravshan Ermatov-muvaffaqiyatlarining siri
16:23 Ravshan Ermatov-muvaffaqiyatlarining siri |
Shu kunlarda barcha o‘zbekistonlikni quvontirayotgan xabar vatandoshimiz Ravshan Ermatov FIFA rasmiylari tomonidan iliq so‘zlar bilan qarshi olinayotganligidir. Ravshan Ermatovga tarbiya bergan otasi, uni bugungi darajaga yetkaza olgan birinchi ustozi, Respublika toifasidagi hakam, O'zbekiston futbol Federatsiyasi nazoratchi- inspektori Sayfitdin Ermatov bilan o‘g‘lining faoliyati xususida suhbat uyushtirdik. Futboldan nega erta xayrlashdi? - Ravshan oilamda to‘ng‘ich o‘g‘il, tug‘ilganida quvonchim cheksiz edi. Barcha yaqinlar, qarindoshlar va o‘rtoqlarim ana endi haqiqiy futbolchi tug‘ildi, deb xursandchiligimizga sherik bo‘lishgandi. Men ham o‘shanda yaxshi bir niyat qilgandim... Ammo Ravshan to‘rt yoshga to‘lganida bolalar velosipedida uchayotganida, bexos oyog‘idan jarohatlanadi. O'sha kichik jarohat 15 yildan keyin, ya'ni 1997 yili uni katta futboldan ketishiga sabab bo‘lishini biz hali bilmasdik... Ravshanni kichikligidan o‘zim bilan stadionga olib borardim, ya'ni unga bolaligidan futbol muhitida o‘sishiga imkoniyat yaratdim. Keyin sekin-asta maxsus futbol maktablarida tarbiya oldi. Bundan tashqari, uni yoshligidan murabiylik kasbiga ham o‘rgatdim. Sayfiddin Ermatov va Ravshan Ermatov. Toshkent, 1982-yil Ravshan 1996 yili, bolalar murabbiyi litsenziyasini olish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu paytda «Paxtakor» o‘smirlar va yoshlar maktabida hamda O'zbekiston yoshlar terma jamoasida ishladim. Ravshan esa menga yordam berib turardi. Bundan tashqari, bir kun bu kasb ham kerak bo‘lib qolar, deb unga hakamlik qilish sirlarini ham o‘rgata boshladim. Chunki unda hakamlarga xos xarakter, odillik, zudlik bilan to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatlari bor edi. O'sha paytda Ravshan birinchi ligada ishtirok etgan Toshkent viloyatining «G'azalkent», sal keyinroq esa poytaxtning «Istiqlol» jamoalarida to‘p surayotgandi. Hakamlikni taklif qilgan ota - Ravshan jarohati tufayli 1997 yili 19 yoshida katta futbol bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi. Mutaxassis sifatida shuni aytishim mumkinki, agar jarohat bo‘lmaganida, undan yaxshi futbolchi chiqardi. Afsus, nasib qilmagan ekan... O'sha og‘ir damlarda uni yolg‘izlatib qo‘ymadik, qo‘ldan kelganicha har taraflama yordam berdik. Men unga futboldan ketmaslik, futbol hakami kasbini chuqurroq o‘rganishni maslahat berdim. O'g‘lim meni diqqat bilan tinglaganidan xursand bo‘ldim. U tishini tishiga qo‘yib salomatligini tiklab, kelajakda otasi kasbini davom ettirishga bel bog‘ladi. Professional faoliyatning ilk dasturlari - O'g‘lim bilan kelajak rejalarini jiddiy o‘ylab, olti yo‘nalishli dastur tuzdik. Unga ko‘ra, yaqin orada va kelajakda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan individual ish rejasini ishlab chiqdik. Olti yo‘nalish quyidagilarni o‘z ichiga oldi: birinchidan , jismoniy tayyorgarlikni yanada yaxshilash choralari; ikkinchidan , hakamlikning professional salohiyatini oshirish choralari; uchinchidan , nazariy va amaliy bilimlarni yanada chuqurroq o‘rganish; to‘rtinchi - ruhiy, psixologik holatlarni boshqara bilish, turli nostandart vaziyatlarda o‘zini tuta bilishlik, hakam uchun zarur bo‘lgan boshqa kerakli xislatlarni chuqur o‘rganish; beshinchidan , xorijiy tillarni jiddiy o‘rganish; oltinchidan, xalqaro toifadagi hakamlarning tajribalarini tahlil qilish yo‘li bilan malaka oshirish. O'z navbatida men ham Ravshanni kelajakda yaxshi hakam bo‘lib yetishishi uchun astoydil kirishib, bor tajribamni o‘rgatishga kirishdim. Bularni amalga oshirish uchun qora terga botib ko‘p ishlash, sabr va matonat talab qilinardi. Bugungi kunga kelib, Ravshan buning uddasidan chiqdi, deyishimga asosim bor. Uni har doim o‘zim bilan birga barcha o‘yinlarga olib bordim. Keyin birgalashib o‘yin tafsilotlarini birma-bir tahlil qilardik. Uning fikrini bilishni istab, ko‘pgina muammoli savollarni ko‘ndalang ko‘yardim. Har bir o‘yinga alohida e'tibor qaratib, so‘z yuritardik. Turli sabablar tufayli men borolmagan o‘yinlarni do‘stlarimiz videotasmaga tushirib olishardi va uni uyda birma-bir tahlil qilib, uning kamchiliklarini ko‘rsatib tushuntirardim. Bu ishni yo‘lga qo‘ygunimcha bir necha yillar kerak bo‘ldi. Bundan tashqari, Ravshan individual reja asosida jismoniy holatini saqlash borasida doimo jiddiy shug‘ullandi. Keyinchalik sekin-asta o‘zi ham hakamlik qilishni boshladi. 1998 yildan boshlab ikkinchi liga jamoalari o‘yinlarini boshqardi. 1999 yildan birinchi va 2001 yildan oliy liga o‘yinlariga hakamlik qildi. Oliy ligadagi birinchi o‘yini - «Zarafshon»-«Semurg‘» to‘qnashuvi bo‘ldi. Aynan shu yildan boshlab Ravshanning hakamlik hayotida tub burilish ro‘y berib, faoliyati ancha rivojlanib ketdi. Men esa ham ota, ham ustoz sifatida bularni ko‘rib, unga bildirmay ichimdan suyunardim... Ustozidan o‘zgan shogird - Til masalasiga kelsak, uyda ingliz tili muhitini yaratish maqsadida oilaviy ingliz tilini o‘rganish markaziga qatnay boshladik. Shu bahonada o‘zim ham bu tilni biroz o‘rgandim. Ravshan esa, ikki yil deganda bemalol ingliz tilida gaplasha oladigan darajaga yetib, FIFAning xorijiy tillarni bilish maxsus testlaridan bemalol o‘tib turibdi. Tuzgan dasturning natijasi o‘laroq, u ikki-uch yildan keyin o‘z hosilini bera boshladi. O'zbekiston chempionatida unga bo‘lgan munosabatning tubdan o‘zgarishi, OFK tasarrufida obro‘si oshishi, FIFA hakami unvoniga sazovor bo‘lishi, qit'alararo va jahon darajasidagi yoshlar chempionatlarida hakamlik qilishi, mehnatlari zoe ketmaganligini ko‘rib, parvardigorga shukrlar aytdim va shogird ustozidan ancha ilgarilib ketganligidan ko‘nglim xotirjam bo‘ldi. Shu bilan birga unda dimog‘dorlik, takabburlik xislatlari yo‘qligi meni ancha quvontirardi. Xalqaro maydonga chiqish Ravshan Ermatov - 2008-2009 yillarda Osiyoning eng yaxshi hakami. - Ravshan xalqaro hakamlik faoliyatini 2003 yili 25 yoshida boshladi. 2008-2009 yillarda OFKning eng kuchli hakami, deb tan olingani biz uchun quvonchli voqeaga aylandi. Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) shu yilning boshida jahonning 2009 yildagi eng kuchli 26 hakami nomini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Ravshan 11 ochko bilan 14-pog‘onani egallab turibdi (2008 yili 17-pog‘onada edi). FIFA tasarrufida oxirgi yillarda oltita yirik chempionat va xalqaro turnirdagi muvaffaqiyatli faoliyati va ayniqsa, «pley-off» musobaqasida Saudiya Arabistoni va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasidagi o‘ta muhim va murakkab o‘yinni boshqarishi uni FIFA mutasaddilari tomonidan JARda o‘tadigan 19-jahon chempionatida ishtirok etuvchi 30 hakam qatoriga qo‘shilishiga zamin tayyorladi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Buni so‘zda aytish oson, amalda qanchadan-qancha kuch, chidam, iroda va matonat talab etilishini bir xayolingizga keltirsangiz... Bundan tashqari, 2007 yildan buyon davom etayotgan FIFA seminarlarida ishtirok etuvchi 120dan oshiq referidan faqat 30 nafar qolishi kerak edi. Har seminarda test va boshqa sinovlardan o‘tgan va eng asosiysi, FIFAning barcha talablariga to‘liq javob bera oladigan kuchli hakamlar saralab olingan. Joriy yilning 5 fevralida Ravshanning FIFA ro‘yxatiga kiritilishi to‘g‘risidagi rasmiy xabarni eshitib, juda xursand
|
Категория: Sport yangiliklari |
Просмотров: 961 |
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|