Sizga xat yozishimdan yagona maqsadim ayni
paytda qalbimga sig'may, menga ancha vaqtdan
buyon tinchlik bermay kelayotgan xis-tuyg'ularim
xaqida yana bir bor bo'lsa-da, gapirib berishdir.
Ochig'ini aytsam, bu tuyg'ularimni xech qachon
Sizga to'liq tushuntirib bera olmasam kerak, chunki
ular shuqadar tezlik bilan meni o'ziga buysundirib
oldiki, xatto bu tuyg'u nima ekanligiga dastlab
uzim xam tushuna olmay koldim. Biroq, keyinrok,
men xaqiqatdan xam Sizni SEVIB qolganimni anglab
yetdim, yana xam tug'risini aytsam, TAN OLDIM.
ism......, balki shu paytga kadar Sizga bu kabi dil
izxorlari juda ko'p marta bo'lgandir. Balki Siz
mening bu gaplarimni o'kib xayron qolayotgan,
kulayotgan, jaxlingiz chikayotgan, zerikayotgan
yoki... xullas bilmadim. Ammo bir narsani anik ayta
olamanki, men xozir shu paytgacha bo'lmagan
allaqanday g'alati bir xolatga tushib kolganman.
Kechalari soatlab Siz bilan o'tkazilgan 3-5-daqiqalik
suxbatni yoki Sizga alokador qandaydir mayda-
chuyda voqealarni birma-bir esga olaman.
Sizni ko'rdim deguncha, xuddi davlat imtixoniga
kirib ketayotgan o'quvchidek qattiq xayajonga
tushaman. Ochig'i, nima qilarimni bilmay
qoldim.Men Sizni tushunaman. Avvalo, men
xakimda qanday fikrda ekanligingizni xam
bilmayman. Shuning uchun, menga birgina imkon
bering. Sizning ishonchingizni oqlash uchun imkon
bering. Sizdan suraydigan yagona iltimosim shu.
Fakat, meni xozirgacha men baxra olayotgan baxt
(masalan, Sizning ovozingizni eshitish yoki
kulganingizni ko'rish baxti)dan maxrum
kilmasangiz bo'lgani.
Menga shuning o'zi xam yetarli.
ism.......
Tug'ri, sevgi aqlning emas, balki ko'ngilning ishi.
Ya'ni aytmokchimanki, sevish uchun miya kerak
emas, balki yurak kerak. Odatda, sevgi maktublari
turli she'rlar, shoirona gaplar bilan yoziladi. Men
bunday yoza olmadim. To'g'risini aytsam, men bor
fikru xayolimni bir joyga yig'ib, xammasini chuqur
o'ylabko'rdim. Va mening oxirgi xulosam Siz
mening xayotimga aylanishingizga ishondim.
Mening yuragimdan chiqgan gap mana shu.Ushbu
maktubni o'qishga ajratgan vaktingiz va
e'tiboringiz uchun raxmat, deb xurmat bilan,
oshig'ingiz ism.....