Kunlar o'tsa, to'xtab qolsa bir kun yuragim, Jismim jonsiz qolsa, hech kimga bo'lmasa keragim, Ilojim qolmasa, yerga bersam kuragim, Men deb bir qatra yosh to'karmi kimdur? Bezgandingiz mendan, ketyapman visolimga zor etib, Ollohim nasib etsa, Jannat bog'lariga borarman yetib. Siz esa kaftingiz uzra qabrim tuprog'in tutib, "Qaytib kelgin" deya unsiz o'kinib qolasiz. Erkaligim ba'zan tegib qoldi joningizga, Ko'rgani ham bo'may qoldi meni ko'zingiz. O'kinmang, ortiq silolmayman endi yuzingiz, Siz ham bir kun afsus chekib, yig'lab qolasiz. Muhabbatimiz his etib, kezar edik bog'larda, Afsus endi yolg'iz kezarsiz "Sevgi" degan yo'lakni. Men esa jon berarman changallab yurakni, Huvillagan yo'lak uzra meni qumsarsiz borim. Orzularim armon bo'ldi, ucharman falakka, Siz esa dil berarsiz o'zga bir malakka, Lek so'zingiz o'tmaydi, meni sevgan yurakka, O'zgasiz sevolmasdan ozor chekarsiz ko'p bor. Nahot sezmayapsiz qalb tirnovchi ohimni, Axir ketyapman sizga dunyoni tashlab. Ortiq meni xo'rlamang ko'zlarim yoshlab, Bir kun ortimdan qolasiz yurakni g'ashlab. Uch kunlik umrimda bo'lmang beparvo, Ko'zlarim namlansa qilmang siz parvo, Jonim hech kimga bu dardni ko'rmayman ravo, Yig'latmang, shodon kulgularimni qumsab qolasiz. Keladi u kun, qor tagida qoladi jismim, Hatto unut bo'lar, aytilmay ismim, Suratdagina qoladi unutilgan husnim, Erka qizni topolmasdan ovvora bo'lasiz. Bas... Ozor bermang hasta bo'lgan yurakka, O'tinaman, yonimdan ketmang yiroqqa, Undan ko'ra tayyor turing endi firoqqa, Men ketgach she'rlarimga ovunib qolasiz.
|