SHERLAR.BIZ Shanba, 27.04.2024, 04:21
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2012 » Avgust » 4 » "HAYOT GO`ZAL"
15:07
"HAYOT GO`ZAL"
"" HAYOT GÖZAL "" (Gözal romantik hikoya) Qiz juda sohibjamol edi.
Boshqa qizlardan farqli ravishda hayotga özgacha nigoh bilan boqardi.
19 yoshli gözal qizni tabiiy ravishda sevuvchilar ham bisyor edi. Lekin
uni atrofdagi yigitlar umuman qiziqtirmas, qanaqadir özgacha va
betakror sevgini kutardi. Yuragining tub-tubidan uning kelishini ham his
etib turardi. Shunday kunlarning birida darsga keldi-yu, partasining ustida turgan qip-qizil atirgulni kördi. Gul bandiga biriktirilgan
qog'ozchaga atiga ikki jumla yozilgandi: "Hayot gözal..." Negadir qizning
lablarida tabassum uyg'ondi... Keyingi kunlarda yana bir-ikki bor bu holat
takrorlandi. Qip-qizil atirgul va doimgi bir xil dastxat... Qiz bu gullarning
sohibi kim ekanligiga judayam qiziqardi... Kunlarning birida qiz uyqudan
uyg'onib, derazadan köchaga qaradi va birdan özgacha hayajonlanib ketdi. Röparadagi dökonchaning oppoq devoriga har xil böyoqlarda
katta qilib yurak shakli chizilgan, uning ichiga qiz ismining bosh harfi
yozilgandi. Eng ajoyibi esa, surat tagiga ösha sirli dastxat qöyilgandi:
"Hayot gözal..." Qiz endi doim ösha sirli yigit haqida öylardi. Uning özini
kuzatib yurganligini ham yaxshi bilardi. Odamlar orasidan uning
qiyofasini axtarardi. Avvallari doim öychan yuradigan qiz endi kulib, jilmayib yurar, bu tabassumi uni yanada jozibador körsatardi. Qiz öziga
yuborilayotgan har bir gulni qöliga olib zavqlanar, chindan unga hayot
judayam gözal körinardi.
Bahor tonglarining birida
velosipedda sayrga chiqqan qiz
musaffo havo va xiyobondagi
yashil gözallikdan zavqlanardi.
Lekin velosiped g'ildiraklarini
harakatlantiruvchi zanjir örnidan chiqib ketib, qiz töxtashga
majbur böldi. U zanjirni joyiga
örnatishga urinardi-yu buni hech
eplolmasdi.
- Balki yordamim kerakdir?
Qiz yoniga kelib töxtagan velosipedli yigitga qaradi.
- Yöq, özim...
- Mana bunday qilish kerak, - yigit
qizning velosipedi zanjirini
örniga qöydi, - Ana böldi.
- Rahmat! Qiz yigitga e'tibor bilan qaradi.
Yigit böy-basti kelishgan,
körkamgina yigit edi. "Ayniqsa
kulishi öziga juda yarasharkan",-
öylardi qiz.
- Arzimaydi. Yigit öz velosipediga ötirib,
qanaqadir yoqimli kuyni xushtak
qilib chalganicha qizdan
uzoqlashdi. Qiz esa uning ortidan
bir zum termulib qoldi...
Qizga atirgullar kela boshlaganiga bir oydan oshgandi. Lekin, qiz
haligacha ösha sirli yigitning
kimligini bilolmasdi.
Shunday kunlarning birida qiz u-
bu ishlar bilan ushlanib, judayam
kechga qolib ketdi. Aksiga olib havoning avzoyi buzuq, kuchli
momaqaldiroq bölayotgandi. Qiz
taksi ushlash maqsadida kollej
yonidagi bekatga kelganida
allaqachon öta shiddatli yomg'ir
boshlangandi. Uyi yaqin-u bunaqa paytda yolg'iz ketishga
ham qörqib turgandi. Kamiga
bekatda hech kim yöq, osmonni
qoplagan qop-qora bulutlar
atrofni yanada qorong'u
körsatardi. Hammasidan momaqaldiroqning vahimali
ovozi qizni chöchitardi.
Shu mahalda unga tanish, yoqimli
ovoz eshitildi:
- Balki yordamim kerakdir?
Bu ösha tongdagi velosipedli yigit edi. Qiz juda sevindi. Bu ösha
yigitni yana körganligi uchunmi
yoki boshqa sababdanmi özi ham
bilmasdi. Lekin yigitga dilidagini
aytmadi:
- Yöq, özim ... Yigit ham jilmaydi:
- Yomg'ir hali-beri tinmaydi.
- Nima, meni mashinangizda
uyimgacha kuzatib
qöymoqchimisiz?
- Menda yaxshiroq fikr bor. Yigit shoshib qayergadir yugurib
ketdiyu, zumda qaytib keldi:
- Xösh, qalay?
Qiz yigitning qölidagi oq va
pushti rangli soyabonlarni körib
jilmaydi. - Bahor oylarida yomg'ir mahali
piyoda yurish zavqli,- dedi yigit.
Ular yonma-yon ketib
borisharkan, qiz öziga
yuborilayotgan gullarning sohibi
shu yigit ekanligini öylay boshladi. Buni tekshirib körish
uchun yigitga savol berdi:
- Siz yölingizda uchragan har bir
qizga shunaqa yordam qilasizmi?
- Har biriga emas ... hammasiga.
Ular kulishdi. Qiz uyi tomon ketishayotganda ikki tomonga
ketgan köchaning yigit qaysi
tarafga burilishiga juda
qiziqayotgandi. Muyulishda yigit
qizning uyi taraf burilgach, qiz
sevindi. "Bu ösha yigit", - öylardi u. (davomi bor)
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 944 | | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 7
Bek_akan05.08.2012 00:16
Bek_akan05.08.2012 00:21
IFTIXOR_BEK01.10.2012 07:07
DILIM616703.10.2012 11:00
Nilufarxon_9612.10.2012 12:03
Nilufarxon_9612.10.2012 12:04
JASMIN23.10.2012 09:59
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Avgust 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz