Главная » 2014»Fevral»26 » Qozog‘istonlik dizayner erkaklar uchun atlas ko‘ylak ishlab chiqdi
08:56
Qozog‘istonlik dizayner erkaklar uchun atlas ko‘ylak ishlab chiqdi
Asli qozog‘istonlik bo‘lib, hozirda Italiyada istiqomat qilayotgan dizayner Yekaterina Ivankova erkaklar uchun atlas kiyimlar to‘plamini taqdim etdi. Uning debyut to‘plami aynan atlasga bag‘ishlanib, Ikat.I deb nomlanadi, deya xabar beradi buro247.kz sayti..
Yekaterina Ivankova – ma’lumoti bo‘yicha stilist (Istituto di moda Burgo, Milan) va libos dizayneri (Polimoda Fashion School, Florensiya). U Qozog‘istonning Petropavlovsk shahrida tug‘ilgan va ulg‘aygan, ammo 2003-yildan buyon Italiyada faoliyat yuritadi. Yekaterina Kopengagen shahrida stajirovka o‘tab, mo‘yna bilan ishlash texnologiyasini o‘zlashtirgan. Keyinchalik Italiyadagi Cavalleria Toscana markasi bilan ishlab, kuz-qish mavsumi uchun liboslar to‘plami tayyorlashda ishtirok etgan.. Xo‘sh, siz ham atlasdan shunday kiyim kiygan bo‘larmidingiz?