Qo'limdan kelmaydi sensiz yashamoq... Men netay? o'zgaga yurak ko'nmasa..! Dard-azob bormikin, bundan og'irroq! Chin qalbdan sevganing, seni sevmasa! Xayotim manosi, o'zing-ku axir... Naxot men qalbingga topolmadim yo'l! Jazomi? menga shu bitilgan taqdir,,, Senga tutolmasam, hatto bitta gul! Sog'inib kutganda hech eslamaysan. Tuyg'ularim o'tkinchi, xayollaringda...! Ko'nglimga bir-bora nazar solmaysan! Afsuslanmaysanmi?, kech qolganingda! Azoblar tortyapman, senga baribr... ,,Tuyg'ularing yolg'on'' deysan qo'yasan! Yana qancha kutayin? qilayin sabr... Men qiynab, kuydirib, qachon to'yasan? Har-kun yo'llaringda parvonang o'zim, Umrimning tuni-yu kunduzidirsan...! Sevgim rost sevgilim, ishon chin so'zim! Sen mening xayotim mazmunidirsan!
|