SHERLAR.BIZ Sheshanba, 15.10.2024, 19:25
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » May » 26 » Qaytar dunyo
04:53
Qaytar dunyo
Orifjon ham bugun tangri taoloning
bandalariga atagan ajib bir kuniga,
ishiga guvoh bo'ldi. Bir yumush
bilan bolaligi o'tgan qishlog'iga
borgan edi. Ishlarini bitirib
bo'lgach, yoshlikdagi do'sti
Murodni bir ko'rib ketmoqchi
bo'ldi. Ancha yillardan beri
ko'rishmagan. Tanish eshikdan
ichkari mo'ralab ovoz berdi. Lekin
hech qanday javob bo'lmadi. Shu
yaqin oraga chiqqandir, degan
o'yda shundoq kiraverishdagi
uyning derazasi yonida o'rnatilgan
o'rindiqqa o'tirib kuta boshladi.
Hovli Orifjonning bolalik
xotiralarini uyg'otdi. Murod ikkalasi
doim birga o'ynashar, birga dars
tayyorlashar, maktabga ham birga
borib-kelishar edi. Do'sti ota-
onasiga yolg'iz edi. Orifjon qachon
kelsa, mana shu derazadan bo'yini
cho'zib do'stini chaqirar, so'ngra
o'ynagani chiqib ketishar edi.
Ammo keyinchalik bu hol yo'qola
bordi. Qachon do'stini chaqirgani
kelsa, uni ko'zlari ko'kargan,
yig'idan shishib ketgan bo'lardi.
Gohida esa: Ey Xudo, otam bugun
ichib kelmasin, onamni urmasin,
o'zing insof ber, ey Xudoyim", deb
ko'zlarida yosh ila duo
qilayotganining ustidan chiqardi.
Esida, Murodning bechora onasi
kaltak yeya-yeya olamdan o'tgan
edi. Oradan qancha yillar o'tib
ketdi. Balki otasi ham bandalik
keltirgandir. Qarovsiz huvillayotgan
hovli miyasiga shu fikrni keltirdi.
Murodning o'zi-chi, nima qilyapti
ekan?... Orifjon shunday xayollar
og'ushida ekan, ichkaridan ovoz
eshitilganday bo'ldi. O'rnidan turib,
ochiq derazadan yoshligidagi kabi
ichkariga mo'raladi. Mo'raladiyu
hayratdan qotib qoldi. Do'stining
ayni o'sha duo qiladigan o'rnida
keksa chol qollarini titragan ko'yi:
Ey Xudo, ishqilib bugun ichmasin-
da, o'zing insof ber o'g'limga, ey
Xudo", deb iltijo qilar, ko'zlaridan
sizib chiqayotgan yoshlar ajinlari
oralab pastga yumalar edi...
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 907 | | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz