( ibrat olaylik ) Masjid darvozasidan maktab kiyimida chamasi olti, yetti yoshlardagi bolakay kirib kelib, so’l tomondagi o’tirg’ichda suhbatlashib o’tirgan nuroniylarga salom berdi: "Assalom-u alaykum.” Qariyalar hayron bo’lishib: "Vaalaykum assalom, katta yigit bo’ling, keling bolam, kimni izlab keldingiz? Bolakay: "Hudoni….” Nomozxon chollar hayrat aralash bir- birlariga qarab, jim qolishdi. Bolakay davom etdi: "Qayerda o’tiribdilar? Iltimosim bor edi….” Qariyalar orasidan bir odam turib, bolakayning oldiga kelib, cho’kkaladi-da: "O’g’lim kim sizga bu haqida aytib berdi? Kimning o’g’lisiz?” Bolakay biyron tili bilan so’zladi: "Ahmad domlaning, buvim aytgandilar, bu yer Hudoning uyi ekan, kecha yana aytdilar, u kishi har diyonatli bandasining tilagini bajararkan. Men ham u kishining bandasi ekanman, hali gunoh ish qilmagan ekanman, yaxshi bola bo’lganim uchun men ham diyonatli ekanman, u kishidan so’raydigan juda muhim iltimosim bor….” Amaki o’ylanib qoldi, Ahmad domla, kim ekan u, hali jajji bo’lsa ham, yaxshi tarbiya olibdi bolasi. Keyin, bolakayga yuzlanib: "Yuring, hozir birga tahorat olamiz, keyin Hudodan iltimosingizni so’raymiz.” Bolakay ho’p degandek boshini qimirlatdi, va amakining ketidan ergashib, xuddi bir narsaga ulgurmay qolayotgandek shoshib- shoshib yuz qo’llarini yuvdi.Keyin masjid ichkarisiga kirib, peshin nomoziga tayyorlanishdi. Amaki unga: "O’glim, hozir hamma duoga qo’l ochganda siz ham qo’l ochib Hudodan iltimosingizni so’rang.” Bolakay yana ho’p degandek boshini qimirlatib, qator- qator odamlar orasidan Hudo kim ekan deb izladi. Nomoz so’ngida hamma duoga qo’l ochib duo qilishni boshladi. Bolakay ham qo’llarini qovushtirib: "Buvim aytdilar, meni yoshimdagilar farishta bo’larkan, nima so’rasam berarkansiz, o’zimga kerakmas, dadamlarga yordam bering, oyimni asrab qola olmayotgan ekanlar. Aytishlaricha, oyimni faqatgina sizning yordamingiz qutqarar ekan. Mashinachalarimni, mayli, rasmli kitoblarimni ham oling, faqat bittagina oyimni olmang, koptok olaman deb ohirgi qordan beri yig’ayotgan pulim bor, uniyam beraman….Singlimni bog’chadan olib uyga qaytishim kerak, uniyam, meniyam oyimlarni oldilariga kiritishmayapti, sog’indik, ayniqsa singlim, kechasi ‘oyi’ deb yig’lab chiqadi, menku kattaman, o’gil bolaman, chidayman. Hech bo’lmasa oyim singlim bilan qolsin. Iltimos…. Omin, Olloh-u Akbar” – dedi-da yugurib ko’chaga chiqib ketdi. Amaki, bolakayning gaplaridan ta’sirlanibmi, yoki bugun peshindan keyin chiqarilishi kerak bo’lgan matematika o’qituvchisi Ahmadning xotini vafotini eslabmi ko’zidan yosh sizdi….
|