SHERLAR.BIZ Dushanba, 23.12.2024, 00:18
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 35
Mexmonlar: 35
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Fevral » 9 » Qarg'ishga qolgan qiz yoxud ovqatga solingan shisha sinig'i...
19:59
Qarg'ishga qolgan qiz yoxud ovqatga solingan shisha sinig'i...
Qarg'ishga qolgan qiz yoxud ovqatga
solingan
shisha sinig'i...
< hammasi yomon ko`radi. Garchi o`zimga
aytishmasa-da, shunday hisoblayman.
Dunyoda sendan nafratlanadigan kishilar
orasida, har laxzada joningni o'rtab
turguvchi
vijdon azobi bilan yashashdan ortiq iztirob
bormikin?...Eng yomoni,bunga
boshqalarning
emas, o`zing, faqat o`zing sababchi
bo`lsang!...
To`qqiz yoshimgacha o'tgan kunlarimni
entikib, sog'inch bilan eslayman.chunki o'sha
kunlar - beg'am,betashvish, beg`ubor
damlarim edi. Hammasi uyimizga mehmon
kelganidan boshlandi.
Tog`amning akam tengi o`g`li biznikiga
keldi. Bu paytda akam bog`da ishlab
yurgandi. Kutilmagan mehmondan shoshib
qolgan onam ovqatga unnashga ulgurmadi.
Ayni tushlik payt, hamma tushki ovqatga
kuni kecha dadamning mehmondorchiligian
ortgan sho`rvani ichgandik. Akam esa
bo`g`dan kechqurun kelishi kerak edi.
Mehmon sabab, uni chaqirib keldik.Chunki
dadam ishga ketgani uchun uyda yagona
erkak akam bo`lib qolgan, qolaversa,
tog`avachcham ikkisi qalin og`ayni edi.
- Ona, mehmon och ekan, men ham
ochqaganman, tezroq boron nima bering,-
dedi akam.
- Aksiga olib, tuxum qolmabdi, qovurib
berardim. Bir pas kutsanglar biror yengilroq
taom qilaman, - dedi onam.
- E, yo`q, ovqatlanib bo`lib bog`da ham
ishla, ham hangoma qilamiz. Sho`rvadan
qolmaganmi?
- Bor. Lekin sen birovdan ortgan ovqatni
ichmaysan-da o`g`lim. Shu fe'ling nozik-da?
- Hozir ichaveraman. Yaxna go`shtdan solib
yuborib, vassalom! - akam shunday deb
mehmonning oldiga chiqib ketdi. Onam
shorvali qozonchani elektr plitaga qo`yib
dasturxon tuzatishga ketdi.
- Bu paytda men oshxonada edim. Opalarim
biri uzatilgan, biri soy bo`yida yalpiz
terishga, yana biri kutubxonadagi ishiga
ketgan, men esa maktabdan kelib onamga
yordamchi bo`lib o`tirgandim. Onam bilan
akam sho`rvadan gap ochishganidayoq
ichim
shuvillab ketdi. Chunki...
Boya mehmon kelmasidan oldin onam: <<
Ovqatdan ozgina ortib qoldi, olib qo`ysak,
bu
issiqda kechgacha ayniydi, shusiz ham
kechadan beri teribdi, kechga kuchukka
berarmiz>> degandi. Bu gapdan men
hovliqib,yaxshilab-tuyib maydalab
qo`yganim
shisha parchalarini sho`rvaga aralashtirib
yuborgandim. Uni jinimdan battar yomon
ko`radigan, yaqinda tuxumdan chiqqan
dum-
dumaloq jo`jalarimizni naq to`rttasini yeb
qo`ygan kuchugimizga bermoqchi edim.
Buni
onamga ayta olmadim.Yomon qilig`im va
yomon yomon niyatim uchun dakki
yeyishdan
cho`chigandirman. Bola aqlimbu ishim
yaxshi
emasligini, buning uchun butun umr ta'naga
qolishimni fahmlamabdi. Yana
o`ylabmanki:< chiqsa, darrov sezishadi, buniyam sezib,
yemay qo`ya qolishadi...>>
Afsuski, ikki og`ayni onam g`ira-shira
oshxonadan suzib borgan sho`rvaga non
to`rg`ab, suxbatga andarmon bo`lib,
kosaga
qaramayancha-muncha yeyishibdi.Dastlab
tog`avachcham sezibdi. Tishida g`ichirlagan
bir nimalarni olib ko`rishga mezbondan
andisha qilibyeyavergan ekan, kosa
yarimlaganda qoshiqda qon yuqi bor
emish...
Akamni dadam: < quvayotganlar ham senchalik shoshib
yemaydi>>, deb urushardilar. Xullas akam
tog`avachcham ogohlantirganida kosani
bo`shatgan ekan.
Ikkisini shifoxonaga yotqizishdi.
Tog`avachcham tuzalib chiqdi. Ammo
yarimjon bo`lib qoldi. Lekin akam… onam
va
dadamning to`rt qiz ichida yolg`iz o`g`li,
go`dakligidan ko`p kasal bo`lib kuydirgan,
sog`ligi nozikligi uchun ham o`qishga
ketmay
yonimizda qolgan akamni shu fojiadan keyin
ikki kun o`tib, tuproqqa topshirdik…
O`shanda yaqinlarimning dod solib
yig`lagani, onam bilan dadamning < go`rimga kirgan bolam, kimning qasdiga
qolding?>> deb nola chekkanlari hech
xotiramdan o`chmaydi. Buni qarangki,
<> odam sifatida dadamdan,
tog`avachchamdan va bir qancha
kishilardan
shubhalanishdi. Ular bir qancha vaqt
tergovga qatnashdi. Musibat ustiga tashvish
dadamning sochini qorga bo`yadi. Asl
aybdor
– men o`zim iqror bo`lmadim, bu voqealar
dahshati tilimni bog`lab qo`ygandi.
Odamlarning o`zlari haqiqatni bilishdi.
O`shanda onam umrida birinchi marta
qarg`adi, meni yomon qarg`adi:
< bo`ladigan bu qizbi tuqqan kunimga lanat!
>>
Men esa o`shanda qilmishimdanko`ra
ko`proq onamning qttiq muomalasidan
qayg`urdim…
Vaqt ko`p narsalarga davo. Lekin ko`ngil
yarasiga, vijdon azobiga davo davo
bormikan?...Qo`shnilarimiz qarindoshlarimiz
o`g`il uylantirganda, to`yga aytib kelganda
unsiz yig`laydigan onam, ellikka kirmay
xassa tayangan dadam hozir yorug`
dunyoda
yo`qlar. Ikkala opam < yangalik bo`lib uzatilardik>> armoni bilan
uzatilib ketishgan. Men esa qishloqdan
o`qish
uchun chiqib ketgancha shaxarda qolib
ketdim. Ishlayman toppish –tutishim
yaxshi…
ammo qarg`ishga, uvolga qolganim
uchunmi,
baxtim ochilmayapti. Olilasi but, akasi
himoyasida yurgan dugonalarimga havasim
keladi. Ko`cha- ko`yda akamga o`xshagan
yigitlarni ko`rsam, ko`zimga yosh
tizilaveradi. O`zimni, kuchukka shisha
siniqlari qo`shilgan ovqat berishni
o`rgatgan
sinfdoshimni kechira olmayman.
Eh, qani endi umrni ortga qaytarishni iloji
bo`lsa, o`sha mudhish kunni, xatoni aslo
takrorlamasdim..>>>
Просмотров: 637 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
ALIK-9009.02.2013 20:41
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Fevral 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz