SHERLAR.BIZ Shanba, 21.12.2024, 18:08
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 30
Mexmonlar: 30
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Mart » 17 » Qarg'ishga qolgan qiz(Hikoya)
05:50
Qarg'ishga qolgan qiz(Hikoya)
Men sizlarga bir qizning afsus
va nadomatlarini hikoya qilib
bermoqchiman.
<< Meni qarindoshlarimiz va
yaqinlarimizning hammasi
yomon ko`radi. Garchi o`zimga
aytishmasa-da, shunday
hisoblayman. Dunyoda sendan
nafratlanadigan kishilar
orasida, har laxzada joningni
o'rtab turguvchi vijdon azobi
bilan yashashdan ortiq iztirob
bormikin?...Eng yomoni,bunga
boshqalarning emas, o`zing,
faqat o`zing sababchi
bo`lsang!...
To`qqiz yoshimgacha o'tgan
kunlarimni entikib, sog'inch
bilan eslayman.chunki o'sha
kunlar - beg'am,betashvish,
beg`ubor damlarim edi.
Hammasi uyimizga mehmon
kelganidan boshlandi.
Tog`amning akam tengi o`g`li
biznikiga keldi. Bu paytda akam
bog`da ishlab yurgandi.
Kutilmagan mehmondan
shoshib qolgan onam ovqatga
unnashga ulgurmadi. Ayni
tushlik payt, hamma tushki
ovqatga kuni kecha dadamning
mehmondorchiligian ortgan
sho`rvani ichgandik. Akam esa
bo`g`dan kechqurun kelishi
kerak edi. Mehmon sabab, uni
chaqirib keldik.Chunki dadam
ishga ketgani uchun uyda
yagona erkak akam bo`lib
qolgan, qolaversa,
tog`avachcham ikkisi qalin
og`ayni edi.
- Ona, mehmon och ekan, men
ham ochqaganman, tezroq
boron nima bering,- dedi akam.
- Aksiga olib, tuxum qolmabdi,
qovurib berardim. Bir pas
kutsanglar biror yengilroq taom
qilaman, - dedi onam.
- E, yo`q, ovqatlanib bo`lib
bog`da ham ishla, ham
hangoma qilamiz. Sho`rvadan
qolmaganmi?
- Bor. Lekin sen birovdan ortgan
ovqatni ichmaysan-da o`g`lim.
Shu fe'ling nozik-da?
- Hozir ichaveraman. Yaxna
go`shtdan solib yuborib,
vassalom! - akam shunday deb
mehmonning oldiga chiqib
ketdi. Onam shorvali
qozonchani elektr plitaga
qo`yib dasturxon tuzatishga
ketdi.
- Bu paytda men oshxonada
edim. Opalarim biri uzatilgan,
biri soy bo`yida yalpiz terishga,
yana biri kutubxonadagi ishiga
ketgan, men esa maktabdan
kelib onamga yordamchi bo`lib
o`tirgandim. Onam bilan akam
sho`rvadan gap
ochishganidayoq ichim
shuvillab ketdi. Chunki...
Boya mehmon kelmasidan oldin
onam: << Ovqatdan ozgina
ortib qoldi, olib qo`ysak, bu
issiqda kechgacha ayniydi,
shusiz ham kechadan beri
teribdi, kechga kuchukka
berarmiz>> degandi. Bu
gapdan men hovliqib,yaxshilab-
tuyib maydalab qo`yganim
shisha parchalarini sho`rvaga
aralashtirib yuborgandim. Uni
jinimdan battar yomon
ko`radigan, yaqinda tuxumdan
chiqqan dum-dumaloq
jo`jalarimizni naq to`rttasini
yeb qo`ygan kuchugimizga
bermoqchi edim. Buni onamga
ayta olmadim.Yomon qilig`im
va yomon yomon niyatim uchun
dakki yeyishdan
cho`chigandirman. Bola
aqlimbu ishim yaxshi
emasligini, buning uchun butun
umr ta'naga qolishimni
fahmlamabdi. Yana
o`ylabmanki:< jichcha tosh chiqsa, darrov
sezishadi, buniyam sezib,
yemay qo`ya qolishadi...>>
Afsuski, ikki og`ayni onam g`ira-
shira oshxonadan suzib borgan
sho`rvaga non to`rg`ab,
suxbatga andarmon bo`lib,
kosaga qaramayancha-muncha
yeyishibdi.Dastlab
tog`avachcham sezibdi. Tishida
g`ichirlagan bir nimalarni olib
ko`rishga mezbondan andisha
qilibyeyavergan ekan, kosa
yarimlaganda qoshiqda qon
yuqi bor emish... Akamni
dadam: < yov quvayotganlar ham
senchalik shoshib yemaydi>>,
deb urushardilar. Xullas akam
tog`avachcham
ogohlantirganida kosani
bo`shatgan ekan.
Ikkisini shifoxonaga yotqizishdi.
Tog`avachcham tuzalib chiqdi.
Ammo yarimjon bo`lib qoldi.
Lekin akam… onam va
dadamning to`rt qiz ichida
yolg`iz o`g`li, go`dakligidan
ko`p kasal bo`lib kuydirgan,
sog`ligi nozikligi uchun ham
o`qishga ketmay yonimizda
qolgan akamni shu fojiadan
keyin ikki kun o`tib, tuproqqa
topshirdik…
O`shanda yaqinlarimning dod
solib yig`lagani, onam bilan
dadamning < kirgan bolam, kimning qasdiga
qolding?>> deb nola
chekkanlari hech xotiramdan
o`chmaydi. Buni qarangki,
<> odam sifatida
dadamdan, tog`avachchamdan
va bir qancha kishilardan
shubhalanishdi. Ular bir qancha
vaqt tergovga qatnashdi.
Musibat ustiga tashvish
dadamning sochini qorga
bo`yadi. Asl aybdor – men
o`zim iqror bo`lmadim, bu
voqealar dahshati tilimni
bog`lab qo`ygandi.
Odamlarning o`zlari haqiqatni
bilishdi. O`shanda onam umrida
birinchi marta qarg`adi, meni
yomon qarg`adi:
< qotili bo`ladigan bu qizbi
tuqqan kunimga lanat!>> Men
esa o`shanda
qilmishimdanko`ra ko`proq
onamning qttiq muomalasidan
qayg`urdim…
Vaqt ko`p narsalarga davo.
Lekin ko`ngil yarasiga, vijdon
azobiga davo davo
bormikan?...Qo`shnilarimiz
qarindoshlarimiz o`g`il
uylantirganda, to`yga aytib
kelganda unsiz yig`laydigan
onam, ellikka kirmay xassa
tayangan dadam hozir yorug`
dunyoda yo`qlar. Ikkala opam
< bo`lib uzatilardik>> armoni
bilan uzatilib ketishgan. Men
esa qishloqdan o`qish uchun
chiqib ketgancha shaxarda
qolib ketdim. Ishlayman toppish
–tutishim yaxshi… ammo
qarg`ishga, uvolga qolganim
uchunmi, baxtim ochilmayapti.
Olilasi but, akasi himoyasida
yurgan dugonalarimga havasim
keladi. Ko`cha- ko`yda akamga
o`xshagan yigitlarni ko`rsam,
ko`zimga yosh tizilaveradi.
O`zimni, kuchukka shisha
siniqlari qo`shilgan ovqat
berishni o`rgatgan sinfdoshimni
kechira olmayman.
Eh, qani endi umrni ortga
qaytarishni iloji bo`lsa, o`sha
mudhish kunni, xatoni aslo
takrorlamasdim..>>
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 833 | | Рейтинг: 5.0/29
Всего комментариев: 2
IFTIXOR_BEK17.03.2013 14:10
IFTIXOR_BEK17.03.2013 14:11
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz