Главная » 2014»Sentyabir»27 » Prezident qaroriga muvofiq Qurbon hayiti 4-oktabr kuni nishonlanadi
05:26
Prezident qaroriga muvofiq Qurbon hayiti 4-oktabr kuni nishonlanadi
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini e’lon qildi. Foto: uzboys.com O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: Muborak Qurbon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram – Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida”gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq: 1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 4-oktabr shanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2014-yil 4-oktabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin. 2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari va boshqa barcha mutasaddi idora, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin. 3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Toshkent shahri, 2014-yil 26-sentabr