Главная » 2012»Noyabr»15 » Oybek uylanmoqchi Nigora uning hotiniga juda achinadi
22:14
Oybek uylanmoqchi Nigora uning hotiniga juda achinadi
Oybek va Nigora juftligi hozircha shou- biznesimizdagi yagona muqim duet bo'lib turibdi. Ularga raqobatchi guruhlarning yo'qligi esa yoshlarni biroz taltaytirib qo'yganday... Har holda ijodlaridagi jo'shqinlik surati biroz pasayganday. Yo boshqa bir sababi bormikan? Keling, bunga quyidagi suhbat davomida javob topamiz. - Mana, ertadan keyin yangi yilning ilk tongini ham qarshilaymiz. Duetingiz 2012 yilga qanday prem'era hozirlamoqda? Yangilik qilish niyatingiz bormi? Nigora: Biz Xudo xohlsa, bir o'q bilan ikki quyonni urmoqchimiz. Yangi qo'shig'imiz klipini Yangi yil kechasida taqdim etamiz. Bu esa eski yilning so'nggi hamda yangi yilning ilk premerasi bo'ladi. Oybek: Faqat qo'shiq duet emas, trio tarzida ijro etiladi. Iste'dodli yosh xonandalardan Ja'farbek bilan ko'tarinki kayfiyatdagi "Yangi yil" nomli qo'shiq kuyladik. Nigora: Undan keyin yana bitta yangiligimiz bor, "disko-klub" yo'nalishidagi g'irt yoshlarbop qo'shiq tayyorlayapmiz. Agar rejamizda o'zgarishlar bo'lib qolmasa, uni keyingi oylarda taqdim etish mo'ljalimizda bor. - Bu yil ijodingizda nima uchundir "yarq" etib ko'zga tashlanadigan chaqnashlarni kuzatmadik. Buning o'ziga xos sabablari bormi?.. Nigora: Sababi - erinchoqlik (kuladi). Oybek: Yo'q, gap erinchoqlikda emas. To'g'ri, tan olamiz, esda qoladigan yangiliklarni qilmadik, lekin umuman ishlamaganga chiqarish ham insofdan emas. Yangi qo'shiqlar yozdik, kliplar suratga oldik. Endi omad degan gap ham bor-da. - Nigora, balki bunga sizning kino sohasiga qarab yaxshigina "burilganingiz"ning ta'siri bordir. Kino suratga olish ishlari kam vaqt talab etmasligini bilamiz... Nigora: Agar yakkaxon san'atkor bo'lganimda gapingizni tasdiqlardim. Ikki kishi bo'lganimiz bois siz aytgan muammoga hojat yo'q. Chunki men kinoda band bo'lgan paytlarim ham Oybek doim ijodiy izlanishda bo'ladi. Shu bois aktrisalik faoliyatimni bemalol davom ettirib kelyapman. Agar buning duetdagi ijodimizga salbiy ta'siri sezilganda, atrofimdagilar, ayniqsa, Oybekning o'zi birinchi bo'lib menga aytgan va e'tiroz bildirgan bo'lardi. - Odatda, o'zi ijodiy jarayon sizlarda qanday kechadi? Nigora: Qo'shiqlarimiz matni ustida ko'proq Oybek ishlaydi. Albatta, men ham o'z fikrlarimni bildirman. Umuman, ijodga bog'liq qanday masala bo'lmasin birgalikda bamaslahat hal qilamiz. Oybek: Bu jarayon albatta, silliq kechmaydi. Bir- birimiz bilan urishib- talashishdan tashqari, qo'shiq ustida ishlaydigan boshqa hamkorlar bilan ham qo'ldan kelgancha tortishamiz (kuladi). Shunday qilib, hammamizga ma'qul bir to'xtamga kelamiz. - Aksariyat hollarda oxirgi nuqtani kim qo'yadi? Nigora: Kimning fikri asosli bo'lsa va bunga boshqalarni ishontira olsa, o'sha qo'yadi. Muhimi, kerak paytda, bir- birimizga tan berib, yon bosishni bilamiz. - Nazarimda, Nigora, sizda o'z fikriga boshqalarni ishontirish qobiliyati Oybekka nisbatan kuchliroqqa o'xshaydi? Nigora: (miriqib kulib) To'g'ri topdingiz, ammo faqat hayotda, shaxsiy masalalardagina shunday. Ijodda bu qobiliyat Oybekda kuchliroq. Chunki u yetti o'lchab bir kesadi, menga o'xshab hayoliga kelgan fikrni shartta aytavermaydi. -- Oybek va Nigora agar alohida-alohida ijod qilishganda bugungi darajaga erishmagan bo'lishardi, deb o'ylovchilar ham topiladi... Oybek: Bo'lishi mumkin. Nigora: Men bu fikrga ham qo'shilaman, ham qo'shilmayman. Alohida ijod qilganimizda balki aksincha - bugungidanam ko'proq muvaffaqiyatlarga erisharmidik. Buni faqat Xudo biladi. - San'atda o'z muxlislaringiz va o'rningizni topishingizga sizlarni "kashf" etgan prodyuserlik markazining hissasini necha foiz deb bilasiz? Nigora: Ellikka-elik deb bilaman. Oybek: Agar hozirgi kunda, shou-biznesda reklamaning o'rni katta ekanini hisobga olib aytadigan bo'lsak, markazning hissasi yetmish foizdan ko'proq. Chunki ijod qilaman, ko'tarilaman degan iste'dodli yoshlar juda ko'p. Afsuski, moddiy mablag' muammosi tufayli ular yuzaga chiqa olishmayapti. - Rus tilida kuylagan qo'shig'ingizga saytlardan biri tomonidan sovuq fikrlar bildirildi... Nigora: Biz buni jiddiy qabul qilganimiz yo'q. Bildirilgan noxush fikrlar muallifi bilan o'zaro kelishmovchiligimiz bor. Agar o'qigan bo'lsangiz, u yerda shaxsiy fikr deb izoh ham kiritgan. Biz ham unga nisbatan o'z shaxsiy fikrlarimizni bildirib qo'ydik, qarab turganimiz yo'q. To'g'ri, hammaga birday yoqish qiyin. Qolaversa, bu qo'shig'imizga nisbatan ortiqcha salbiy fikrlar eshitganimiz yo'q. - Tanqidlardan tezda tushkunlikka tushib, ta'sirlanish qay biringizga ko'proq xos? Nigora: Juda ko'nglimga olib, tushkunlikka tushib qolmaymanu, bir muddat siqilib, o'ylanib yuraman. Lekin darrov esimdan chiqadi-ketadi. Oybek-ku, mutlaqo e'tibor bermaydi. Oybek: Ha, uncha-muncha ayovsiz tanqidlarni ham xotirjam qabul qilaveraman. Kerakli joyni olib, xulosa chiqaraman bo'ldi. O'ylab, siqilgandan nima foyda. - Konsert dasturingizni taqdim etish haqida o'ylamayapsizlarmi? Nigora: O'ylashga-ku o'ylaymiz, ammo bunga o'zimizni to'la tayyor deb hisoblamayman. Oybek: Men konsertni ijodiy bir hisobot deb bilaman. Hozirgi paytda taqdim etilayotgan konsert dasturlari faqat reklama uchun xizmat qilayapti. - Bilamizki, muxlislar orasida betamiz va tarbiyasizlari ham afsuski, uchrab turadi. Unaqalar ko'proq ayol san'atkorlarga xiralik qilishadi. Nigora sizda boshqa hamkasblaringizga nisbatan bu borada muammolar kamroq bo'lsa kerak... Nigora: Xudoga shukur, shunaqa paytlarda yonimda Oybekning borligidan xursand bo'laman. Oybek: Boshqa paytlarda- chi? Nigora: Boshqa paytlar unchalikmas (kulgu). Hazil. Oybek mening duetdoshim bo'lishdan tashqari men uchun ba'zi ma'suliyatlarni bo'yniga olgan javobgar shaxs ham hisoblanadi (yana kulgu). To'g'risi ham shu! Dadam Oybekka Nigoraning bir tola sochi to'kilsa, kallang bilan javob berasan deganlar. - Oybek, to'g'risini ayting, hozirgacha necha marta boshingiz bilan javob berishingizga to'g'ri keldi? Oybek: Shu paytgacha hali bunaqa holat bo'lmadi, birovga hafa qildirib qo'yganim yo'q. Nigora: Ha, to'g'ri. faqat o'zining hafa qilib turishini hisobga olmaganda. Lekin hafa qilguday bo'lsa, darrov oyimga aytib beraman. "Shoshma, Oybekni ko'ray bi-ir gapirib qo'yaman" deydilaru, eslaridan chiqib ketadi. - Ko'ryapman, tez-tez tortishib turarkansizlar. Lekin shunga qaramay, bir necha yildan beri ajralmasdan ishlab kelayotganingizga qoyil qolish kerak. Buning biron siri bormi? Oybek: Doim urushib- tortishsak ham bu holat hech qachon jiddiy tus olmagan. Sirga keladigan bo'lsak, ham ijodda, ham hayotda bir-birimizni tushunishga harakat qilamiz. Oxirgi paytlari to'y xizmatlariga borganimizda bizni davraga "Hatto haqiqiy oila, havas qilsa arziydigan juftlik" deb chaqirishmoqda. Besh yil davomida birga ajralmasdan ishlab kelayotganimizni ba'zi yosh oilalarga namuna ham qilib ko'rsatishmoqda. - Ha, lekin bu tarafdan sizlarni har qancha maqtasa arziydi. Nigora: Mening bilishimcha, ko'p hollarda guruhlarning uzoqqa bormay ajrashib ketishiga moddiy kelishmovchilik sabab bo'ladi. Bizni oramizda bu masalada muammo yo'q. Yuqorida Oybek aytganidek, tushunib, yon bosib ketaveramiz. Bundan tashqari, hamjihatligimizga atrofimizdagilarning ham o'rni katta. - Mana, besh yildan beri birga sizlar bir- biringizning salbiy va ijobiy jihatlaringizni yaxshi bilasiz. Ayting-chi, Nigora, agar Oybek uylansa, uning turmush o'rtog'iga qay jihatdan havas qilasiz va achinasiz? Nigora: Achinadigan tarafim, Oybek o'ta parishonxotir, bu jihatidan xotini anchagina jabr chekishi aniq. Qayerga borsa, albatta, bir narsasini tashlab keladi, qilaman degan narsasi yodida turmaydi, borishini kerak bo'lgan joy toki eslatishmaguncha xayoligayam kelmaydi. Xullas, xotirasi chatoq. Ammo Oybekka tekkan qizga havas qilish mumkin bo'lgan taraflari ham bor. Ko'ngli keng, uncha- munchaga jahli chiqmaydi. Dunyoni suv bossa to'pig'iga chiqmaydiganlar xilidan. Keyin mazali ovqatlar qilishni boplaydi. - Siz-chi, Oybek? Oybek: Kuyov bo'lmishga achinadigan tarafim, Nigoraning jag'idan unga to'zim bersin. Havas qiladigan tomonlari ham ko'pu, esimga kelmayapti... Nigora: Ana, aytdim-ku, xotirasi yaxshimas deb... Jurnalist o'rnida. Nigoraning Oybekka savollari: - Oybek, keyingi yilda sizni qanday imijda ko'rishimiz mumkin? Masalan, vazn tashlash deganday... - Nimaga sha'ma qilayotganingizni tushundim. Avvalo o'zimni unaqa semiz deb hisoblamayman. Shunday bo'lsa-da, doim vaznim oshib ketmasligi uchun bir narsalar qilib yuraman. Keyingi yilda meni ixcham bir qiyofada ko'rasiz deb ishontirishim ayta olaman. - Ayting-chi, va nihoyat mendan tashqari qachon boshqa san'atkor bilan ham duet kuylaysiz? - Anchadan beri bastakor xonanda Shahnoz bilan birga duet kuylashni o'ylab yuribman. Agar ular yo'q demasalar, Xudo xohlasa, kelayotgan yili buni albatta amalga oshiraman. - Shaxsiy hayotingizda qanday o'zgarishlarni rejalashtirayapsiz? - 2012 yilda uylanish niyatim bor. - O, mana buni o'zgarish desa bo'ladi. Kelinni men taniymanmi? - Taniysiz-taniysiz... Kimligini keyin o'zingizga aytaman. - Hozir plastik jarrohlik juda rivojlangan. Yuz qiyofangizdan biron joyingizni o'zgartirish haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? - Menimcha, basharam joyida. Hech qayerimni o'zgartirishga hojat bo'lmasa kerak. - Burningiz sal kattaroqday emasmi? - Yo'g'-e, agar kichraytirsam, g'alati ko'rinib qolsa kerak Oybekning Nigoraga savollari: - Kinoga suratga tushasiz, deylik rejissorlarga burningiz chetidagi xol yoqmasligi mumkin. Olib tashlang deb talab qo'ysa, nima derdingiz? - Hecham olib tashlamayman, sog'ligimga zarari bo'lishi mumkin. Qolaversa, buni grimm bilan yo'qotsa bo'ladi. Bir-ikki marta xalal berganda pardozchilar yo'lini topishgan. - Sochingizni sariqqa bo'yashga qiziqib ko'rganmisiz? - Sariqqa emasu, ochroq rangga bo'yab ko'rsammikan deyapman. - Siz faqat Oybekni semiz deb hisoblaysizmi yo o'zingizning vazningizdan ham shubhangiz bormi? (kulgu ko'tariladi) - Nozik joydan ushladingiz, qoyilman Oybek. Ozg'ingina emasdirman, lekin semi-i- iz ham emasman. Sal to'lachadan kelganman, xolos... - Mendan plastik jarrohga murojaat qilish haqida so'radingiz? O'zingizda shunday niyat bormi deyman? - Yo'q. Ba'zida burnim o'zimga qiyshiqroqday ko'rinadi. O'zgartirsammikan deyman, lekin darrov fikrimdan qaytaman. Keyin bo'yim juda past, agar iloji bo'lganda bo'yimni o'stirgan bo'lardim.