SHERLAR.BIZ Juma, 29.03.2024, 15:21
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Mart » 14 » Oqsoq qiz kundaligi Kutubxonadan chiqdim
18:59
Oqsoq qiz kundaligi Kutubxonadan chiqdim
Kutubxonadan chiqdim-u, oyim "barvaqtroq qayt" deb tayinlaganiga qaramay, universitet yaqinidagi hiyobonga qarab yo'l oldim. Havoda bahorning ilk kunlarining tafti sezilib turar, zamindagi mehrdan, oqibatdan ko'ngli to'lib, parqu bolishlarga yonboshlab olgan quyosh oltin sochlaridan zaminga ayamay nur sochardi. Bahorning ilk tashrifi aslida bodom gullari yoki boychechaklarda emas, insonlarning kayfiyatida sezila boshlaydi. Ukpar kaftlarida bir olam shodlik, quvonch keltiradi bahor… Hiyobon ichi har doimgidek salqin, odamlar siyrak. Faqat u yer bu yerdagi o'rindi? lardagina hiyobonning doimiy "a'zolari"- sevishganlar bir- birlariga termulgancha o'tirishardi. Ko'pincha darsdan keyin shu yerga kelaman. Kimsasiz, salqingina bu joyda kitob o'qish biram maroqli… Lekin bugun salgina o'zgacharoq bo'ldi. Xullas hiyobonga kirib, har doimgi joyimga borib o'tirdim. Sumkamni kavlab endigina kitobimni olishga tutingan edim ham-ki, shundoqqina oyoqlarim ostida yotgan qandaydir daftarga ko'zim tushdi. Birovniki tushib qoldimikan deb yon- atrofga alangladim. Hech kim yo'q. Qiziq, qanday daftar bo'ldiykin? Engashib asta qo'limga oldim. Qizil muqovali, umumiy daftar. Astagina ichini ochib razm soldim. Bir tekis husnixat bilan yozilganidan daftar qiz bolaniki ekanligi shundoqqina ko'rinib turibdi. Ko'zlarim bir- biridan ezgin satrlar bo'ylab yugurar ekan, bu daftar bugun kutubxonadan olgan kitobimdan ko'ra qiziqarliroq ekanligini his qildim. Satrlar mana bunday boshlangan edi. "29.01.2005 Bugun erta tongdanoq ko'kdan oppoq qor yoqib berdi. Yer-u ko'k bir zumda oq choyshab yopinib oldi. Tabiat ajoyibda… Zaminning ko'rimsiz, o'nqir- cho'nqir yerlarini ham, hushmanzara joylarini ham birday ko'radi. Birday oqlikka bo'yaydi. Faqt mening qalbim… Zulmat libosiga burkanganicha qolib ketaveradi… Kundalikjon, bugun sening bag'ringga ilk bor bosh qo'ydim. Ko'ksim to'la dard, kel, ularni senga to'kay, zora yengil tortsam. Men dunyoga nega keldim o'zi? Boshqalarday baxtli bo'lishga nahot noloyiq bo'lsam? Xozir necha yoshdaman? O'n sakkiz?! Eh… O'n sakkiz yosh… Umr bahori! Ayni o'ynab kuladigan, hayotning quvonchlaridan zavq oladigan yoshdaman. Lekin… Men bahorni his etmayapman! Bolaligim… Bechoragina bolaligim mening. Podsho bo'lolmadim bolalikda ham. Tengdoshlarga havas qilib ko'chaga chihar, birga o'ynagim kelardi-yu, ularga qo'shila olmasdim. Kim ham menday oqsoq qiz bilan dugona bo'lardi? Na yugura olmasam, na sakrog'ich sakray olmasam… Doimo yakkalanib, o'z- o'zimdan hafa bo'lib yurardim. "Nega meni bunday tuqqansiz?" deb har kun onajonimni qon qilganlarimchi? Meni bag'rilariga bosgancha unsizgina yiqlab qo'yaverardi onam sho'rlik. Yoshim ulg'aygan sari bog'chada ham, maktabda ham menga shu tahlit munosabat takrorlanaverdi. Goqida yolg'izlik shunday jonimdan o'tib ketardi-ki! Xusnim-ku yomon emasdi- ya… Yuqori sinflarga o'tganimda qomatim ham, xusnim ham kelishgangina bo'lib bordi. Biroq oqsoqligim sabab hech kim menga e'tibor qilmasdi. Shu qolimga ham boshqa qizlar singari pinhoniy orzularim bor edi meniyam! Bir kun kelib bir pahlavondek yigit meni sevib qolishini, oqsoqligimga ham qaramay bag'riga bosgancha meni uzoq-uzoqlarga olib ketishini istardim. Kulasizmi, kuyasizmi? Maktabni bitirgach tibbiyot kollejiga o'qishga kirdim. Maktabda zo'r berib o'qiganim foyda berdi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib oldim. Shukr, hozirgi dugonalarim juda yaxshi. O'zimni avvalgiday yakka moqov his etmayapman. Ular bilan suqbatlashib, dardlashib, birozgina bo'lsada o'zimni baxtlidek his etaman. Xa mayli, bugungisi yetar… Dars qilishim kerak. 01.02.2005 Bugun avtobusda bir yigit menga shunday tikilib qaradi… Bora-borgunimcha ko'zini uzmadi-ya… Bunchayam surbet bo'lmasa? Oqsoqligimni bilmaydi-da, bo'lmasa qararmidi… Darslarim juda ko'payib ketdi, kundalikka yozolmayapman. 03.02.2005 Ey Xudo! Men uni topdim! Shunchalik baxtlimanki, shu paytgacha hech o'zimni shunday baxtli his etmagandim. haligi "surbet"o'ziyam ikki kun meni tinmay ta'qib qildi. Bugun esa shartta yonimdagi bo'sh o'rindi?qa o'tirib oldi. O'tirib olgancha yuzimga tikilib qarayverdi. Toqatim- toq bo'lib - Tinchlikmi?!-deb so'radim qoshlarimni chimirib. Yigit shoshganidan tutilib qoldi. - Me… Men… Kechirasiz, bir odamga judayam o'xshar ekansiz. O'lay agar, ikki tomchi suvdek! Sizni birinchi bor ko'rganimdayoq sezdim buni! Shundan beri har kuni kuzataman… Yigitning birdan ko'zlari namlandi. Boshini egib oldi. qo'pol gapirganimdan juda xijolat bo'lib ketdim. qiziq kimga o'xshatdi ekan? Bekatimgacha qali ancha bor edi. Biroz ko'nglini ko'targim keldi - Kim ekan u, mening qiyofadoshim? -so'radim o'zimni quvnoq tutishga urinib. - U… Sevgan qizim edi… - Nima uchun "edi"? - U meni tashlab ketdi. - Boshqaga turmushga chiqdimi? - Koshkiydi… Boshqasiga turmushga chiqsayam roziydim. U… Bu dunyoni tashlab ketdi! Ko'nglim buzulib ketdi. Esiz, yarasini yangilab nima qilardim? - Kechiring… - Hech hisi yo'q, sizni ko'rib huddi Malikamni ko'rgandek bo'ldim. - Nima? Malika dedingizmi? Demak… Ismimiz ham bir qil ekanda! - Siz ham Malikamisiz? Buni qarang. Sizni menga Ollohimning o'zi yubordi. Malika! Bu ismni yana aytib chaqirayotganimdan shunday baxtlimanki! Sizdan bir narsa so'rasam maylimi? - Albatta! - Negadir bu qalati yigit menga yoqib qolgandi. - Keyingi bekatda bir hiyobon bor… Biz u bilan doim shu hiyobonda uchrashar edik. Agar yo'q demasangiz… - Mayli. Yigitning ko'zlari quvonchdan chaqnab ketdi. Biz keyingi bekatda tushib qoldik. Bilasizmi, u hatto mening oqsoq oyoqlarimga e'tibor ham bermadi! Shavkat! Shavkat ekan uning ismi! quvnoq, ko'rkam, kuchli!.. Nimalar deyapman o'zi? Menga nima bo'lyapti? Hiyobonda ikki soatlar aylandik. Keyin telefon nomerlarimizni almashdik. U albatta qo'ng'iroq qilishga va'da berdi. Men juda baxtliman! 04.02.2005 Uxlolmayapman… Nega qo'ng'iroq qilmadi? Balki… O'zi nega ajablanyapman? Tag'inam oqsoqligimni ko'rgan zaqoti burilib ketib yubormadi- ku? Yana qo'ng'iroq ham qilsinmi? Yeh… Men bo'lsam nimalarni orzu qilib yuribman. Uxlash kerak… 05.02.2005 Tong saharlab telefon jiringladi. O'zi kechasi uxlolmay chiqqanimdan boshim shunday og'riyaptiki! Shunday shirin uy?umni buzgan yaramasni qarg'ab- qarg'ab telefonni ko'tardim. - Allo! - Kechirasiz… Bu Malikalarning uyimi? - Yo'q qo'shnilarniki! -dedim jaql bilan. - Malika, bu sizmi? - Ha, o'ziman, kim bu kallai saharlab?! - Men… Men haligi… Shavkatman. Yuragim qaerdaydi? Tushib ketdi chog'i… Voy Xudoyim, yer yorilmasa kirib ketmasam. Men aqmoq nimalar dedim-a?! - Sizmidingiz… Assalomu aleykum! Uzr biroz… - Hech hisi yo'q. Ikki kundan beri sizni o'ylayman, Malika, tuni bilan uxlolmay chiqdim. Tongning otishi biram qiyin bo'ldiki, sizni bezovta qilib qo'yishni o'ylamay qo'ng'iroq qilib yuboribman. - Bezovta qilmadingiz! O'zim ham…-U yog'ini aytishga, "qo'ng'iroqingizni kutayotgandim" deyishga uyaldim. Lekin u huddi sezgandek - Rostdanmi?! -dedi. - Agar… Ilojingiz bo'lsa, bugun uchrashsak, o'sha, avvalgi joyda. - Albatta! -shunday dedimu duv qizarib ketdim. - Soat 3 da ilojingiz bormi? - Harakat qilaman. - Kutaman. Go'shakni qo'yishga qo'ydim- u, yuragim huddi qafasidan chiqib ketayotganday urayotganini his qildim. Nima kiysam ekan? 06.02.2005 Kechadan beri o'zimga kelolmayman. Ko'zimni yumganim zaqot, kechagi uchrashuv ko'z oldimga kelaveradi. O'z vaqtida, hatto salgina ilgariroq yetib bordim u yerga. Chinor daraxtining ostida, qo'llarida bir dasta oppoq atirgulllarni ushlagancha kutib turgan ekan. Meni ko'rib yosh boladay sevinib ketdi. - Kelmaysiz deb o'ylagandim. - dedi jilmayib - Nega endi? Do'st tutingan bo'lsak, bundan buyon tez-tez uchrashib turamiz! Shundaymi? - Albatta! -shunday dediyu, biroz o'ylanib qoldi. - qiziq, gapirishingiz,, quvnoq fe'lingiz, barisi mening Malikamga o'xshab ketarkan… - Rostmi? - Rost… Faqat taqdiringiz o'xshamasin iloqim. Uni chalqitish maqsadida - Yuring, aylanaylik! -dedim quvnoqlik bilan. - Xo'sh, Malikam, buyursinlar, qaerga boramiz! - Ochiq fazoga! - Amringizga muntazirman! U qo'llarini ko'ksiga qo'yib ta'zim qildi. Ikkalamiz ham kulib yubordik. Kun juda maroqli o'tdi. Hiyobon ham, undagi darxtlar ham juda go'zal edi. Kechgacha aylandik o'ziyam. Menga oilasi haqida so'zlab berdi. Aytishicha badavlat oilaning kenja farzandi ekan. Mendan ham oilam haqida so'radi. Mening oilam o'rtaxolgina edi. Otam qimorga berilgan, yutqazib qo'ysa uydagi qo'liga ilingan narsani olib chiqib sotib yuboradigan odam edi. Mushtipargina onam esa, boriga qanoat qilib yo'qni yo'ndirib yashab kelayotgan ayol… Men unga bular haqida aytmadim. Negadir… Nomus qildim. Tavba, u bilan atigi ikki marta uchrashgan bo'lsakda, huddi ming yillik qadrdonlarday tutardi o'zini… hayrlashayotib qo'llarimni bir zum tutib turdi. Men ham tortib olmadim. Bechora, uyalgandek qizarib ketdi. - Ko'rishamiz-a? -dedi yerga qarab. - Nasib etsa… qo'llarimni asta sug'urib olib, uyga qarab yugurib ketdim. Kaftlarim o't bo'lib yonardi go'yo… Onamga dugonamnikiga boraman degandim. qavotirlanib kutib turgan ekanlar. Chopib borib yuzlaridan o'pib qo'ydim. Onajonim doim mayus yuradigan qizlaridagi bu o'zgarishni ko'rib hayron edilar. Mening esa tinmay sakragim, baqirgim, raqsga tushgim kelardi. hatto… Oqsoqligim ham yodimdan ko'tarilibdi! 10.02.2005 Kundaligimga yozmaganimga ham to'rt kun bo'libdi. Nimaniyam yozay? har kunim shodlikka, baxtga to'la bo'lsa! Yana yonimda Shavkatday do'stim bo'lsa. Do'st… uni chindanam do'stdek ko'ramanmi? Balki… 15.02.2005 Bugun Shavkat bir joyga taklif qildi. Yaqin do'stining tug'ulgan kuni ekan. Yo'q deyolmadim. Ko'zguning qarshisida turibman-u, negadir hech borgim yo'q… Begona odamlar bo'lsa… Men nima qilaman u yerda? Mayli… Borsam boraqolay, yana Shavkat hafa bo'lmasin… 17.02.2005 Qaerdanam bordim o'zi? Bekorga oyog'im tortmagan ekan. Eslasam o'z-o'zimdan uyalib ketyapman. Allaqanday ko'chalardan yurib, eskiroq bir domning uchinchi qavatiga ko'tarildik. Shavkat negadir eshikni o'z kaliti bilan ochdi. Ajablanib - Do'stingiz bu yerdamasmi? - deb so'radim. - Do'stim… hozir keladi. Bozor- o'char qilgani chiqib ketgandi. -Shavkat negadir juda shoshardi. O'zini g'alati tutyapti. Birov majbulagandek ichkariga kirdim. Eskigina ikki xonali uy. Tug'ulgan kun bo'layotganga sirayam o'xshamaydi. Ichkari xonaga kirishimizni bilaman birdan… U yogini yoza olmayman… Shavkat ko'zlarimdan oqayotgan yoshni zo'r berib to'xtatishga urinardi. Nimalar deb ovutgani esimda yo'q. Ertaga sovchi yuboraman dedimi, to'y qilamiz dedimi? Uyga qanday yetib oldim bilmayman… 19.02.2005 Bugun yaxshilab tayyorgarlik ko'rayapman. Shavkatning oyisi kelishi kerak. qanday yaxshi! Men bo'lsam undan shubhalanib yuribman-a! Zo'r berib stol bezatayotganimni ko'rgan onam - qizim, kimdir keladimi? -deb so'rab qoldilar. - Birov kelishi shartmi oyi? O'zimiz ham bir bayram qilaylik! Onamga sir boy bermadim. Uyalaman aqir… 20.02.2005 Kecha kechgacha kutdim sovchilarni. Balki biror ishi chiqib qolgandir oyisini? Bugun bo'lmasa ertaga kelishar… Ahir Shavkat va'da bergan- ku! 23/02.2005 Shavkat qo'ng'iroq qilmayapti… O'ziniki o'chiq… Tinchlikmikin ishqilib? qaerda bo'lsa ham sog' bo'lsa bo'lgani… Onam "o'zgarib qolding qizim, kasal emasmisan, biror darding bo'lsa ayt!" dedilar. qanday aytaman… Davimi bor...
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 693 | | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz