Men qilgan xatoni boshqa qizlar qilishini hohlamadim. Bir paytlar xuddi hozirgidek yorug' dunyoni ko'rishga zor edim. Tug'ma ko'r bo'lganim tufayli osmonni quyoshni gullarni vaholanki onamning, otamning chehrasini ko'rishga mushtoq edim. O'zimni qoshlarimni, sochlarimni xatto qanday ko'rinishda ekanimni tasavvur qilolmasdim. Gohida qayergadur urilib qoqilib ketsam og'riqning hamda alamning zarbidan baqirib yig'lardim va mushtipar onamga nega meni bunday tug'gansiz deya baqirar edim. Shunday holatlarda onam meni bag'riga bosib so'zsiz yig'lar edilar. Bir kuni otam kuchli hayajon bilan yurtimizda Yevropadan shifokor kelganini u ko'z jarrohi ekanini donerlik yordamida ko'zlarga nur ato etishi haqida aytdilar. Shu gaplarni eshitar ekanman qalbimda qandaydur ishonch uyg'ondi. Ertasi kuni ertalabdan shifokor huzuriga otlandik. Mendan qon olib qandaydur tekshiruvlar o'tkazishdi. Ma'lum vaqt o'tgach meni shifokor huzuriga chaqirishdi. Bir erkak kishi qandaydur tilda bir ayolga nimalardir dedi u ayol esa bizga "Qizingizning qon guruhi noyob bo'lib u faqat o'z guruhidan qon ola-oladi. Bunday qon guruhi juda kam insonlarda uchraydi shunga sizni ro'yhatga kiritdik shunday doner uchrashi bilan chaqirtiramiz deb aytdi. Allaqanday g'amginlik bilan shifokor huzuridan chiqdik. Oradan chamasi 7 kun o'tdi. Meni yana shifokorga olib borishdi, nimalardur qilishdi nimalardur kiydirishdi va ukol qilishdi men uxlab qoldim . . . Uyg'onganimda ko'zim atrofida og'riq xis qildim ammo o'sha-o'sha Zulmat . . . Menga qandaydur ukollar qilishardi dorilar ichardim. Oradan kunlar o'tib oldimga bir ayol kelib ko'zimdan bintni bugun yechish kerakligini aytdi. Men faqat shundagina yorug' dunyoni ko'rishimni bildim. Asta sekinlik bilan ko'zimdagi bintlarni yechishdi. Men yorug' dunyoni ko'rdim otam shifokorlar negadur onam ko'rinmasdilar. Negadur otamning ko'zlarida yosh edi. Keyin bilsam mushtipar onam men dunyoni ko'rishim uchun ko'zlarining nurlaridan voz kechibdilar. Men qattiq quvonganim tufayli vijdon azobi aytarli darajada qiynamadi. Quvonchimiz uzoqqa cho'zilmadi Otam menga ko'r ayol kerak emas deya bizni tashlab ketdilar. Men onamning ish joyida shifoxonada farrosh bo'lib ishlay boshladim. Bir kun ishdan qaytayotganimda oldimga bir bola yugurib keldi, men qo'rquvdan to'xtab qoldim u to'satdan meni bir ko'rishda sevib qolganini iltimos hech bo'lmasa ismimni aytishimni so'radi. Men Odina deb aytdim biz yo'l-yo'lakay gaplashib ketdik. Negadur u menga yoqib qolgandi. Shu shu u bilan har kuni ko'risha boshladik. Bir kuni u meni bir uyga olib bordi, bu uning uyi ekanini shunchaki kirib choy ichishini aytdi. Men rozi bo'ldim. Va shu kuni unga ixtiyorimni topshirdim. Bu ish menga yoqib qoldi. Gohida baribir onam ko'rmaydilar-ku deya u bilan uyda ham shu ishni bajarardik kunlarning birida u menga to'satdan uni tinch qo'yishimni aytdi. Shu kuni tungi chamasi soat 21:00lar edi. Men moshina yo'lida yig'lab borar edim. Shu payt oldimga bir moshina kelib to'xtadi adashmasam 40 yoshli kishi edi. U menga uyimga olib borib qo'yishni taklif qildi. Alam g'azab bilan moshinani old o'rindig'iga o'tirdim. Suxbat mobaynida meni qaxvaga taklif etdi. Men rozi bo'ldim yo'l bo'yida kulib suxbat qurib ketayotganimizda avto halokatga uchradik. Ko'zimni ochganimda negadur menga tanish Zulmatni his etdim. Shifokor menga boshqa ko'rolmasligimni aytdi. Ming afsuski onamning ko'zlarini asray olmadim.