GO'DAKNI DILIDADI GAPLARI!!! 5 oktabr_Bugun men yaraldim, lekin ota onam bundan bexabar. Men juda kichkinaman xatto olma urug'idan ham kichkina. Nima bo'lganda ham men borman va buni hech kim inkor eta olmaydi. - 15 oktabr_ Biroz kattargan bo'lsamda harakat qiladigon ahvoldamasman. Onam qalbini shundoqqina pastida joylashib olganman. -22 oktabr_Og'zim shakllana boshladi, bir yildan keyin men ham mazza qilib kuladigon bo'laman, tilga kiraman. Kim endi meni mavjud emas deya oladi. Nonning ushog'i ham nonda to'g'rimi? - 27 oktabr_Yuragim ura boshladi, bundan keyin umrimni oxirigacha dukkillab urib turadi. Uni zavqu shavqqa to'ldiraman hali. - 12 noyabr_Barmoq chiqara boshladim. Xali ular bilan sochimni tarayman gullar teraman. Men sizga bir sirni ochay men qizbolaman. - 20 noyabr_Bugun onam do'xtirga bordi. Borligimni bilib rosa sevingan bo'lsangiz kerak-a oyijon! Yaqinda meni qo'lingizga olasiz, erkalatasiz. - 13 dekabr_Endi atrofga bemalol qarayapman, faqat qorong'u joydaman xolos. Ammo baribir baxtiyorman yaqinda dunyo yuzini ko'raman. - 24 dekabr_Onajon! Men juda sog'lom qizcha bo'laman. Tezroq dunyoga kelishni, bag'ringizda maza qilib uxlashni xoxlayman. - 28 dekabr_ Onajonim do'xtirga keldi. Voy nimalar deyapsiz onajon? Rizqni Olloh beradiku! - 29 dekabr_Ex onajonim, nega tug'ilishimni istamayapsiz? Nega jajji qo'llarim bilan yuzingizni silashimni, sizga erkalanishimni xohlamayapsiz? Afsus... Ox! Badanim og'riyapti! Juda qattiq og'riyapti. Meni qutqaring, onajon!... Onaaa joon.