Главная » 2013»May»19 » "ОЙСАРА ОПАНИНГ "КУЁВИ" ВОДИЙДА: БИР ЯРИМ МЕТРЛИК АЙИҚ, 30 МЕТРЛИК ХАТ ВА БИР СОАТЛИК ЭСДАЛИК УЧУН СУРАТ!
00:19
"ОЙСАРА ОПАНИНГ "КУЁВИ" ВОДИЙДА: БИР ЯРИМ МЕТРЛИК АЙИҚ, 30 МЕТРЛИК ХАТ ВА БИР СОАТЛИК ЭСДАЛИК УЧУН СУРАТ!
Jasur Umirov Adijonga tashrif buyurib, 3 kun mobaynida muxlislar qurshovida qo`shiqlarini kuyladi. Konsertlar 15-may kuni Xonabod Qorasuvda, 16-may kuni Paxtabod Asaka va 17-may kuni Andijon shahri A.Navoiy amfiteatrida bo`lib o`tdi. Andijondagi konsertida kutilganidan ham ko`p tomoshabinlar keldi. Konsertni "Ovchilar” deb nomlanga qo`shiq bilan boshlab jami 19 ta qo`shiq kuyladi. Shulardan "Ko`zlaringda yosh”, "Kechir”, "Oysha”, "Hanifa”, "Hay bola” kabi qo`shiqlarni olqishlar bilan qarshi olishdi. "Daryolar bo`yida”, "Odamlarning to`yida” va "Jumagul”ning naqoratlarini Umirov barcha muxlislari bilan jonli ijroda kuyladi. Eng shov-shuvlisi xonandaning vodiyga atab qo`shiq aytgani bo`ldi! Muxlislar o`rnidan turib, qo`llarini baland ko`tarib bu qo`shiqni tinglashdi. Sovg`alarning kutilmagani, naq 1.5 metr keladigan ayiq va 30 metr keladigan xat bo`ldi. Gullarning esa sanog`i yo`q! "Og`ri” haqida kuylayotgan Jasurga xuddi shu ta`rif muxlisalardan qaytdi! "Jumagul” jo`r bo`lib so`ralganida, u boshqacha yo`l tutdi: yangi xiti "Odamlarni to`ylarida” degan qo`shig`ini sovg`a qildi! Jasur Umirov muxlisparvar ekanligini isbotladi. Afrosiyob mehmonxonasiga kelib, deyarli 1 soat davomida muxlislari bilan suratga tushdi. 22:10da Farg`ona viloyatiga jo`nab ketdi.