Главная » 2014»Oktyabr»13 » Odessada rashk tufayli bir ayolni burdalab tashlashdi
08:14
Odessada rashk tufayli bir ayolni burdalab tashlashdi
Ukraina janubidagi Odessa shahri huquqni muhofaza qilish organlari Kanatnaya va Panteleymonovskaya ko‘chalari kesishmasidagi axlat qutisidan topilgan boshi, oyoq va qo‘llari yo‘q ayol qotilligiga daxldor deb hisoblanayotgan gumondorlar — 42 yoshli erkak va uning 46 yoshli turmush o‘rtog‘ini qo‘lga oldi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda. Viloyat ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, gumondorlarni aniqlashda xonadonma- xonadon olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari va mahalliy aholining so‘roq qilinishi yordam bergan. Qo‘lga olinganlar xonadonidan esa bolta topilgan. “Halok bo‘lgan ayol mazkur oilaning tanishi bo‘lgan va ularnikiga xonadon erkagining taklifi bilan tashrif buyurgan. Ziyofatdan so‘ng, uy bekasi rashk tufayli mehmon bilan urushib qolgan. Ikki o‘rtada janjal sodir bo‘lib, mezbon ayol raqibasiga bolta bilan zarba bergan”, — deyiladi IIV xabarida. Qo‘shimcha qilinishicha, rashkchi mezbon bir necha bor pichoq ham sanchib olgan. Jinoyat izlarini yashirish maqsadida gumondor ayol halok bo‘lgan shaxsni burdalab tashlagan. So‘ng tana, oyoqlar, qo‘llar va boshni axlat paketlariga solib, bir necha axlat qutisiga tashlagan. Sodir bo‘lgan voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.