Главная » 2014»Fevral»13 » O‘zbekistonliklarning 29 foizi telefonini har yili almashtiradi
07:51
O‘zbekistonliklarning 29 foizi telefonini har yili almashtiradi
Uyali aloqa qurilmalari va operatorlar yangiliklari haqida ma’lumotlar berib boruvchi MobInfo.uz sayti navbatdagi so‘rovnoma yakunlarini e’lon qildi. Unda saytga kiruvchilarga “Siz uyali telefon/smartfoningizni qanchalik tez-tez almashtirib turasiz?” deya savol berilgandi. Natijalarga ko‘ra, so‘ralganlarning 29 foizi telefonini har yili almashtirib turadi. 26 foizi esa har ikki yilda bir marta yangi telefon olishini ma’lum qilishgan. So‘rovnomada qatnashganlarning 18 foizi har uch yilda, 16 foizi esa har to‘rt yilda bir marta telefonini almashtirib turishi aniqlandi. Ishtirokchilarining 11 foizi bo‘lsa har yili ikki marta yangi telefon sotib olishini bildirgan.
So‘rovnomada jami 503 kishi ishtirok etgan.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bozorida har yili ikki millionta yangi uyali aloqa qurilmasi sotiladi. 2013-yil oxirida mamlakatdagi uyali aloqa abonentlari 19 millionga yetgan. Hozirda o‘rta hisobda har oilaga uchta mobil telefon to‘g‘ri kelmoqda, deb yozadi MobInfo.