Главная » 2014»Mart»31 » O‘zbekistonda 2017/2018-o‘quv yilidan bir nafar o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni cheklanadi
16:19
O‘zbekistonda 2017/2018-o‘quv yilidan bir nafar o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni cheklanadi
O‘zbekiston Respublikasi hukumati 2008-yil 1-avgustda qabul qilingan “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.
Unga ko‘ra, 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni cheklangan normativlari 1:12,5 nisbatida belgilanadi.
Avval qarorda ushbu cheklangan normativlarni 2014/2015-yildan e’tiboran joriy etish ko‘zda tutilgan edi.