Статистика |
Hozirda saytda: 3 Mexmonlar: 3 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Yanvar » 5 » O'zbekistonda 1 yanvardan benzin,narxlari ko'tarildi
06:30 O'zbekistonda 1 yanvardan benzin,narxlari ko'tarildi |
O'zbekistonda 1 yanvardan benzin narxlari ko'tarildi 2013 yil 1 yanvardan O'zbekistonda avtomobil yonilg'isining narxlari ko'tarildi. Benzin narxi 40 so'mga qimmatladi. Yonilg'i narxlarining ko'tarilishi jismoniy shaxslarning benzin iste'moli uchun olinadigan soliqning oshishi bilan bog'liq, yangi yildan u bir litri uchun 200 so'mdan 240 so'mga oshdi. 2013 yil 1 yanvardan Ai-80 markasidagi benzinning bir litri 1605 so'mdan 1645 so'mga, Ai-91 benzini – 1770 so'mdan 1810 so'mga ko'tarildi. Endi avtoishqibozlar Ai-95 markasidagi bir litr benzinni 1995 so'mga sotib olishlari mumkin. Bundan oldin ushbu markadagi bir litr yonilg'i 1955 so'm turardi, deya xabar beradi UzDaily . Oxirgi bor O'zbekistonda avtomobil yonilg'isining narxlari 2012 yil 1 yanvarda oshgandi. O'shanda narxlar 25 so'mga qimmatlagan.
|
Категория: Dunyo xabarlari |
Просмотров: 1197 |
| Рейтинг: 5.0/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|