SHERLAR.BIZ Shanba, 21.12.2024, 20:42
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Yanvar » 5 » O'zbekistonda 15 mingga yaqin yo'nalishsiz taksi yangi qoidalarga javob beradi
08:57
O'zbekistonda 15 mingga yaqin yo'nalishsiz taksi yangi qoidalarga javob beradi
Bugungi kunda 15
mingga yaqin
avtotransport vositasi
talab doirasida
jihozlangan.
Shuningdek, yo'nalishsiz taksilar uchun 230 ga
yaqin maxsus to'xtab
turish joylari qurilib
foydalanishga
topshirilgan. Bu haqda O'zbekiston
avtomobil va daryo
transporti agentligining
bo'lim boshlig'i Tohir
Jamolxodjaev
“Yo'nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish
borasida amalga
oshirilgan ishlar
natijalari, yutuqlar va
rejalar” mavzuida
o'tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum
qildi. Uning so'zlariga ko'ra,
mamlakatda yo'nalishsiz
taksilar faoliyatini
tartibga solish bilan
bog'liq islohotlar,
jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil
18 maydagi "Yo'nalishsiz
taksilar faoliyatini
tartibga solish chora-
tadbirlari to'g'risida"gi
139-sonli qarori aholiga sifatli va xavfsiz taksi
xizmatini tashkil etish
maqsadiga qaratilgan.
Ushbu qaror bilan
taksilar uchun yagona
tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil
etishga qo'yiladigan
talablar to'g'risidagi
nizom tasdiqlanib, unda
O'zbekiston hududida
faoliyat ko'rsatadigan taksilarning tashqi
ko'rinishi va ichki
axborot jihozlanishiga
doir, shuningdek, taksi
haydovchilariga
qo'yiladigan yagona talablar belgilandi. Yagona tanish belgilari
transport oqimida
avtotransport
vositasining ajralib
turishini va tanilishini
ta'minlash uchun mo'ljallangan bo'lib,
yo'lovchilarni taksida
tashish bilan
shug'ullanuvchi barcha
tashuvchilar uchun
majburiy hisoblanadi. Qaror ijrosini ta'minlash
doirasida, eng avvalo,
aholiga va
tashuvchilarga mazkur
hujjatning mazmun-
mohiyatini etkazishga qaratilgan tadbirlar
o'tkazildi —
respublikaning barcha
shahar va tumanlarida
avtokorxonalarning 44
mingdan ortiq rahbar va haydovchilari
ishtirokida 720 dan ortiq
seminar-yig'ilishlar,
uchrashuvlar o'tkazildi,
50 mingdan ortiq
tushuntirish beruvchi bukletlar tarqatildi,
ommaviy axborot
vositalari orqali
ko'rsatuv va
eshittirishlar tashkil
qilindi, gazeta va jurnallarda maqolalar
chop etildi, Agentlikning
veb-saytida shu
masalaga oid
ma'lumotlar berib
borilishi yo'lga qo'yildi. Jihozlanmagan va
litsenziyaga ega
bo'lmagan holda
noqonuniy “kirakashlik”
bilan
shug'ullanayotganlarga nisbatan qonun doirasida
choralar ko'rish
maqsadida 2012 yilda
O'zbekiston Respublikasi
IIV YHXBB va Davlat
soliq qo'mitasi bilan birgalikda 3979 ta
qo'shma reyd o'tkazilib,
aniqlangan
qoidabuzarliklar
bo'yicha hujjatlar
rasmiylashtirilgan va tegishli jazo choralari
ko'rish uchun soliq
organlari taqdim etilgan.
Natijada, 41377 ta
qoidabuzarlik bo'yicha
5661,0 mln. so'm jarima undirildi. Ayniqsa, avtotransport
xizmati ustidan jamoat
nazoratini o'rnatishda
Agentlik tomonidan
joriy etilgan “SMS orqali
ma'lumotlar bazasi bilan aloqa” interaktiv
xizmati juda qo'l
kelmoqda. Tabdirda
ta'kidlanishicha, qaror
ijrosini ta'minlash
borasida Samarqand
viloyatida amalga
oshirilayotgan ishlar alohida e'tiborga molik
bo'lib, viloyatida
belgilangan talablar
asosida jihozlangan
yo'nalishsiz taksilar soni
bugungi kunda deyarli 2,5 mingtaga
yaqinlashgan. Shu bois
Agentlik tomonidan
Vazirlar Mahkamasi bilan
kelishilgan holda 2013
yilning birinchi yarim yilligida Samarqand
shahrida namunaviy
seminar-yig'ilishni
o'zkazish va Samarqand
viloyati tajribalarini
respublikadagi boshqa viloyatlarda ham keng
joriy etish
rejalashtirilmoqda.
Ushbu seminar-
yig'ilishga barcha
viloyat hokimlarining o'rinbosarlari,
tashuvchilar rahbarlari
va matbuot vakillarini
jalb etish
rejalashtirilmoqda. Shu kuni tadbirda
Agentlikning turli
yo'nalishlar bo'yicha
mutaxassislari, boshqa
mutasaddi idoralar
vakillari ham ishtirok etib, jurnalistlarni
qiziqtirgan savollarga
batafsil javob berdilar,
deya xabar beradi
O'zbekiston avtomobil
va daryo transporti agentligining axborot
xizmati.
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 1165 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
Sayt_Malikasi07.01.2013 07:10
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz