Главная » 2014»Fevral»24 » O‘zbekistonda 11 ayolning joniga qasd qilgan jinoyatchilar umrbod qamaldi
11:49
O‘zbekistonda 11 ayolning joniga qasd qilgan jinoyatchilar umrbod qamaldi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i Azizbek Nazarov “Huquq” gazetasidagi maqolasida bir yil avval katta shov-shuvga sabab bo‘lgan sud jarayoni haqida ayrim tafsilotlarni oshkor qildi. Bu haqda 12news.uz xabar beradi.
Nazarov jinoyatchilarning ismlarini oshkor qildi. Uning aytishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi va O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi qotillik jinoyatida ayblangan Abduseit Ormanov va Po‘lat Pardaliyevlarni umrbod ozodlikdan mahrum etdi.
“Ikki shaxs 2011—2012 yillarda Toshkent shahri va viloyatida 7 nafar, Qozog‘iston Respublikasi hududida esa 4 nafar – jami 11 ayolning joniga qasd qilgan. Ikki qotil ‘Mersedes-Bens C180’ avtomobilida taksichi qiyofasida yurib, yolg‘iz ayollarni kimsasiz joyga olib borib zo‘rlagan, so‘ng o‘ldirib, ularga tegishli qimmatbaho buyumlarni o‘zlashtirgan. Ushbu jinoiy ish yuzasidan 2000 dan ortiq shaxs guvoh tariqasida so‘roq qilingan, 500 dan ortiq ‘Mersedes-Bens’ egalari jinoyatga aloqadorlik yuzasidan tekshirilgan, uyali aloqa operatorlariga qarashli 50 mingdan ortiq raqam tahlil qilingan”, — deydi prokuratura xodimi.