SHERLAR.BIZ Shanba, 20.04.2024, 14:51
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Noyabr » 1 » O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100yilligi nishonlanadi
08:50
O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100yilligi nishonlanadi
31-oktabr, juma kuni O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston xalq
shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash
to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni
O‘zbekiston Milliy axborot agentligida e’lon
qilindi.
Zulfiya. Foto: Samarkandnews.uz
Hujjatda shoiraning o‘zbek tilida “Saylanma”
asarlarini, ingliz va qoraqalpoq tillariga tarjima
qilingan she’riy to‘plamlarini, “Zulfiya
zamondoshlari xotirasida” kitobini chop etish,
Zulfiyaning hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli
film yaratish belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi
Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot
institutida “Mustaqillik davri adabiyotida Zulfiya
ijodining ahamiyati” mavzusida ilmiy
konferensiya, 2015-yil martida esa “Turkiston”
saroyida shoira xotirasiga bag‘ishlangan ijodiy
kecha o‘tkazish tadbirlari ko‘zda tutilgan.
Qarorda qayd etilishicha, Zulfiya tavalludining
100 yilligini nishonlash taklifi Yozuvchilar
uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi,
Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Xotin-
qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YoIH va jamoatchilik
vakillaridan chiqqan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya
1915-yil 1-mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan
(1996-yil avgustida, 81 yoshida vafot etgan).
Категория: O'zbek yulduzlari | Просмотров: 987 | | Теги: O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tav | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz