SHERLAR.BIZ Payshanba, 25.04.2024, 01:46
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 14
Mexmonlar: 14
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Noyabr » 20 » O'zbekiston Gonkongni mag'lub etib, OK-2015 yo'llanmasini qo'lga kiritdi
20:45
O'zbekiston Gonkongni mag'lub etib, OK-2015 yo'llanmasini qo'lga kiritdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi saralashida Gonkongga qarshi safarda maydonga tushdi va g'alabaga erishdi. Ushbu g'alaba O'zbekiston terma jamoasiga Osiyo Kubogi yo'llanmasini naqd qilishi uchun yetarli bo'ldi.

Uchrashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari tashabbusga ega bo'lsalarda, birinchi bo'limda hisobni ocha olmadilar. Bo'limning eng e'tiborli voqeasi esa, 45 daqiqada bo'ldi. Yo'q, yo'q, terma jamoamiz gol ura olmadi, shunchaki o'sha daqiqada Sardor Rashidovga nisbatan qo'pollik ishlatgan Cheun Kin Fung qizil kartochka olib, maydondan chiqarib yuborildi. Xuddi birinchi uchrashuvda bo'lgani singari bunisida ham gonkongliklar bir kishi kam bo'lib qoldilar.

Shundoq ham himoyada o'ynayotgan va to'pga 27 foiz holatdagiga egalik qilib turgan raqib bir kishi kam bo'lib qolgach ikkinchi bo'limda tamoman himoyaga yotib oldi. Terma jamoamiz futbolchilari tomonidan paydar-pay tepib turilgan to'plar esa darvozabonga kamdan kam holatlardagina yetib bordi, barcha zarbalar yo'liga Gonkong himoyachilari qalqon bo'lardilar. Aksincha, kutilmaganda 81 daqiqada gonkongliklar gol urib qo'yishlari ham mumkin edi. Yaxshi hamki Eldorbek Suyunov sovuqqonlik bilan harakat qildi va o'ta xavfli vaziyatda jamoamizni qutqarib qoldi.

Aftidan bu vaziyat terma jamoamiz futbolchilari uchun ogohlik qo'ng'irog'i bo'lib xizmat qildi. Nihoyat 83 daqiqada Gonkong darvozasiga gol kiritildi. Islom To'xtaxo'jaev himoyada o'ynagan bo'lsada, oxirgi vaqtlardagi ampluasi hujumchiligi yodiga tushib qoldi chog'i, jarima maydonchasiga yorib kirdi. Bu vaziyatda Vohid Shodiev qulayroq vaziyatda turgandi va so'nggi zarbani berishga qaror qildi. Natijada hisob 1:0.

Shundan so'ng ham futbolchilarimizda bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Faqat 89 daqiqaga kelib Odil Ahmedov gol kiritishga muvaffaq bo'ldi, 2:0.

Osiyo kubogi-2015 saralashi
Gonkong - O'zbekiston — 0:2
Gollar: Voxid Shodiev (83), Odil Ahmedov (89).
Gonkong: Yapp Xun Fai, Li Chi Xo, Bae Xi, Chan Siu Ki (Jeyms Makki, 80), Lam Ka Vai, Lo Kvan Ye, Cheun Kin Fung, Naedelin Endi Xannes, Leun Chun Pong, Chan Man Fai (Chu Ing Ji, 72), Kvok Kin Pong.
O'zbekiston: Eldor Suyunov, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Davron Xoshimov (Baxodir Nasimov, 46), Vitaliy Denisov, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Jamshid Iskandarov (Shavkat Salomov, 75), Sardor Rashidov, Vohid Shodiev, Igor Sergeev (Server Jeparov, 81)
Chetlatish: Cheun Kin Fung 45.
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 595 | | Теги: OK-2015 yo'llanmasini qo'lga kiritd, O'zbekiston Gonkongni mag'lub etib | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz