"O'zbekiston- Gonkong" o'yinini baxraynlik hakamlar brigadasi olib boradi “Osiyo chempionati-2015” saralash bahslari "E" guruhi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston hamda Gonkong terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda Ali Hasan Ibrohim boshchiligidagi bahraynlik hakamlar brigadasi ishlaydi. 6 fevral kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvda baxraynlik FIFA referisi Ali Hasan Ibrohim bosh hakam vazifasini bajarsa, uning hamyurtlari Yosir Halil Ibrohim hamda Ibrohim Muborak Musa Solih qanot hakamlari sifatida ishlashadi, deb yozadi O'FF matbuot xizmati. Bahraynlik Jamil Juma Abdulhusayin uchrashuvda to'rtinchi hakam sifatida qayd etilgan. Qirg'izistonlik Pavel Luzanov esa, uchrashuv komissari etib tayinlangan. Qayd etib o'tamiz, O'zbekiston - Gonkong uchrashuvi 6 fevral kuni Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.