Главная » 2014»Oktyabr»17 » O‘zbek oshpazi dunyodagi eng ko‘p lag‘monnitayyorlamoqchi
05:33
O‘zbek oshpazi dunyodagi eng ko‘p lag‘monnitayyorlamoqchi
MDH bo’ylab mashhur o‘zbek oshxonasi oshpazi Hakim G‘aniyev joriy yilda ham yana Ginnesning rekordlar kitobiga kirish niyatida, deb xabar bermoqda 12news.uz. 2013-yil oktabr oyida mashhur oshpaz va “Interrekord” Xalqaro rekordlarni ro‘yxatdan o‘tkazish agentligi ishtirokida Moskvadagi “Qozon” choyxonasida umumiy og‘irligi 500 kilogrammga teng bo‘lgan dunyodagi eng katta norin tayyorlangan edi. O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri farzandi bo‘lgan Hakim G‘aniyev bu safar Minskda yana bir o‘zbek milliy taomi − lag‘mon tayyorlash bo‘yicha rekord qo‘yish niyatida. Buning uchun yarim sentner go‘sht va sabzavotlar, shuningdek, 1 kilometrlik lag‘mon xamiri ishlatilishi rejalashtirilgan.