Статистика |
Hozirda saytda: 2 Mexmonlar: 2 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Aprel » 9 » O'zbek kinosi tanqid ostida !
20:27 O'zbek kinosi tanqid ostida ! |
O‘zbek kinosida saviyasiz filmlar ko‘payib ketayotgani tanqid qilindi Prezident davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov respublikadagi davlat va xususiy kinostudiyalarda 2012 yilda ishlab chiqarilgan kino mahsulotlar hisobotiga bag‘ishlangan yig‘ilishda o‘zbek kinochilarining faoliyatini tanqid qilgan. Davlat maslahatchisi kinolarga sarflanayotgan millionlab pullar osmonga sochilayotgani, ko‘ngildagidek kinolar yaratilmay, faqat ba‘zi kishilarning cho‘ntagini qappaytirayotgani haqida gapirgan. O‘zbekiston televideniyesida haqiqiy san‘atdan uzoq bo‘lgan havaskorlik darajasidagi filmlar reklama qilinayotgani va aylantirayotgani, bu esa yoshlarning ongiga ayniqsa salbiy ta‘sir ko‘rsatishini ta‘kidlagan. Xayriddin Sultonov shuningdek, o‘zbek kinosanoatida nega xalqaro miqyosda tan oladigan kinolar kam yaratilayotgani haqida kinoijodkorlardan so‘ragan. Xayriddin Sultonov o‘zbek qishloqlari kinolarda noto‘g‘ri taqdim etilayotganidan norozi bo‘lib gapirgan, "Qishloqda paxsa devoru molxonadan boshqa joy yo‘qmi ko‘rsatadigan?" degan savolni bergan. O‘zbek rejissyorlari qishloqlarda ro‘y berayotgan rivojlanishlarni ko‘rmayotgani yoki ko‘rishni istamasligi haqida gapirgan. O‘zbekistonda bir-ikki yildan buyon "Oltin Gepard" xalqaro kinofestivali o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Lekin kino festivalda ham, har yili o‘tkaziladigan televideniye va kino ijodkorlarining MNTV taqdimotida ham yuqori san‘at darajasida deyishga arzimaydigan o‘zbek kinolarining taqdim etilgani va mukofotlangani haqiqiy kino mutaxassislariyu muxlislarini taajublantirgan. Xalqaro tanlovlarda tan olingan rejissyor Ayub Shahobiddinovning "Parizod" kabi filmlari nega O‘zbekistondagi tanlovlarda hatto nomzod kinolar qatoriga ham kiritilmagani internet tarmoqlarida tanqidlarga sabab bo‘lgan edi.
|
Категория: Kino yangiliklari |
Просмотров: 910 |
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|