O’ZBEK ONASI
Mushtipar ham o‘zing, buyuk ham o‘zing, Kuyinchak ham o‘zing, kuyuk ham o‘zing, Olamga tatirlik suyuk ham o‘zing, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
Seni To‘maris deb, maqtaganim bor, Sen Temur beshigin tebratgan bedor, Sensan Bibixonim, Nodirai zor, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
Vatanni Ona deb bekor aytilmas, Ona buyurganda yo‘ldan qaytilmas, Sen o‘zing Ka’bamsan, Baytul muqaddas, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
Boshingdan nimalar o‘tmadi axir, Vatandek taqdiring bo‘ldi goh taxir, Bobur shoh bo‘lsa-da, qoshingda faqir, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
Kelajak toychog‘u toyingizdadir, Jannat ham, albatta poyingizdadir, Vatan-ku, Siz turgan joyingizdadir, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
Sizga ta’zim qilib turibman bu payt Sizga baxshidadir eng shohona bayt, Aziz Yurtboshingga duolaring ayt, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi .
|