Статистика |
Hozirda saytda: 14 Mexmonlar: 14 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Mart » 31 » O'z baxtimmi qurmay buzip boldim
07:20 O'z baxtimmi qurmay buzip boldim |
Assalomu alaykum qadrdon saytdoshlar... Bu sayt menga judayam yoqib qoldi... Ayniqsa undagi hikoyalar... Shuning uchun o'zimning kechirgan 18-yillik umrimdan, 7-yilini qisqacha bayon qilmoqchiman!!! 2006-yil 13-oktyabr. Yosh bola edim o'sha vaqtlarda. Sinfxonada qiy chuv. Hamma o'zi bilan o'zi ovora. Birinchi soat dars bo'lmadi. Pahta vaqtlari edi, o'qituvchilarning ko'pchiligi yo'q edi. Men esa bir burchakda boshimni partaga qo'yib, hammani jiiimm kuzatib yotibman! Bunyod bilan Elyor, Durdona ismli sinfdosh qizni o'pishdan garov o'ynashdi... Elyor garovda yutdi, Durdonani o'pib oldi. Durdona yig'ladi, o'zimcha rashk qildim. U chiroyli qiz edi-da! Mengayam ,,salpal'' yoqardi. Shundan keyin o'qituvchi kelib hammasidan habar topdi. Bohonada sinfimizni bo'lib yuborishdi. Bir qismimiz u sinfga, bir qismimiz bu sinfga o'tdik. Men ham boshqa sinfga o'tgandim.[www.JPG.uz] Yangi rahbarimiz bizni tanishtirishgach, meni bir qiz bilan bir partada o'tqazib qo'zdi. Bo'ylari uzun, qosh ko'zlari qopqora, oppoqqina chiroyli qiz edi. Shu bilan kunlar ketidan kunlar, oylar ketidan oylar, yillar ketidan yillar bir birini quvlab o'tardi! Bu orada unga ishqim tushib qolgandi. U ham menga befarq emasdi nazarimda. 6-sinf bo'ldim, yoqtirib qoldim. 7-sinf bo'ldim judayam yoqib qolganidi. 8-sinf bo'ldim. Tabiatan uyalchang, tortinchoq, sodda bo'lganligim uchun unga buni aytishdan cho'chirdim. 9-sinf bo'ldim ancha katta bo'lib, ulg'ayib qolgandim. Sevgi degan tuyg'uni, o'zimcha fikrlay boshlagandim... Lekin baribir sevgimni izhor qiladigan darajada, jur'atli emasidim. Uni shunaqangi sevib qolgandimki, tushlarimga kirib chiqardi hatto... Ha uni bor borlig'im, vujudim bilan sevardim. Balki haliyam sevarman!!! Kunlarning birida sinfimizga yangi bola keldi. Bilsam u bola ham mening sevgilimni sevarkan. Shuning uchun sinfimizga o'tgan ekan. Har xil mish-mishlarni eshitardim, ishonmas edim. Sevgilim, borlig'im, hayotim mazmuni, ko'zimni oqu qorasi... U deb qanchadan qancha azob chekkanidima?! Qancha tunlarni bedor o'tkazganidim axir?! Uni deb ko'zimga yosh kelgan kunlar ham bo'lganidi... Nahot u boshqa birovni sevsa, nahot u bilan baxtdan sarmast bo'la olmasam?! Yaratgan Ollohdan o'tinib yolvorganidimku,faqat u...u...u...u... Endi foydasi yo'q... Darsdan keyin ularni birga ketayotganini ikki qaro ko'zim bilan ko'rdim... Ko'rdimu vujudim titrab, badanimdan sovuq ter chiqib ketdi... Tamom, undan ayrildim, hayotiman ayrildim... Endi yashashdan mani yo'q deb o'yladim. Uyga borib, karaxtligimdan nima qilarimni bilmasidim... Ohir oqibat taqdirga tan berdim, ojizligimni tan oldim... O'z o'zimdan nafratlanib ketdim. Shunaqayam qo'rqoq, irodasiz, tuban bo'lamanmi... Ayb o'zimda! Mana hozir yurak bag'rim qon bo'lib yuribman... Maktabni bitirdim. Goh gohida ,,uni'' ilk muhabbatimni ko'rib turaman. Mayin jilmayib ,,qalesan yahshimisan,, deganida yuragim qinidan chiqib ketgudek bo'ladi... Boshqa birortani sevib qolarman deb o'ylagandim. Unaqa bo'lmadi. Yuragimni o'g'irlashgan endi yuragim bir umrga muzlagan. Uni erita oladigan darajadagi qaynoq sevgini yana uchratarmikinman buni bilmadim!!! Agar kimnidir sevib qolsangiz, sevib qolgan bo'lsangiz hoziroq unga buni ayting... Chunki har bir soniya vaziyatni o'zgartirishi mumkin. Kechikib qolmang... Sevgingizni baralla aytishdan havfsiramang. Qo'rqmasdan unga buni ochig'ini ayting... Ko'rasiz u ham sizni sevib qoladi. Axir Alloh hammamizni juft yartganku... Shunday emasmi?! Hurmat ila uzoqdagi yaqiningiz...
|
Категория: Sevgi dunyosi |
Просмотров: 817 |
| Рейтинг: 4.8/4 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|