Статистика |
Hozirda saytda: 3 Mexmonlar: 3 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2016 » Noyabr » 11 » O‘quvchi va talabalar 5 kun davomida ichki yo‘nalishdagi poyezd chiptasini 50 foiz chegirmaga xarid qila oladi
19:45 O‘quvchi va talabalar 5 kun davomida ichki yo‘nalishdagi poyezd chiptasini 50 foiz chegirmaga xarid qila oladi |
1—5-dekab kunlari o‘quvchi va talabalar uchun qo‘shimcha ta’til kunlari belgilab qo‘yilgandi. “Darakchi” nashri ma’lumotiga ko‘ra, shu kunlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘quvchi va talabalarga belgilangan chegirmalar joriy qiladi. Foto: Mapio.netMamlakatning ichki yo‘nalishlaridagi poyezd qatnovlari uchun o‘quvchi va talabalar chiptani 50 foizlik chegirma bilan xarid qilish imkoniyatiga ega. Manba buni O‘zbekiston Respublikasining o‘rta-maxsus ta’lim va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarni rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilganiga urg‘u bergan. Bu borada qo‘shimcha ma’lumotlar 1005 raqami orqali olinishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
|
Категория: O`zbekiston Yangiliklari |
Просмотров: 567 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|