Главная » 2014»Oktyabr»15 » O‘n millionta Quyoshning energiyasiga tengnurlanish manbasi bo‘lgan yulduz
13:49
O‘n millionta Quyoshning energiyasiga tengnurlanish manbasi bo‘lgan yulduz
Olimlar AQShning NASA kosmik agentligiga qarashli NuSTAR yadro spektroskopik teleskopi orqali 10 millionta Quyoshdan chiqadigan energiyaga teng nurlanish tarqatadigan o‘lik yulduzni aniqladi, deb xabar bermoqda “TASS”. Foto: “ITAR-TASS” Bu hozirgi paytgacha aniqlangan eng yirik nurlanish manbasidir. Kaliforniyadagi Pasadena instituti olimi Finoa Garrisonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu pulsar ancha yengil vazniga qaramay, “qora tuynuk”nikiga teng energiyaga ega. Pulsarlar neytron yulduzlar sinfiga kiradi va ular portlab ketgan yirik yulduzlarning qoldiqlari hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tasodifan qilingani aytilmoqda. Dastlab faqat yulduzning o‘zini kuzatgan olimlar birdaniga kuchli nurlanishga guvoh bo‘lgan. Endi ular “o‘lib bo‘lgan” yulduz qanday qilib bunchalik kuchli nurlanishga ega bo‘lishini o‘rganishni maqsad qilmoqda.