Главная » 2013»Mart»17 » O`z eriga sevgi izxor qilgan ayol (bu haqiqat)
18:16
O`z eriga sevgi izxor qilgan ayol (bu haqiqat)
Ushbu yozganlarim bilan odnoga kiradigan barcha ayollarni qoralamoqchimasman. Faqatgina ularga o’z hislari va hirslarini nazorat qilishligini maslaxat bergan bo’lardim… Ota-onam bir qiz topib, muslima deyishdi ishondim. Shirin orzular qilib oila qurdik. Aksariyat vaqtim ishda o’tardi, shu sababli ayolim uyda ko’pincha zerikib qolayotganini ta`kidlardi. Kunlarning birida hamkasbim xonamga bostirib kirdi va telini tutqazib "Odnoklassniki”da ayoling borligini bilarmiding?” deb so'radi. Odno nimaligini unchalik yaxshi bilmasdim, rafiqam odnoda borligi tushimgayam kirmagan edi. Ko’rib ko’zlarimga ishonmadim va do’stimdam mangayam odnoni o’rgatishini so’radim. Ayolimga uni odnoda borligini bilishimni aytmaslikka qaror qildim. Ko’p o’tmay odno haqida tushunchaga ega bo’lgach o’z ayolimga o’zim druzya tashadim. Qabul qilmadi, chunki rasmim yo’q edi. Keyin hayolimga o’sha hamkasbimni rasmini qo’yish fikri keldi. Mandan ko’ra savlatliroq, hushbichim bo’lgani uchun undan boshqa nomzod topolmadim. Yana druzya tashadim, bu safar qabul qildi. Boshlanishiga tanishuv biroz vaqt o’tib yaqinroq tanishuv jarayonlarini boshdan o’tqizdik. Yoshini so’radim, 27 dedi. Mendan tonib ajrashganman dedi. Shu ondan boshlab ko’nglimda "Isonga uylandimmi yoki ilonga?!” degan shubxa uyg’ondi. Ko’p o’tmay ko’nglini topa boshladim, oxiri yo’q smslar, aldamchi shirin so’zlar, nafis dil izhorlarim bilan uni o’zimga deyarli o’rgatib qo’ydim. Uyga kelsam ayolim xuddi xursandek ko’rinardi. Buni ko’rib, undan nafratlanib ketardim. Oxir-oqibat odnodagi do’stlarim oldida menga sevgi izhor qildi. Uchrashuv belgiladik. Do’stimdan o’rnimga uchrashuvga chiqishini iltimos qildim. Ular shinam kafeda uchrashishdi. Suhbatlarini bo’lib man kirib bordim. Ayolimni ko’zlaridegi qo’rquv tilidan chiqayotkan bemani bahonalar g’azabimni keltirardi. Undan uch qadam ortga chekinib so’zlarini tinglamay ko’zlariga qarab ushbu uch so’zni takrorladim "Seni uchtaloq qildim!”. Qancha yalinib yolvorishlariga qaramay uni kechirmadim..