SHERLAR.BIZ Shanba, 27.04.2024, 05:53
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Fevral » 24 » Nokia’ning ilk Android-smartfonlari namoyish etildi..
19:38
Nokia’ning ilk Android-smartfonlari namoyish etildi..
Nokia kompaniyasi 24-fevral kuni World Mobile Congress xalqaro ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan matbuot anjumanida o‘zining yangi, Android operatsion tizimida ishlaydigan Nokia X, Nokia X+ va Nokia XL smartfonlarini namoyish etdi. Bu haqda Mail.ru xabar bermoqda..

Mazkur smartfonlarda Android uchun yaratilgan dasturlarni ishga tushirish mumkin; biroq qurilma Google emas, balki Nokia va Microsoft servislari bilan ishlaydi. Masalan, smartfonda Here xaritalari, OneDrive (sobiq SkyDrive) fayllar ombori va Outlook.com pochtasi qo‘llaniladi.

Nokia’ning mazkur qurilmalari Android dasturlarining “rasmiy” internet-do‘koni – Google Play’ga ham kira olmaydi. Ular uchun dasturlarni yondosh do‘konlar, xususan, Yandeks.Store hamda Nokia Store kabilardan yuklab olish mumkin..

Smartfonlar Android Open Source Project (AOSP) asosida yaratilgan. Biroq foydalanuvchi interfeysi Android’ga emas, ko‘proq Windows Phone’ga o‘xshab ketadi. Masalan, uy ekrani “jonli plitkalar” uslubida ishlab chiqilgan.

Nokia vakillariga tayangan holda TechCrunch ma’lum qilishicha, bu qurilmalarga Android-dasturlarning hammasi emas, balki taxminan 75 foizi to‘g‘ri keladi..
Nokia X va X+ smartfonlari 4-dyuymli ekranga ega. Bu ikki qurilma deyarli bir xil, faqat X+ modelining xotirasi kattaroq. Har ikkalasida ham ikki yadroli, 1 GGs chastotali Qualcomm Snapdragon 200 protsessori hamda 3 megapikselli kamera o‘rnatilgan. Ular bitta va ikkita SIM-kartali variantlarda ishlab chiqariladi. Nokia XL esa 5-dyuymli ekran va 5 megapikselli kamera bilan jihozlangan.

Nokia X namoyish etilgan kun – 24-fevraldayoq 89 yevro narxida sotuvga chiqarilgan. Qolgan ikki model esa aprelda savdoga qo‘yiladi hamda tegishlicha 99 va 109 yevro narxida sotiladi. Xuddi Lumia kabi, mazkur smartfonlar ham turli ranglardagi korpusga ega bo‘ladi.
Категория: Mobil telfonlar | Просмотров: 1235 | | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Fevral 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz