Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Noyabr » 18 » Niderlandiyada parranda grippi tufayli 150 mingta tovuq yo‘q qilindi
04:44 Niderlandiyada parranda grippi tufayli 150 mingta tovuq yo‘q qilindi |
Niderlandiyada parranda grippining inson uchun xavf solishi mumkin bo‘lgan shtammi aniqlandi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vazirligiga tayanib, Euronews xabar bermoqda.
Parrandalar virusli kasalligi Amsterdamdan 65 kilometr janubda joylashgan fermada qayd etilgan. Fermadagi 150 mingta tovuq va kurka tovuqning barchasi yo‘q qilingan. Xodimlar karantin ostiga olingan.
Hukumat tekshirish yakunlanmaguniga qadar 72 soat davomida parrandachilik xo‘jaliklari mahsulotlarini butun Gollandiya bo‘ylab do‘konlarga yetkazib berishni to‘xtatib turishni buyurdi.
Keyinroq parranda grippi virusi Angliya shimolidagi Yorkshir grafligida joylashgan o‘rdak fermasida ham aniqlandi.
|
Категория: Dunyo xabarlari |
Просмотров: 788 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|