SHERLAR.BIZ Sheshanba, 23.04.2024, 09:27
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Fevral » 26 » Nexia va Matiz’ni Qozog‘istonda sotish masalalari muhokama qilindi
08:57
Nexia va Matiz’ni Qozog‘istonda sotish masalalari muhokama qilindi
12-fevral kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarni Qozog‘iston bozoriga olib kirish masalasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabariga asoslanib “Kun” nashri ma’lum qildi.
“Gazeta.uz”ning yozishicha, O’zbekiston delegatsiyasiga vazirning birinchi o‘rinbosari Akmal Kamolov rahbarlik qilgan bo‘lsa, Qozog‘iston delegatsiyasiga sanoat va yangi texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Albert Rau boshchilik qilgan.

Uchrashuvda Qozog‘iston tomonidan texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha yengil avtomobillarni mamlakat hududiga olib kirish bo‘yicha 2014-yil 1-yanvardan joriy etilgan cheklovlar yuzasidan “batafsil va konstruktiv” fikr almashilgan.

Qozog‘iston hukumatining 2013-yil 25-dekabrdagi qarori bilan joriy etilgan ushbu cheklovlar natijasida O’zbekistonda ishlab chiqarilgan Nexia va Matiz avtomobillari Qozog‘istonga ortiq olib kirilishi mumkin bo‘lmay qolgan edi.

O‘zbekiston tomoni uchrashuv vaqtida ushbu talablar “rasmiy ogohlantirishlarsiz, oldindan maslahatlashmasdan va moslashish uchun hech bir fursat qoldirmasdan” joriy etilganini ma’lum qilgan.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokaralarda “tomonlarning ushbu masalani o‘zaro maqbul yechimlarini topishga va o‘zaro savdo uchun ijobiy shart-sharoitlarni saqlab qolishga tayyor ekanliklari” bildirilgan.

Muzokaralar yakunida Qozog‘iston tomoni qisqa muddat ichida O’zbekiston delegatsiyasi tomonidan qo‘yilgan masalalarni ko‘rib chiqish va natijalardan boxabar qilishga rozi bo‘lgan.
Категория: Texnogoliyalar | Просмотров: 1354 | | Теги: Nexia va Matiz’ni Qozog‘istonda sot | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Fevral 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz