Главная » 2014»Oktyabr»28 » Navoiylik bosqinchilar tilla zirak va uzuklarnitaqsimlab olishga ulgurmay qo‘lga tushdi
07:28
Navoiylik bosqinchilar tilla zirak va uzuklarnitaqsimlab olishga ulgurmay qo‘lga tushdi
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida istiqomat qiluvchi shaxs jazo muddatini o‘tab, qamalgan degan tamg‘ani orttirgan bo‘lsa-da, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi. Foto: vladtime.ru U ulfatlarini bosqinchilikni birga amalga oshirishga ko‘ndirib, Oltinsoy qishlog‘idagi xonadonga bostirib kirdi. Yuzlarida niqob, qo‘llarida miltiq va tayoqlar bilan kirib, to‘satdan hujum qilgan kimsalarni ko‘rgan xonadon egasi esankirab qoldi. Bosqinchilar uning qo‘llari va og‘zini bog‘lab, qo‘rqita boshladi. Ulardan biri do‘q qilsa, ikkinchisi xonadon egasini ura ketdi. Boshqa bir bosqinchi uni bo‘g‘ib, pul talab qila boshladi. Bosqinchilar 700 ming so‘m pulni olib, belgilangan joyda kutib turgan “Neksiya”ga o‘tirib, voqea joyidan yashirindi. Daromad topishning bunday usulidan ko‘ngli to‘lgan bosqinchilar qishloqdagi boshqa bir hovlini ham mo‘ljalga oldi. Ular hovliga yashirin ravishda kirayotganida, uy egasining qiziga duch kelib, qizning qo‘l va og‘zini bog‘lab tashladi. Uyni alg‘ov-dalg‘ov qilib, qimmatbaho buyum topa olmagach, qizning qulog‘idagi tilla zirak, qo‘lidagi ikki dona tilla uzuk va Nokia rusumli uyali telefon apparatini olib, voqea joyidan yashirinishga urindi. Ular shu payt kelib qolgan xonadon egasiga ham tan jarohati yetkazib, zudlik bilan qochib qoldi. Bosqinchilar o‘ljani taqsimlab olish uchun xatirchilikning uyiga bordi. Shu vaqt eshik taqillab, xonadonga har tomondan ichki ishlar idoralari xodimlari kirib, bosqinchilarni qo‘lga oldi.