Главная » 2013»Yanvar»29 » Nahotki biz ham, boshqa sevishganlar singari birga bo'lolmaymiz
19:36
Nahotki biz ham, boshqa sevishganlar singari birga bo'lolmaymiz
Maftun qo'rqib, dadasiga ham, onasiga ham "Sevgan yigitim bor" deb aytolmasdi. Biz yashirincha gaplashib yurardik. Ammo, bu hol qachongacha ? Bir kun kelib, buni bilishlarini, Maftuna ikkimiz juda ham yaxshi bilardik. Shuni o'ylab, Maftuna ko'p yig'lardi. "Nahotki biz ham, boshqa sevishganlar singari birga bo'lolmaymiz ?" deya ... Uni ovutish maqsadida "Bizni faqatgina O'lim ayirishi mumkin" derdim. Aynan shu gaplarimga, Shayton: -"Chuchvarani xom sanabsan, Jo'jani kuzda sanaymiz" degandir ... Kechga yaqin, ishxonadan chiqib, uyga qaytayotgandim. Bir payt telefonim jiringlay boshladi. -Alo ? Eshitaman ? - Otabekmisan ? -Salom, ha Otabekman. -Valekum Assalom. Bo'shmisan ? Gaplashib olishimiz kerak. -Tushunmadim ? Kimbu o'zi ? -Maftunani taniysanmi ? -Maftunani ? Ha taniyman. -Maftuna kim bo'ladi senga ? -Iye, kim bu o'zi ? Nega so'rayapsiz ? -Men Maftunani otasiman. -A ... Nima ? ... Buni eshitib, qattiq shokga tushdim. Nima deyishni bilmay, qotib qoldim. Maftunani otasi meni ismimni, telefon raqamimni qayerdan bilibdi deya o'zimga-o'zim savob bera boshladim. Maftunani otasi men bilan yuzma- yuz gaplashib olishi kerakligini aytib, bir manzil berdi. Xo'p deb, aytilgan manzil tomon otlandim. Yo'lda ketyapman-u, yuragim qandaydir qo'rquv sezganday, tez ura boshladi. Eh, nima desam ekan endi otasiga ? ... "Qizizni sevaman, uylanmoqchiman deyamanmi?" 20 minutlar o'tib, aytilgan manzilga yetib bordim. Kech tushib bo'lgandi. Atrof qop- qorong'u. Qanaqadir eski uylar, endi qurilayotgan uchastkalar ... Xullas yetib bordim. G'ishtlar ortida bir mashinaga ko'zim tushdi. Asta-sekinlik bilan mashinaga yaqinlasha boshladim. Bir payt, mashinadan bir govdali kishi tushdi va men tomonga qarab turardi. U Maftunani otasi edi. Kelib salomlashdim. Otasi menga birin-ketin savol bera boshladi ... - Qayerdansan ? -Men ... Haligi ... .....dan. - Tushunarli. Hoynahoy Ismimni, telefon raqamimni, qayerdan bilibdila deb o'ylab turgan bo'lsang kerak. Maftuna bugun mehmonxonaga telefonini zaryadkaga qo'ygan ekan. Kelsam, telefoni musiqa chala boshladi. Ozroq kutdim, musiqa o'chmadi. Odatda qizimni telefoniga tegilmasdim. Bu safar olib, musiqani o'chirmoqchi bo'ldim. Sms kelgan ekan. Qiziqib ochib ko'rmoqchi bo'ldim. Chunki sms kimdan kelganligini ko'rsatadigan joyda, "Jurnalistim" yozuvi turardi. Kim ekan deb ochdim. Qanaqadir sevgi izhorimiyey, she'rmiyey yozilgan ekan. Oxirida esa, Otabek yozuvi turardi. Shunda barchasini tushundim-ki, Maftunani hayoli o'qishda emas, sevgida ekan ... Jurnalistmisan ? -Aaa-a ... Haligi ... Yo'q, hechqanaqa jurnalist emasman. Haligi ... Qizingiz, meni shunday deb chaqiradi. Aypki buyurmaysiz ... - Hmm ... Qizim bilan, qachondan tanishsizlar ? - A ... Haligi ... -Namuncha haligilading ?Xo'sh ? - Uzr ... 5 oycha bo'ldi. -5 oy degin ? Tushunarli. Shuncha paytgacha yashirib kebsizlarda. Nima, bundan keyin ham yashirincha gaplashib yurmoqchimidizla ? - Kechiring ... Oldinroq aytishga jur'atimiz yetmadi ... -Jur'atimiz yetmadi de ... Unda qachon yetardi ? Tuyani dumi yerga tekgandami ? Hmm ... Hozir aytadigan gaplarimni ikki qulog'inga ham, yaxshilab quyib ol. Maftuna qizimni, bir oshnamni o'g'liga beraman ! U bilan qalin oshnamiz. Bir paytlar, bolalarimiz tug'ilganda, ikkimiz ham, bir yilda farzandlik bo'lgandik. Avval u o'g'illik bo'ldi. Oradan 3 oy o'tib, men qizlik bo'ldim. Ya'ni Maftuna qizim tug'ildi. Shunda o'rtog'im bilan, ahdlashganmiz, bolalarimiz katta bo'lishsa, quda bo'lamiz deb. Nima demoqchiligimni tushungandirsan-a ? Ortiqcha hoy-u havaslarga berilmasdan, u bilan oralaringni ochiq qil ! Bu yurishlaring barchasi befoyda ! Shunda o'zinga ham yaxshi bo'ladi. Bekorga vaqtingni sarflab, urinma. Maftuna men aytgan odamning uyiga kelin bo'ladi ! Shuni unutma yigitcha !!! - A ... ... ..... . ... ... Bu so'zlar, yuragimga shu qadar og'ir botdiki, nafasim ortga qaytdi. Axir, qanday qilib sevgimdan voz kechardim ? Shu savol ich- etimni kemira boshladi. Xuddi, qalbimni yulib olishgandek bo'ldi. Qo'limga bir tomchi suv kelib tushdi. Nahotki men yig'layapman ? Ko'zimdan yosh chiqganini hatto sezmadim. Bu ko'z yoshimmi ? Yoki yuragimdan qon, ko'z yosh bo'lib chiqyaptimi ? Otasiga nima deyishni bilmay, turgan joyimda toshdek qotdim ... Maftunani Otasi esa, mashinaga o'tirdi-da,endi ketmoqchi bo'lib, birdan to'xtadi. Mashina oynasini tushurib: -Ha, yana bir gap, bu yerga kelganimni, uchrashganimizni, Maftuna bilmaydi. Sen ham bu haqda unga gapirmaysan. Men ham unga hechnarsa demayman. Bu gaplar o'rtamizda qolsin, tushunarlimi ? O'zing bir ilojini qilib, u bilan orangni ochiq qil ! Shunday qil-ki, Maftuna seni ko'z yoshsiz unutsin. Telefon raqamingni o'zgartirasanmi, buyerlardan ko'chib ketasanmi, o'zing bilasan. Agar qizimni ko'zida bir tomchi ko'z yosh ko'rsam, mendan yaxshilik kutma ! Omon bo'l !!! Shu so'zlarni aytib, Maftunani otasi ketdi ... Ko'z oldim qorong'uda yanada qorong'ulashib ketdi. Qalbimdagi sevgiga, armon xanjar sanchgandek bo'ldi. Go'yo, yuragimdan ayirishgandek, turgan joyimdan qimir etmay, qotib qoldim. O'z-o'zimga savol bera boshladim. Bu nimasi axir ? Taqdir ustimdan kuldi-mi ? Ahdlashganman, dedilami ? Otasini va'dasi deb, beg'ubor sevgimizdan endi voz kechamanmi ? Nima uchun ? Uni taqdiri, o'zgaga oldindan taqdir qilingan ekan, nega taqdir bizlarni, qalbimizni birlashtirdi ? Hammasiga aybdor o'zim. Uni sevib qolgan o'zim. Gapirgan ham o'zim. Allohim, o'zing sabr ber menga ! Endi nima qilaman ? Sevgimni unuta olamanmi ? Shu savollar bilan yarim kechada uyga yetib keldim. Uydaman, lekin ko'zimga uyqu kelmadi. Ertalabgacha o'ylab chiqdim. Erta tongda ko'zim ilinib uxlab qolibman. -Akajon ? ... Tura qoling, nonushta tayyor. Akajon ? -A ? ... Ha-ya ... Hozir. -Nega buyerda yotibsiz ? Nega o'rnizda yotmadiz ? -Ha, haligi ... O'rnimda edim, biroz vaqtli turib, shuyerga o'tirgandim. Ko'zim ilinib qolibdi. Shahnoz, soat nechchi bo'ldi ? -Hozir qaraychi ... 8:15 bo'libdi. -Men ketdim. Oyim va dadam qayerdala ? -Uydala, qayerga shoshilyapsiz ? - Ishga ketdim. -Voy, nonushta qilmaysizmi ? Namuncha shoshilmasangiz ? - Yo'ldan biron nima yeb olarman. Bir zarur ishim bor edi. Men orqa eshikdan chiqib ketaman. Dadam so'rasalar, ishga ketdila degin xo'p singiljon? Voy, nimalar bo'lyapti o'zi akajon ? -Keyin aytaman. Bo'pti men ketdim ... Qo'l yuzimni yuvib, to'g'ri istirohat bog'iga otlandim. Maftunaga telefon qilib, o'qishga bormay, birinchi uchrashib olishimiz kerakligini aytdim. Biroz xavotirlanib, u ham yo'lga chiqdi. Istirohat bog'idagi o'rindiqlarning birida o'tirib, nima qilish haqida o'ylay boshladim. Maftunga nima deyman ? ... Garchi og'ir bo'lsada, men sevgimdan voz kechib ketishim mumkin. Ammo beg'uborim voz kecha oladimi ? Buni yuragi ko'tara olarmikan ? Eh, bu kabi o'ylovlar yurak bag'rimni tilka-pora qilmoqda ... Bir payt kimdir qo'li bilan, ikki ko'zimni yopib oldi ... - Topingchi kimman ? -Voo- oy, hechnarsani ko'rmayapman-ku. - Shuning uchun ham aytiyapman-da, xo'sh, kimman ? -Bu nozikkina qo'llar, faqatgina meni beg'uborimda bor ! Meni Maftunim ! Ooo-o, zo'rsiz- u ! Baribir bilib oldiz-a ... Qalesiz ? Kutdirib qo'ymadimmi ? -Yo'q, o'zim ham endi keldim. - Unda yaxshi. Otabek aka, negadir ko'zlariz qizarib ketibdi. Tinchlik-mi ? - Tinchlik Maftun. Kechqurun biroz yozishlarim bor edi. Ko'p o'tirganimdan bo'lsa kerak. -Xoo-o, birdan ilhom kelib qoldimi deyman ? -Yo'q, ish yuzasidan yozishlarim bor edi ... -Voy, nega buncha ko'p ishlaysiz ? O'zizni uruntirmang. Shunchalik zarurmidi ? Ertasi kuni ham yozaverardiz. Bunaqada, kasal bo'lib qolasiz-u ! Iltimos, o'zizni asrang. -Xo'p Maftun ... - Endi gapiring, nega o'qishga bormasligimni, uchrashishimiz kerakligini aytdiz ? Tinchlikmi ishqilib ? -Tinchlik Maftun. Negadir seni ko'rgim keldi ... -Xayriyatey ! Biron gap bo'libdimi deya, qo'rqib ketibman. Otabek aka, negadir kayfiyatiz yo'q ? Rostdan ham, hechgap bo'lgani yo'qmi? Ha, hechgap bo'lgani yo'q. Shunchaki o'zim. Hammasi joyida. -Negadir unaqaga o'hshamayaptida ... Ha mayli, qani bo'lmasa, bitta tabassum qiling-chi ! Qani- qani-qani ko'rmayapman. -Xo'p ... -Bu boshqa gap. Kayfiyatizni tushurmang. -Maftun ? ... -Labbay ? -Bir ikkita savol beraman, javob bera olasanmi ? - Xo'p, harakat qilaman. Qani aytingchi ... - Shunchaki tasavvur qilib, javob ber xo'p ?! -Xo'p bo'ladi. -Maftun, tasavvur qil, agar taqdirda yo'limiz ayro bo'lsa, nima qilarding ? Ya'ni, agar birga bo'lolmasak ? -Voy Otabek aka, Xudo saqlasin- ey ! Nega unaqa deyapsiz ? -Shunchaki o'zim. Shu mavzuga fikringni bilmoqchi edim xolos. Xo'sh, fikringni aytchi ... Otabek aka, bu savolni bir berdingiz, boshqa bermang iltimos ! Shundog'am bu haqda o'ylasam, yuragim qattiq og'riy boshlaydi. Undan ko'ra, baxtli kunlar haqida fikrlashaylik ... -Maftun, sen shu savolimga fikringni ayt bo'ldi, bu haqda boshqa umuman so'ramayman, gapirmayman ham ! So'z beraman ! -Faqat boshqa bu haqda gapirmaslik sharti bilan ! -Xo'p ... Qani endi fikringni aytchi ... - Odatda yashirincha gaplashamiz, lekin bir kun kelib dadam bilib qolishlaridan qattiq qo'rqaman. Qachondir bilishlari aniq. Lekin men sevgimdan ayrilishni xohlamayman ! Avval aytib o'tganimdek, dadam o'zlarini og'aynilarini o'g'liga, meni mo'lljallayaptila. Lekin u bolani dadam bilmaydila. U juda ham qo'pol, qanaqadir mafiyalarga, g'arazli kishilarga o'xshaydi. Bilasizmi, sizga aytmagandim, bir kuni o'sha bola va uni oila a'zolari uyimiz kelgandi. Dadam bizlarni atayin uchrashtirmoqchi bo'ldila. Lekin men gaplashmadim. Menga qo'pol-qo'pol muomilalarini, bezbetligini eslasam,undan qo'pol muomilalarini, bezbetligini eslasam, undan nafratlanib ketaman. Qanday qilib unga turmushga chiqishim mumkin ? Dadam ham, bir gapga turib olganla, "Shu yigitni kuyov qilaman" deb. Qanaqadir va'da qilgan ekanla o'rtog'lariga. Lekin men, qanaqadir va'dani deb, sevmagan insonimga turmushga chiqishim kerakmi ??? (Yig'lab yubordi) Sizdan ayrilib qolishim haqida o'ylasam, yuragim negadir tinmay og'riy boshlaydi. Sizdan ayrilishni istamayman Otabek aka ! Dadam nima desala ham, men faqat sizni deyman ! U bola bilan baribir baxtli bo'lolmayman. Unga majburan berishsa, sizsiz begona xonadonda yashay olmayman. Undan ko'ra o'lga ... ..... -Jim !!! O'lim dema beg'uborim ! Axir shu so'zni yomon ko'rarding-ku ! Nega endi o'lim deyapsan ? -Nima qilamiz unda Otabek aka ? Nega siz ham yig'layapsiz ? Siz yig'lamang ! - Yig'lamayapman Maftun. Menga e'tibor berma. Sevishganlarning ko'p qismati .... afsuski "Ayriliq" bilan tugaydi. Men shunchaki bu mavzuga fikringni bilmoqchi edim. Bo'ldi, fikringni bildim. Hammasi joyida beg'uborim ! Xudo xohlasa, bundan keyin ham shunday bo'ladi ! Maftun, qo'ygin yig'lama. Ko'z yoshlaringni baxtli kunlarimizga asrab qo'ygin xo'p ? Inshaalloh bu quvonch ko'z yoshlari bo'lsin ! Maftun, avval ham aytganman, hozir ham aytaman: "Bizni faqatgina o'lim ayirishi mumkin !" O'zim ham O'lim deyapman-mi ? ... Allohim o'zi meni kechirsin-u, sendan ayrilgandan, sensiz o'zgasi bilan baxtsiz yashagandan ko'ra, umrim hazon bo'lsin !!! Maftunani o'qishiga kuzatib qo'ydim va ishga qaytdim. Ishxonadaman-u, lekin hayolim ishda emas ... Hayolim parishon edi. Buni dadam sezib, uyga borib, biroz uxlab olishimni ta'kidladila. Kimlardir menga gapiryapti, lekin, hayolimda o'ylovlar kuchliligidan, hechkimning gapini eshitmasdim. Ishxonadan chiqib, uyga qaytdim. Xonamga qamalib olib, nima qilish kerakligini o'ylay boshladim. "Ey Allohim, menga madad ber ! Bunday vaziyatda nima qilishim kerak ? Qanday yo'l tutay ? Menga yo'l ko'rsat, Robbim !" Qanday qilib bo'lmasin, aniq bir yo'lni tanlashim kerak ... Bir payt, xonam eshigi taqqillay boshladi ... -Akajon, eshikni oching ! Iltimos, nega qulflab oldiz ? Ocha qoling, iltimos ... Shahnoz, hozir gaplashadigan ahvolda emasman. Biroz yolg'iz qolmoqchiman. Keyin gaplashamiz. -Yo'q ! Hozir gaplashamiz ! Sizga nimadir bo'lgan. Xavotirlanib ketyapman. Oching eshikni ! ... - Hechnima bo'lgani yo'q singlim ! Yolg'iz qolmoqchiman dedim-ku, biroz charchaganman. - Akajon, bir-ikki og'iz gapim bor xolos. -Iltimos singlim, keyin gaplashaylik ! ... -Yo'q ! Gaplashmasam, ketmayman ! Nega bunaqa qilyapsiz ? Ocha qoling eshikni. -Ob-bo, namuncha qaysarsan-a ? Xo'p, hozir. Kiraqol ... -Rahmat akajon ! (Kulib) -Xo'sh, nima gaping bor ? -Sizga nimadir bo'lgan. Sezib turibman ... -Hechnarsa bo'lgani yo'q menga ... - Maftuna bilan arazlashib qoldingiz-mi ? -Shuni so'rash uchun, keldingmi singlim ? -Yo'q, unday emas ! Sizdan xavotir oldim. Sezib turibman, nimadandir qattiq xavotirdasiz va o'sha xavotirni, ichingizga yutyapsiz. Akajon,nima bo'ldi ? Iltimos, mendan yashirmang. Shu paytgacha, bir-birimizdan hechnarsani sir tutmaganmiz. Endi nega sir saqlayapsiz ? Bu bilan o'zizni yanada qiynayapsiz. Nimagadir tushkunlikga tushib qolgansiz ... -Singiljon, menga hechnima bo'lgani yo'q. Xavotir olma. Ko'rib turibsan, soppa-sog'man. Faqat charchaganman xolos. Endi boraqol. Men uxlamoqchiman. Keyinroq bafurcha gaplashamiz xo'p. -Yo'q ! Ketmayman ! Nimadan xavotirda ekanizni aytmagunizcha ketmayman ! -Shahnoo- oz !!! Nega buncha qaysarsan ? Axir keyin gaplashamiz dedim ! - Xo'p ... Yaxshi yotib turing ... (Xafa holda) - Singiljon, meni kechir. Biroz qizishib ketdim ... Men ahmoqni kechir, iltimos ... -Hechqisi yo'q akajon. Xohlamasangiz mayli, keyinroq gaplasharmiz. Kel, o'tiraqo. Mayli gaplashamiz singlim. To'g'ri, meni eng yaxshi sirdoshimsan. Bu uchun senga mingdan-ming rahmat. Biroz dardlashaylik. Sen haqsan. Ichimdagi xavotirni, ichimga yutyapman. Bilmadim, to'g'ri qilyapmanmi, yo'qmi ... Bir birimizga chin mehribon bo'lib, katta bo'ldik. Esingdami, yoshligimizda dadam meni urishayotganlarida, kelib meni himoya qilganding. "Akamda ayb yo'q, urushmang" deb ... - Esimda akajon. O'shanda sizga jahl qilayotgan edila. Bunga qarab turolmagandim. -Shundan so'ng, qalbimda senga nisbatdan o'zgacha mehr uyg'ondi. Sendek singlim borligidan doim quvonaman. Senga bo'lgan ishonchim, ummondek cheksiz ! Shu uchun ham, sendan bor dardlarimni yashirmaganman. Oyim va Dadamdan ham, ko'proq sen bilan chiqishaman. Minnatdorman singlim. Qo'ysangiz-chi akajon. Shunga ham rahmat deysizmi ? Singilingizman, sizni hurmat qilish, meni burchim va bundan faxrlanaman. Qolaversa siz ham, shu kungacha menga mehribon aka bo'lib keldingiz. Har doim yaxshi muomilada bo'lgansiz. Nimanidir olib bering deganimda, bir marta ham, yo'q demagansiz. -Iye, yolg'on gapirmang singiljon ! Yo'q derdim-ku ! -Xooo-o, yo'q deb meni qo'rqitardiz-da, ertasi kuni keltirib berardiz. Manashu xarakteriz biram ajoyib- ki ... -Hmm ... -Sizni juda ham yaxshi ko'raman. Oyim va dadamdan ham ko'proq, sizni yaxshi ko'raman akajon ! Bu gaplarimdan erib ketmang tag'in ?! -Hey-hey-hey, bo'ldi ! Ko'p maqtab yubormadizmi singiljon ? Hozir muz kabi, erib ketaman-ku ... Rahmat singlim. -Yana nima uchun rahmat deysiz ? Ko'nglimni biroz bo'lsada, ko'targaning uchun. - Hechqisi yo'q akajon. O'zingiz menga aytardiz- ku, "Doim kulib yur, nima bo'lgan taqdirda ham, qalbingdan quvonch ruhini so'ndirma" deb. Men xuddi siz aytganizdek qilyapman. Hozir shu gaplarni o'zingizga ham aytgan bo'lardim. Doim kulib yurishizni istayman akajon ! -O'zimni mehribon singlim. Barchasi uchun rahmat senga. -Sizga ham rahmat akajon ! Endi ayting, nimadan buncha xavotirdasiz ? -Aa-a ... Haligi ... -Xo'sh ? -Ko'p ishlabman shekilli. Boshim og'ridi. Shunga biroz yolg'iz qolmoqchi edim. - Rostdanmi ? -Ha, rost ... - Akajon, tilingiz yolg'on so'zlayotgan bo'lsada, ko'zlaringiz haqiqatni ta'kidlab turibdi. Nega yolg'on gapiryapsiz ? Bilib turibman, Maftuna bilan janjallashib qolgansiz. Shunaqami ? -Yo'q, unday emas ! Qayerdan olding bu gapni ? -Unda nega g'amginsiz ? Bundan boshqa sabab ham bo'lishi mumkinmi ? -Haligi ... Singlim, kel shu haqda gaplashmaylik. O'zingdan gapir, o'qishlaring yaxshimi ? -Akajon, gapni boshqayoqga burmang. Baribir aytmadiz-a ? Ha, mayli. Maftunadan so'rayman "Akam nega g'amginla, o'rtangizda biron gap bo'ldimi ?" deb. -Yo'o'q ! Singiljon, unga indamagin. Shundog'am u ko'p qiynalyapti. Uni battar azobga qo'yma, iltimos ! -Unda, nima gapligini ayting ? -Xo'p, aytdim ham deylik, senga nima naf bundan ? -Vooy, nega unaqa deysiz ? Singlizman-ku ! Dardingizni aytib, biroz yengil tortarsiz deyman- da. Bunaqa ichizga yutaversangiz, kasal bo'lib qolishiz tabiiy. Men buni xohlamayman. Mayli menga aytmasangizda, do'stingiz Elyorgami, Jamshidgami birortasiga ayting, to xonangizga qamalib olguncha ... -Xo'p xonimafandi, boshqa istaklari yo'qmi ? -Voy, kesatmang ! -Shahnoz ? - Labbay akajon ? -Bo'pti, senga aytganim bo'lsin. Faqat aytadigan gaplarim, Oyim va Dadamni quloqlariga borib yetmasin. Kelishdikmi ? - Kelishdik ! ... Singlimga, Maftunani otasi bilan uchrashganimni, qaltis vaziyatda qolganimni hammasini aytib berdim. Singlim biroz o'ylanib qoldida, so'z boshladi: Akajon, shuncha dardingiz bor ekan, bir og'iz ham gapirmaysiz. Sizga hozir qanchalik og'ir ekanini tushunib turibman. Ochig'i, men ham, bir nima deyishga o'ylanib qoldim. Balki otasi bilan uchrashganizni Maftunaga aytganiz yaxshidir ? Nima deysiz ? -Yo'q. Maftun buni ko'tara olmaydi. Jahl ustida o'zini biron nima qilib qo'yishdan qo'rqaman. Otasi va'dasidan qaytmoqchi emas. -Unda, yana bir yo'li bor. -Qanaqa singlim ? -U yigit bilan gaplashing. - Qaysi yigit bilan ? -Otasini qalin oshnasini o'g'li, kuyov qilishmoqchi bo'lishayotgan yigit bor- ku, o'sha bilan ... -Xo'sh, keyinchi ? -U yigitga tushuntiring, Maftunani yaxshi ko'rishizni, Maftuna ham sizni yaxshi ko'rishini ayting. Agar yaxshi inson bo'lsa, sizni albatta tushunadi. -Yaxshi inson deysanmi singlim ? Qaniydi shunday bo'lganida ... -Iye-ha ? Unday emasmi ? U yigitni ko'rganmisiz ? -Yo'q, lekin Maftunani aytishicha, u juda ham qo'pol, qanaqadir g'arazli kishilarga o'hsharkan. Seningcha, bunday kishilar sevgini tushunarmidi ? - Vooy ... Buyog'i yomon bo'libdi-ku ... Mayli, nima bo'lganda ham, bir gaplashib ko'ring. Noumid shayton deydilar. Zora tushunsa ... -Xo'p singlim. Gaplashganim bo'lsin. - Manabu boshqa gap ! Ko'p ham siqilmang. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi. -O'zimni aqilli, mehribon singlim. Minnatdorman ! Sen bo'lmaganingda nima qilardim ... -Qo'ysangizchi akajon. Meni o'rnimda boshqa birov bo'lganda ham, yordamini ayamasdi. -Baribir sen boshqachasan singlim. Boringa shukur ! - Sizni ham borizga shukur akajon. Xo'p, men ketdim. Siz biron soat mizg'ib oling. Hozir tort pishirishni boshlayman. Tayyor bo'lgandan so'ng, sizni uyg'otaman xo'p ?! Tashakkur singiljon ! Ko'nglim ancha taskin topdi. -Xursandman akajon. Bo'sh kelmang ! Shu so'zlarni aytib, Singlim xonadan chiqib ketdi ... O'shanda singlim menga eng katta dalda bo'la oldi. Uning so'zlaridan, qalbimda qanaqadir umid uchqunlari paydo bo'ldi. Shundan so'ng, o'sha bola bilan gaplashishga qaror qildim. Ammo u bolani qanday topsam ekan ? ... Maftundan uyini manzilini so'rasammikan ? ... Elyor bilan bog'lanib, unga ham bor gapni aytdim. U bola bilan uchrashish yo'lini qidira boshladik. Elyor, Maftunadan so'rashimni ta'kidladi. "U bola bilan, ish yuzasidan uchrashmoqchi edim" deb ayt dedi. Oxiri rozi bo'ldim. Boshqa ilojimiz ham, yo'q edi. Maftunaga qo'ng'iroq qilib, turli bahonalar bilan, bir amallab u bolani manzilini oldim. Vaqtni ketkazmay, o'sha zahotiyoq, Elyor bilan yo'lga chiqdik. Uyi biroz uzoqda ekan. Chamasi 1 soatlarda mashinada yetib bordik. Hashamatli qurilgan uy, atrofida 4 ta 5 ta mashina, ulkan favora ... Xullas boy- badavlat ekani yaqqol bilinib turardi. Uyidan, 50-100 metr uzoqroqda turib, kuzata boshladik. O'rtog'im borib, u bola uyda bor-yo'qligini bilib kelishini aytdi. Xo'p deb, biroz kutib turdim. Elyor ularning darvozasi tomon borib, uy qo'ng'irog'ini bosdi va kim bilandir videosignal orqali gaplasha boshladi. Biron daqiqa o'tib, Elyor qaytib keldi. Undan nima bo'lganini so'radim. Elyor ularning xizmatchisi bilan gaplashganini va yaqin orada uyga kelishini aytdi. Shu yerda turib, uning kelishini kuta boshladik. Chamasi bir yarim soatlar kutib turdik. Vanihoyat u bola uyga keldi. Mashinadan tushayotgan vaqtda, Elyor bilan uning oldiga bordik. Maftuna aytganicha bor ekan. U qanaqadir g'arazli kishilarga o'hshardi. Gaplashib olishimiz kerakligi haqida ko'rsatma berib, telefon raqamimni berdim. Bo'sh vaqtida qo'ng'iroq qilishini ta'kidladim. U bola nima gapligiga qiziqib, "Hozir bo'shman, gaplashamiz" dedi. Ha mayli, bir tomondan shunisi ham yaxshi. Unga 2 soatdan so'ng, kafeda kutishimni aytdim. Yo'q demadi va rozi bo'ldi. Elyor bilan uyga qaytdik. Elyorni uyiga qo'yib, o'zim ham uyga qaytdim. Oradan xali 1 soat o'tar- o'tmas, u bola menga qo'ng'iroq qilib, aytgan kafemda kutib o'tirganini aytdi. Shunchalik ham qiziqqon bo'ladimi ? Men ham yo'lga chiqib, kafega yetib bordim. Xuddi kimnidir yeb qo'ygudek, atrofga sovuqqonlik bilan, tikilib turardi. Oldiga bordim. Biroz suhbatlashdik ... -Kimsan ? Menda nima gaping bor ? - Birinchidan, senlamasdan gapir ! Sendan 3 yosh kattaman ! Hurmat qilsang, men ham hurmat qilaman ! -Nima ? Menga buyruq beryapsanmi ? Qanday gaplashsam, shunday gaplashaman ! Ishing bo'lmasin. Endi muddooga o't ! Menda nima ishing bor ? -Ha mayli, hurmat qilmasang o'zingga ! Muomilangga yarasha, muomila ko'rasan ! Muddooga o'tsam, Maftuna haqida gaplashib olmoqchi edim. Nima ??? Maftunani sen qayerdan taniysan ? Kimsan o'zing ? - Qizishma ! Hozir hammasini aytib beraman. Unga bor gaplarni gapirib berdim. Maftunani ko'ngli menda ekanini, meni ko'nglim esa, Maftunada ekanini birma-bir aytdim. O'ylagan narsam bo'ldi ... Sevgini tushunmasa kerak deb o'ylagandim. Ha o'ylaganimcha bo'ldi. Sevmagandan keyin, sevgini qayerdan bilsin ? Tag'in "Maftuna, mani sevgilim, uni sevaman" deyishiga o'laymi ? Meni tushunmay, dag'dag'a qilib ketdi ... -O', menga qara, Maftunani sevasanmi, Maftuna seni sevadimi, menga buni ahamiyati yo'q ! Men unga uylanaman, tushundingmi ! Qayoqdagi sevgilaring bilan, jahlimni chiqarma ! Hozir indamayman, lekin Maftuna bilan seni ko'rsam, ayab o'tirmayman ! Uni tinch qo'y ! O'zinga jabr qilma tushunding ?! -Shunaqa de ... Jabr qilma deysanmi ? Kimga jabr qilmay ? O'zimgami yoki Maftunaga ? Yoki bo'lamasam, sengami ? Qo'rqitmoqchi bo'lyapsanmi hali ? Bilib qo'y, men bu hayotda 2 ta narsadan qo'rqaman. Birinchisi: Allohdan, Ikkinchisi: Maftunani yo'qotishdan ... Hayotim mazmuni Maftuna ! Undan hechqachon voz kechmayman ! -O', kulgimni qistatma ! Voz kechasan ! Shunday voz kechasanki hali ... Voz kechmay ham ko'rchi ... ! - Nima qilasan ? O'ldirtirib yuborasanmi ? Qo'lingdan keladigani faqat shumi ? Senda, hech bo'lmaganda Vijdon yoki Alloh degan tushuncha bormi ? O'zimga ham hayronman- da ... Senda vijdon nima qilsin ? O'lim bilan ham, qo'rqitaman deb ovora bo'lma ! Maftuna uchun, o'limga ham roziman. Kimga aql o'rgatiyapsan ? Shunchalik zo'rmisan ? Bo'pti, ko'ramiz kim- kimni yengarkin. Qarab tur, Maftuna seniki emas, meniki bo'ladi ! Buni shunday qoldirmayman ! Hali meni kimligimni bilmaysan ! Mana endi ko'rasan ! Xayr !!! Shu gapini aytib, u chiqib ketdi. Eh, dunyoda shunaqa ham razil kishilar bor-a ? U ham inson-ku ! Nega tushunmaydi ? Sevgi nimaligini bilmay turib, uyalmay "Sevaman" deydiya. Ahvol yanada jiddiy tus oladigan ko'rinadi. Ammo, ortga chekinish yo'q ! Beg'uborim uchun, hamma narsaga tayyorman ! Allohim, o'zing madad ber menga ! Inshaalloh, oxiri baxayr bo'lsin