Kecha – 2013-yil 31-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida yurtimiz mustaqilligining 22-yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi. Quyida ushbu shodiyonaning eng qizg‘in lahzalarini o‘zida aks ettirgan lavhalarni tomosha qiling. Birato‘la esa, bugungi kungacha yurtimizda amalga oshirilgan ishlar bilan raqamlarda tanishing.
Bugun yurtimizdagi oilalarning 97 foizi o‘z uyiga, har uch oiladan biri shaxsiy avtomobiliga ega. Aholining 90 foiziuzoq muddat foydalaniladigan barcha asosiy tovarlar bilan ta’minlangan.
Bu yil mamlakatimiz o‘quvchilari kimyo fani bo‘yicha 47-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida umumjamoa hisobidabirinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston 130 dan ortiq davlat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan. Toshkentda 45 mamlakatning elchixonasi, yigirmaga yaqin xalqaro tashkilot va moliyaviy muassasa vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Xorijiy davlatlarda, xalqaro tashkilotlar huzurida O‘zbekistonning 46 diplomatik va konsullik vakolatxonalariochilgan.
Hozirgi kunda yalpi ichki mahsulotning 54 foizi, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 22 foizi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 98 foizi aynan shu soha hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ushbu mavsumda dehqonlarimiz 7 million 610 ming tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etdi. Bu raqamni 90-yillardagi holat bilan qiyoslaganda hosildorlik 3 karradan ko‘proq oshgani, umumiy hosil 7 barobardan ziyod ko‘paygani ayon bo‘ladi.
Aziz mushtariylar, bayram tantanasini siz ham tomosha qildingizmi? Bayramona dam olish kunlarini qanday o‘tkazyapsiz? Foto © O‘zA
|